Bola yarim yoshga tulib, o’zi mustakil utira bolagach, uning
idroki yana xam tezrok rivojlanadi. Bunda birinchidan, uning ko’rish
doirasi ancha kengayadi, ikkinchidan esa, narsalarni sinchiklab,
timirskilab ko’rish imkoniyati ortadi. Bu davrda bola atrofidagi
narsalarni (xususan o’ziga tegishli narsalarni) qayta-qayta idrok qilish
tufayli ularni bir-biridan farqlaydigan, o’ziga tegishli narsalarni
taniydigan bo’lib koladi. Bu davrda xam bolaning idrok qilish doirasi
qat’iy cheklangan, ya’ni juda tor bo’ladi, chunki bola xali o’zi mustakil
yura olmaydi. U faqat o’tirgach, boshini aylantirib chor atrofdagi
narsalarnigina idrok qila oladi.
Bola emaklab, undan so’ng yura boshlagach, uning tevarak
atrofidagi narsalarni idrok qilish imkoniyati yanada kengayib ketadi.
Bola xoxlagan narsasining oldiga borib, uni qo’liga olib ushlab kuradi,
atrofidan aylanib karaydi, iloji bo’lsa albatta yalab xam kuradi.
Yoshidan oshib, bemalol yura va yugura oladigan bolaning
idroki uning xar kungi tinimsiz xarakatlari jarayonida takomillashib,
narsalar xaыidagi tasavvurlari aniklashib boradi. Ikki yoshga
yakinlashib kolgan bolaning idrokida narsalarni bir-biridan farqlash
juda yakkol kurinadi. Masalan, bola suratda tasvirlangan it, ayik,
karga, koptok, mashina va xokazolarni bemalol tanib ajrata oladi.
Ikki yoshga tulib, uch yoshga kadam kuygan bolalarning
idroklarida ayrim fazoviy elementlar xam ko’rina boshlaydi. Masalan,
ular narsalarning katta – kichikligini farqlay boshlaydilar. Bu
yoshdagi bolalar «katta», «kichik» so’zlarini xali ayta olmasalar xam
bunday tushunchani imo ishora va allaqanday ovoz chikarish bilan
ifodalashga intiladilar. Kata narsalar xakida qo’llarini baland ko’tarib
«u-u-u» deyishlari,. Kichkina narsalarni ifodalamokchi bo’lganlarida
esa «burunlarini bujmaytirib, ko’zlarini yarim yumib, ingichka ovoz
chikarib ii-i-i» deyishlari mumkin.
Ilk yoshdagi bolalarning nutqni egallashlari idrokning yana xam
rivojlanishi uchun juda katta imkoniyat tug’diradi. Nutqni egallagan
bola idrok qilayotgan narsalarning nomini aytadigan bo’ladi. Bu
idrokning onglilik darajasini yanada o’stiradi. Ana shu davrdan
boshlab bola nutq orqali xam (ya’ni narsalarning nomini eshitish
orqali) idrok qila oladigan bo’ladi. Bola nomini bila olmagan narsalari
xakida «bu nima?», «buning oti nima?» deb savol bera boshlaydi. Ilk
yoshdagi bolalarning turmush tajribalari nixoyat darajada kam
bo’lgani
uchun
ularning
idroki
bevositaliligini,
nusxa
ko’chiruvchanligi (ya’ni taqlidchanligi) bilan ajralib turadi. Bu
yoshdagi bolalar idroklariga o’z turmush tajribalaridan xali xech
narsa qo’sha olmaydilar. Xamma narsani zo’r ishtiyoq bilan qanday
bo’lsa shundayligicha idrok qila beradilar.
MTYo va kichik maktab yoshidagi bolalarning idroki ulardagi
his tuyg’u hamda hatti xarakatlar bilan ham chambarchas bog’liqdir.
Bu yoshdagi bolalar dastavval o’zining yorqinligi g’alatiligi bilan
hayratga soluvchi ajablantiruvchi narsalarni idrok qiladilar. Masalan,
agar kichik yoshdagi maktab o’quvchisi qarg’ani ko’rsatib keyin uni
yashirilsada o’quvchiga shu ko’rgan narsasini rasmni chizib berish
taklif qilinsa, o’quvchining hozirgina ko’rish orqali olgan tasavvurlari
odatda juda kambag’al bo’lar ekan. Bola ko’p hollarda qarg’ani
tasvirlash u yoqda tursin, balki uning rangi qanaqaligini, qarg’aning
boshi, tumshug’i qanday turishini va qanaqa shaklda ekanligini,
ba’zan esa uning hatto nechta oyog’i borligini ham aytib bera
olmaydi.
Suratni ko’rib uning mazmunini gapirtirish bola idrokining
xususiyatlarini namoyish qiluvchi yorqin misol bo’la oladi. Lekin ular
suratdan ko’zlangan umumiy maqsadi suratning asosiy g’oyasini hali
ochib berolmaydi (aslida esa bola buning uchun yetarli darajada
bilimga ham ega emas). Bolaning yoshi ulg’aygan sari yanada
mazmuli bo’lib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: