Mavzu: Bolalar va oʻsmirlar gigeniyasining umumiy asoslari



Download 1,31 Mb.
Sana29.05.2022
Hajmi1,31 Mb.
#618144
Bog'liq
Bolalar va oʻsmirlar gigeniyasi


Mavzu: Bolalar va oʻsmirlar gigeniyasining umumiy asoslari
Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi — gigiyenaning bir sohasi; goʻdaklikdan boshlab j to 17—18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlarning salomatligini saqlash va mustahkamlash masalalari bilan shugʻullanadi. Hayot sharoiti, oʻquvtarbiya va mehnatning oʻsayotgan organizmning kamol topishi va salomatligiga qanday taʼsir qilishini oʻrganish va shunga asoslanib, yosh avlodning sogʻlom oʻsishiga hamda har tomonlama toʻgʻri rivojlanishiga yordam beradigan gigiyena tadbirlarini ishlab chiqish Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi vazifasidir. Uning tavsiyanomalari shaxsiy, yaʼni har bir ayrim bolaga va muayyan bolalar guruhiga taalluqpi boʻlishi mumkin. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi tashqi muhit omillarining bola organizmiga, uning hayot faoliyatiga, taʼlimtarbiyasiga taʼsirini oʻrganadi, oʻsayotgan avlodning barkamol hamda jismoniy va maʼnaviy jihatdan uygʻun rivojlanishi uchun zarur boʻlgan choratadbirlarni ishlab chiqadi.

Bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini oʻrganish va saqlash. Buning uchun biologik va ijtimoiy omillar, tashqi muhit hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va oʻsmirlar organizmiga taʼsirini oʻrganish talab etiladi. Har bir yoshga oid kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash esa kasallikning oldini olish choratadbirlarini belgilash va hayotga tatbiq etish imkonini beradi. Hozirgi yosh avlodning sogʻligʻini belgilangan muddatda tekshira borish (tibbiy koʻrikdan oʻtkazish) bilan birga antropometrik usullarni qoʻllash orqali ularning jismoniy rivojlanishi aniqlanadi.


Shaxsiy gigiyena qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur. Bolada asosiy fiziologik jarayonlar — uyqu, uygʻoqlik, ovqatlanish (emish)ning oʻz vaqtida almashinib turishi ayniqsa bolaning birinchi yoshida katta ahamiyatga ega. Har kuni maʼlum soatlarda ovqatlanish (emish), uxlash va shahri k. bolaning oʻsishi va rivojlanishiga, ayniqsa nerv sistemasiga yaxshi taʼsir qiladi. Bolani hamisha maʼlum vaqtda (har 3—3,5 soatda) emizish tartibiga amal qilish lozim. Yosh bola hamisha maʼlum vaqtda uxlab, maʼlum vaqgda uygʻonishi uchun qulay sharoit yaratish, uxlaganida uni tinch qoʻyish, uygʻoqligida esa koʻruv va eshituv aʼzolariga turli yoʻllar bilan taʼsir etish (kattalarning gapsoʻzlari, rangli, jarangdor oʻyinchoqlarga bola diqqatini jalb qilish), gavda vaziyatini oʻzgartirib turish (bolani vaqtvaqti bilan qoʻlga olish yoki qorni bilan yotqizib qoʻyish) kerak. Bola nechogʻli yosh boʻlsa, organizmi dam olish va uxlashga shuncha koʻp ehtiyoj sezadi. Uni ochiq havoda (qishda ham) har kuni kamida 2 soat sayr qildirish, oʻynatish zarur. Shunda qon kislorodga yolchib, organizmdagi almashinuv jarayonlari bir maromda kechadi.
Bolalar va oʻsmirlar faoliyati gigiyenasi. Bunda bolalarning sogʻligʻiga qarab ish faoliyatini belgilash va astasekin oshira borish hamda charchashning oldini olish tadbirlarini koʻrish asosiy masala hisoblanadi. Shunga asosan yasli, bogʻcha, maktab yoshidagi bolalarning yoshiga moye keladigan kun tartibi joriy qilinadi. Oʻsib kelayotgan organizmning xususiyatlarini hisobga olgan holda, maktab oʻquvchilarining mashgʻulot tartibi ularning yoshiga qarab turlicha belgilanadi. Uyda dars tayyorlashga ajratilgan vaqt 1sinf oʻquvchilari uchun 1— 1,5 soat, 3—4 sinf oʻquvchilari uchun 1,5—2 soat, 5—6 sinf oʻquvchilari uchun 2 soat, 7—8 sinf oʻquvchilari uchun 2,5—3 soat, 9—10 sinf oʻquvchilari uchun 3—4 soat boʻlishi kerak. Bola dars tayyorlagan vaqtda har 40—45 min.dan keyin 10—15 min. dam olishi zarur. Bolalar dars tayyorlab charchamasligi uchun mashgulotlardan keyin turli oʻyin, sport, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari yaxshi natija beradi.Tashqi muhit gigiyenasi. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasining bu qismida bolalar va oʻsmirlar muassasalari loyihasini tuzish va kurishda gigiyena tadbirlarini koʻzda tutish, jumladan ularni aholi yashaydigan joylarga qurish, xonalar yorugʻ va issiq boʻlishi, sanitariyatexnika inshootlari toʻgʻri qurilishi, toza havo, ichimlik suv hamda bolalar uchun moʻljallangan jihozlar bilan taʼminlanishi kerak.
Bolalar va oʻsmirlarning ovqatlanish gigiyenasi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlarining ahamiyati, bolalar muassasalari (bolalar uylari, sanatoriylar, tashkil qilingan sayohat va yurishlar)da ovqatlanish tartibi oʻrganiladi hamda oʻsish davrida energiya sarfi meʼyori ishlab chiqiladi. Bolalarga toʻyimli, mazali va xilmaxil ovqat berish, ovqatda oqsil, yogʻ, uglevod, vitamin, mineral tuzlar yetarli boʻlishi kerak. Toʻgʻri ovqatlanish bolaning turli kasalliklarga chidamini oshiradi, aqliy, jismoniy va mehnat qobiliyati barkamol boʻlishini taʼminlaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi va maktab yoshidagi bolalar 4— 4,5 soatda ovqatlanishi kerak. Nonushtada sutkali kaloriyaning taxminan 25%ini beradigan oqsillarga boy sabzavot, guruchdan pishirilgan ovqatlar, tushlik sutkali kaloriyaning 35—40%ni, kechki ovqat sutkali kaloriyaning taxminan 20—25%ini tashkil etishi va birmuncha yengil sutli, sabzavotli hamda yormadan pishirilgan ovqatlardan iborat boʻlishi lozim. Sutkali kaloriyaning qolgan 10—15%ni ikkinchi nonushtadan yoki tushlikdan keyin isteʼmol qilgan maʼqul.
Bolalar va oʻsmirlarga tibbiy xizmat koʻrsatish. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasining bu qismida tibbiy xizmat koʻrsatishni ilmiy nuqtai nazardan ishlab chiqish hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar koʻrish moʻljallangan. Salomatligi zaiflashib qolgan, nimjon (revmatizm, tonzillit, sil intoksikatsiyasi bilan ogʻrigan), shuningdek kasallikdan tuzalib kelayotgan bolalar uchun bolalar poliklinikasi yoki maktab vrachi ishtirokida alohida tartib tuziladi; ana shunday kasalliklarni boshdan kechirgan asabiy bolalarning oʻqishini davom ettirishi hamda salomatligini tiklay borishi uchun maxsus sharoit yaratiladi (sanatoriy maktablari va boshqalar). Bunday muassasalarda oʻqish bilan birga shifobaxsh badantarbiya, fizioterapiya, maxsus parhez, sof havodan koʻproq bahramand boʻlish kabi davo usullari qoʻllaniladi. Bolani yoshligidan boshlab toʻgʻri uyushtirilgan jismoniy tarbiya va chiniqtirish tizimiga oʻrgata borish katta ahamiyatga ega. Hayotining birinchi oylarida massaj va jismoniy mashklar bilan birga toza havodan bahramand qilish, keyinchalik esa sochiqni hoʻllab badanni artish, choʻmilish, kattaroq yoshdagi bolalarni dushga tushirib yoki ustidan suv quyib choʻmiltirish bola organizmining kasallikka chidamini oshiradi va baquvvat qiladi. Atrof muhit omillarining bola organizmiga, uning hayot faoliyatiga, ta’lim tarbiyasiga ta’sirini o’rganadi va o’sayotgan avlodning sog’lig’ini mustahkamlash hamda jismoniy va ma’naviy jihatdan mutadil o’sish va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan barcha fiziologik va biokimyoviy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ilmiy jihatdan asoslab beradi.
Yosh fiziologiyasining asosiy vazifasi o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, yaxlit organizm, uning organlari, tizimlari,to’qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini turli yoshga aloqador davrlarda aniqlash.Yosh fiziologiyasi organizmning individual rivojlanish jarayonida funksiyalar evolyusiyasini kuzatib boradi, fiziologik jarayonlarni o’zaro munosabatlari va ular o’rtasida bog’lanish sabablarini aniqlaydi. Shu bilan birga yuksak darajada tuzilgan materiya, ya’ni bosh miya po’stlog’ining organlar va umuman butun organizm faoliyatida yetakchi rol o’ynashini tushunib olishga yordam beradi. O’qish jarayonida bolalar va o’smirlar gigiyenasi, umumiy gigiyena, mikrobiologiya, epidemiologiya, fiziologiya, biokimyo fanlarining tavsiyalari va yutuqlariga tayanadi.

-Bolalar va o’smirlar gigiyenasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


-Bolalar va o’smirlar sog’lig’ini saqlash. Bu masalani hal qilish biologik va ijtimoiy omillar, tashqi muhit hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va o’smirlar organizmiga ta’sirini aniqlash imkonini beradi. Har bir yoshga oid davrga xos kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash yesa kasallikning oldini olish chora-tadbirlarini belgilaydi va hayotga tadbiq yetish imkoniyatini yaratadi. O’sib kelayotgan avlodning sog’liq darajasi joriy yetilgan sog’lomlashtirish gigiyena tadbirlarining natijasi o’laroq, kelgusida yana qanday qo’shimcha gigiyenik tadbirlar ko’rish kerakligini ham belgilab beradi.
-Bolalar va o’smirlar faoliyati gigiyenasi. Olib boriladigan ishlarning bu sohasida o’sib kelayotgan avlodning turli ishlar bilan shug’ullanishida (bolalar muassasalarida o’qish, jismoniy ish bajarish, jismoniy tarbiya) gigiyenik tadbirlarni qo’llash va natijalarini aniqlash ko’zda tutiladi. Bunda bolalarning sog’ligini saqlagan holda ish faoliyatini oshirish hamda charchashning oldini olish tadbirlarini ko’rish asosiy masala hisoblanadi. Bu esa o’z navbatida yasli, bog’cha va maktab yoshidagi bolalarga muvofiq keladigan kun tartibining to’g’ri tuzilishiga xizmat qiladi;Bolalar va o’smirlarga tibbiy xizmat ko’rsatish. Ishning bu qismida tibbiy xizmat ko’rsatishni ilmiy asosda ishlab chiqish hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar ko’rish;
Psixogigiyena. Bunda bolalar va o’smirlar ruhiy salomatligini saqlash, asab kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
O’zbekiston mustaqillika erishganidan so’ng o’zining asosiy masalalaridan biri deb sog’lom avlodni tarbiyalashni belgilab oldi. Mamlakatimiz prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek «Sog’lom avlodni tarbiyalash - buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qo’rishdir». Shu munosabat bilan 3-dekabr 1993-yilda Vazirlar Mahkamasining 589-qarori bilan o’sib kelayotgan avlodni sog’lomlashtirish chora-tadbirlari haqidagi kompleks dastur qabul qilindi. Bu dasturning asosiy yo’nalishi quyidagilardan iborat:
Ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi har bir xodim, tibbiy va gigiyenik bilimlarga ega bo’lishi;Halq maorifining har bir xodimi ta’lim-tarbiyaning gigiyenik me’yorlarini bilishi va o’zlari birinchi navbatda rioya qilishlari kerak;
Sog’lom turmush tarzini shakllantirishi va yosh avlodga gigiyenik tarbiya berishi;
4.«Sog’lom avlod uchun» dasturini keng targ’ib qilish kabi dolzarb muammolar bilan shug’ullanishi zarur. Bundan tashqari, bolalarning tavsiyalariga tayangan holda;
-Homiladorlik va tug’ish paytida ona va bola salomatligini nazorat qilish, mustahkamlash va saqlash;
-Bir yoshgacha bo’lgan go’daklar salomatligini nazorat qilish, mustahkamlash va saqlash;
-Bir yoshdan olti yoshgacha bo’lgan davrda bolalar salomatligini mustahkamlash va tarbiyalashni to’g’ri tashkil qilish;
-Bolani sog’lom qilib tarbiyalash va ularda millatga xos bo’lgan odat va malakalarni tarkib toptirishga o’rgatish;
-Qizlarda o’zbek milliy urf-odatlariga xos va mos bo’lgan qadriyatlardan iffat, hayo, nazokat, latofat, ibo tushunchalarini tarkib toptirish, ularni bo’lajak oilaviy hayotga tayyorlash, sog’lom turmush tarzini shakllantirish;
-Yigitlarni mard, g’ururli, oilani boshqara oladigan, ota-onasiga, bolalariga mehribon bo’lish hissida tarbiyalash;
-O’zbekiston Respublikasi hukumatining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo’yicha qaror va buyruqlarini talabalar ongiga yetkazish.
Yosh fiziologiyasi va o’smirlar gigienasi fanining ahamiyati
Fuqoralar sog’ligini himoya qilish va talaba va yoshlarning aqliy va jismoniy Kelgusi avlodni jismonan sog’lom, aqliy va ruhiy jihatdan bardam, qaddi-qomati kelishgan qilib tarbiyalash uchun har qanday o’qitish shaklidagi bilim muassasalari tarbiyachi va o’qituvchilari yosh fiziologiyasi va o’smirlar gigiyenasi haqidagi fan asoslari bilimlariga ega bo’lishlari kerak.O’qituvchi, bolalar va o’smirlarning anatomik-fiziologik xususiyatlarini o rganar , ayrim tizim va tuqimalarning (suyak-muskul, nafas olish, qon aylanishi, asab tizimi, sezgi organlari, oshqozon-ichak trakti, ichki sekresiya bezlari, ayiruv organlari) tuzilishi, xususiyatlari hamda ularning faoliyatlari va gigiyenasi bilan tanishadi. Ayniqsa, uyqu va aqliy mehnatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilish, o’quv yuklamalarini bolaning yoshiga mos ravishda belgilash uchun asab tizimining o’ziga xos yosh xususiyatlarini bilishi juda muhimdir. O’sib, rivojlanib kelayotgan bolalar va o’smirlar anatomiyasi va fiziologiyasini bilmay turib, bolalar shaxsiy gigiyenasi, maktabdan tashqari ishlar gigiyenasi va o’quv tarbiyaviy ishlar gigiyenasi masalalarini ijobiy hal qilib bo’lmaydi.
Organizmdagi har bir tizimning fiziologiya va gigiyenasi aniq funksiyalarni boshqarilishini, masalan: suyak-muskul tizimining gigiyenasi - harakat tartibini, partada to’g’ri o’tirish, ishlash jarayonida gavdani to’g’ri tutish, yozayotganda qo’l barmoqlarini ishlatilishini me’yorga solish va hokazolarini talab etadi. Bu chora-tadbirlarni yo’lga qo’yish, ularga rioya qilish, o’sib rivojlanayotgan bolalarning salomatligini mustahkamlashga, uni himoya qilishga va turli kasalliklarning oldini olishga imkoniyat yaratib beradi.
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani talabalarga, bo’lajak muallimlarga rivojlanayotgan organizmning organ va tizimlarining o’ziga xos yosh xususiyatlarini, uning tashqi muhit bilan o’zaro bog’liqligini, bolalarda uchraydigan turli kasalliklar va ularning oldini olish yo’llarini o’rgatishda va ma’fkuraviy hamda ma’naviy bilimga ega qilishda katta ahamiyatga ega.Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining asosiy maqsadi - yosh avlodning jismonan baquvvat bo’lib, jismoniy va ma’naviy jihatdan uyg’un rivojlanishini ta’minlashdan iborat.

Ovqatlanish tartibi va ovqatlanish gigiyenasi.Bolaning bir kunda еydigan ovqati shu vaqt ichida sarf etilgan enеrgiya o`rnini qoplashi va o`sishni ta'minlashi kеrak. Bolalarni ovqatlantirishda ovqat tarkibidagi mahsulotlar nisbatini olish kеrak. Umumiy o`rta ta'lim maktablarida va maktab intеrnatlarida birinchi smеnadagi o`quvchilarga ertalabki nonushta 7.30dan 8gacha bir kunlik ovqat normasining 25%, ikkinchi nonushta 11-12 da ovqat normasining 15-20% ni, maktabdan qaytgandan so`ng tushlik еyishi kеrak, bu ovqat normasining 35% tashkil etadi, kеchki ovqat 19-20 da ovqat normasining 20-25% tashkil etishi kеrak.


Oziq moddalari enеrgiya manbai va qurilish matеriali hisoblanadi. Shuning uchun ular to`la qimmatli ovqat еyishlari kеrak. Shundagina ular yaxshi o`sadi, turli kasalliklarga chidamli bo`ladi. Bolalar ovqati barcha zaruriy moddalardan, o`simlik va hayvon mahsulotlaridan, sifatli mahsulotlardan va еtarli darajada bo`lishi, to`q tutishi kеrak. Ovqatlanish tug`ri tashkil qilish katta ahamiyatga ega. o`rta maktab o`quvchilari 4 marta ovqatlanishlari, nimjon bolalar tеz-tеz ovqatlanishlari zarur. Ovqatlanishda shaxsiy gigiyenaga, stol atrofida o`zini tutishga, dasturxon go`zalligiga rioya qilish kеrak. Xayotda ovqatdan zaharlanish ko`p uchrab turadi.

Katta yoshli odam uchun 1 kecha-kunduzda o'rta hisobda 100g ёg' kerak. Iste'mol qilingan ёg'ning 70-75% hayvon, 25-30% o'simlik o'silik ёg'idan iborat bo'lishi shart. 6 Oylikdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalarning har kg vazniga 3,5-4 g, maktabgacha yoshda 2-2,5g ёg' zarur. Yog`’larni yetishmaganda bola ozib ketadi, organizmning chidamliligi pasayadi. Yog`'larni ortiqcha qabul qilganda oziq moddalar va oqsillarni o'zlashtirish buziladi.Bolalar va o’smirlarning organizmida iste’mol qilingan taomlarning to’lig’icha hazmlanishida, ovqatlanish tartibining ham ahamiyati katta. Bola dastlabki 3 yoshida kundalik ratsionini taxminan bo’lib kun bo’yi olsa, keyinroq 7, 6, 5 va 4 martalik ovqatlanishga o’tadi.


Maktabgacha yoshda esa kundalik ovqatlanish ratsionini tuzayotganda albatta tushlikda qabul qilinadigan ovqat hajmi kengaytiriladi, biroq bu kengaytirish sekinlik bilan amalga oshiriladi. Chunki maktabgacha yoshdagilar uchun bir kecha-kundizlik ratsion teng hajmlarga bo’lingani ma’qul. Chunki bunday yo’l tutilganda bolaning ishtahasi ochiladi, bir kecha-kundizlik ratsion teng hajmlarga bo’linadi (o’smirlar uchun har 3-4 soatdan keyin ovqatlanish belgilanadi) va organizm faoliyati susaymasligi uchun albatta bola uxlashi lozim.

O’quvchilarga qo’yiladigan gigiyenik talablar:
Har bir kishi butun hayoti davomida o’z tanasini, sochini, terisini, tirnoqlarini, og’iz bo’shlig’ini har doim va muntazam ravishda parvarish qilib borishi zarur. Chunonchi, teri organizmni tashqi muhitning har qanday salbiy ta’sirlaridan, turli zararli mikroblardan saqlaydi va tanada muntazam ravishda muayyan bir xil harorat saqlanib turishiga yordam beradi. Shuning uchun birinchi navbatta, badanni ozoda saqlashga e’tibor berishimiz zarur. Teri toza saqlanmasa, badanning turli zararli mikroblarga qarshi kurashish va himoyalash xususiyati susayib, har xil yara chaqalar paydo bo’lishi mumkin. Ayniqsa, badanning ochiq joylariga, tirnoq va tirnoq ostiga alohida ahamiyat berish, shu tufayli qo’lni doimo sovunlab yuvib turishga odatlanish kerak. Shu kabi talablarni muntazam bajarib borish uchun o’quvchilar o’z tana a’zolarini va uning bajaradigan vazifalarini, tanani chiniqtirish, gigiyena qoidalari, jismoniy mashg’ulotlarga rioya qilish haqida ma’lumotlarga ega bo’lishlari kerak. Buning uchun ularga ” Odam tanasining umumiy tuzilishi ”, ” Partada to’g’ri o’tirish qoidalari ”, ” Mushak va uning funksiyalari ’, ” Tishlar va ularni asrash”, ” Ovqatlanish gigiyenasi” kabi mavzularda dars mashg’ulotlarini o’tkazib boriladi.

Shaxsiy gigiyena deganda nima tushuniladi?Bu avvalo kun tartibi, ularda harakat faolligi, teri va tanani parvarish qilish, me’yorida dam olib uxlash, vaqtida to’g’ri ovqatlanish, zarali odatlardan o’zini tiyish, o’rganilgan bo’lsa voz kechish, kiyim – kechaklarini toza tutish, zaruriy talab va shartlarga rioy qilishdan iborat. Kun tartibi nimani bildiradi?Har bi o’quvchi kun tartibida xilma- xil unumli faoliyat bilan band qiladi.
O’quvchilarning shaxsiy gigiyenasi va kun tartibi.O’quvchilarning shaxsiy gigiyenasi rotsional kun tartibi bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina masalalarni o’z ichiga oladi. Gavdani va og’iz bo’shlig’ini o’z vaqtida yuvib, tozalab turish, salomatlik va mashq qilishga putur yetkazadigan yomon odatlarni tashlash va boshqalar shular jumlasidandir. Maktab o’quvchisining kun tartibida quyidagilar bo;lishi nazarda tutiladi: uyqu, ovqatlanish, maktabda o’qish, uyda dars tayyorlash, toza havoda sayr qilish, uy ishi, yaxshi ko’rgan ish bilan shug’ullanish, sinfdan va maktabdan tashqari o’ykazilgan har xil tadbirlarda qatnashish, shaxsiy gigiyena qoidalarini bajarish. Kun tartibiga ertalabki badantarbiya, ko’ngil ochuvchi sport o’yinlari kabi mashg’ulotlarning faol turlari rejalashtirilgan bo’lishi shart. Shuning uchun kun tartibiga rioya qilish, sog’liqni saqlash vadarsda muvaffaqiyatga erishish muhim omildir.

Tadqiqotimiz jaroyonida yosh avlodni sog’lom va baquvvat etib tarbiyalashda milliy ma’naviyatimiz asoschilarining, allomalarimizning pandu- nasihatlari Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardan foydalanib o’tkazilgan tadbirlardan foydalanish yaxshi samara berishiga amin bo’ldik. Shunday tadbirlardan birini 4- sinf uchun darsdan tashqari bir soatlik tadbir namunasini keltiramiz. Tadbir quyidagicha tashkil etildi va o’tkazildi.
Olib borgan tadqiqotimiz jarayonida I – IV sinf o’quvchisining taxminiy kun tartibini quyidagicha deb belgiladik.
uyqudan uyg’onish.
7 - 7 badantarbiya, yuvunish, o’rinni yig’ish.
7 - 7 ertalabki nonushta.
7 - 7 maktabga tayyorgarlik.
7 - 8 maktabga borish yo’li
8 - 13 maktabda o’qish vaqti
13 – 13 maktabdan uyga qaytish yo’li.
13 – 14 tushki ovqat.
14 – 16 dam olish, harakatli o’yinlar.
16 – 17 dars tayyorlash.
17 – 18 yengil tamaddi.
18 – 19 ochiq havoda bo’lish, uy ishlari qilish.
19 – 20 kechki ovqat va erkin mashg’ulot.
20 – 21 kechki uyquga tayyorgarlik.
21 – 7 kechki uyqu.
Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish