Amaliyotchi Qunnazarova Muxabbat Maqsad: Bolalarga o`tgan zamonga sayoxat davomida milliy urf odatlar va qadryatlar haqida umumiy bilim malakasini mustaxkamlash ajdodlarimizning yashash tarsi ularni foydalangan buyumlari haqida o`z zamonasining urf odatlari, maishiy buyumlari haqida umumiy ma’lumot berish.
Bolalarni aqliy qobilyatlarini o`stirish tevarak atrofdagi buyumlar voqeyalarni zamon o`zgarishlari texnikalar rivojlangan davrda yangi maishiy buyumlardan pilisos bilan tanishtirish.
Bolalarga rasm chizish orqali o`z tasavvurini boyitish ranglarda foydalana olishga o`rgatish. Mustaqilijodiy fikrlash qobilyatini tasviriy faoliyat jarayonida ishining rejalash oxirigacha yetkazib harakat qilish malakasini rivojlantirish topshiriqlari orqali mantiqiy fikrlashni takomillashtirish.
Berilgan vazifalar aniq va ravon chiroyli chiza olishga o`rgatib borish.
E’tiborga molik jixat:Bolalarni pilisos bilan tanishtirish bilan malaka va ko`nikmalar shakllanadi, o`yinlar amalda bajariladi.
Faoliyatning borishi: Bolajonlar mana bugun sizlar bilan qishlog`imizda joylashgan bizga yaqin bo`lgan tarixiy muzeyga sayoxatga boramiz. Biz avlod va ajdodlarimizning yashagan davrini o`z zamonamizdagi buyumlar jaqida ularni o`z ko`zimiz bilan ko`rib zamonlarni bir biri bilan taqqoslaymiz. Men muzey hodimlari bilan kirishimiz uchun ruxsat oldim. Hozir biz bolajonlar sayoxatga mashinada emas balki ot aravada boramiz bir birimizni qo`limizni ushlagan holda ot aravalarda sayoxatga ketmoqdamiz.
Tarbiyachi:Bolajonlar qaranglar yo`llarimiz loy o`ydim chuqur noteks bolajonlar qish fasli bo`lganligi uchun har bir honadondan tutunlar chiqib atrof olamni o`z tasirini ko`rsatmoqda. Mana tarixiy muzeyga ham yetib keldim. Bolalar qiynalmadinglarmi yo`q opajon qiynalmadik.
Tarbiyachi: Mana tarixiy muzeyga ham yetib keldik. Marhamat kelinglar
Muzey hodimlari iliq kutib oldilar. Bolajonlar ota-bobomiz yashagan sharoitni ko`ryabsizlarmi. Mana shunday sharoitga ham shukrona qilib yashaganlar. Bolajonlar uylarni devorlari guvaladan sariq loylardan qurilgan uy ichlarida paxollar solib ustidan kigizlar solib o`tirganlar.
Mana bolajonlar, ularni yashash sharoitlarini ko`ryabsizlar-a ular sandallarda o`tirishgan. O`choqlarda pirmiz choy qaynatib ichganlar. Ularni yashash sharoitlari juda ham qiyinchilik bilan yashaganlar. Ularni tozalash uchun daraxt novdalaridan sava cho`plardan uydagi kiygizlarni savalashgan. Ular davrida xattot supurgi bo`lmagan, keyinchalik supurgilar paydo bo`lgan.