Burun bo’g'masi. Kasallikning bu turida pardali va kataral yarali turlari mavjud. Pardali turida burun shilliq qavatida, burun to’sig’ida, burun chig'anog'ida va burun bo'shlig’i devorlarida fibrinoz pardalar hosil bo'ladi. Kataral yarali turida burundan oldin seroz keyin esa seroz qonli suyuqlik ajraladi va burun teshiklari atrofida terini ta'sirlab, teri yoriladi. Bo’g'maning ko'z, teri, kindik, jarohat yuzalarida va jinsiy a'zolarda uchraydigan turlari bir muncha kamroq uchraydi. Ko'z bo’g'masi qovoqning shishuvi, qon aralash yiring ajralishi bilan kechadi. Ko'z qonyuktivasida kulrang-oqimtirparda hosil bo'ladi.
Teri bo’g'masi. Terining shikastlangan joylarida, bo'yinda, burun ostida kuzatiladi. Terida giperemiya shish va kulrang fibrinoz pardalar xosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |