Epidemiologiyasi. Kasallik manbai bo'lib, skarlatina bilan og'rigan yoki boshqa streptokokk infeksiyasi bilan kasallangan bemor hisoblanadi. Infeksiya asosan havo-tomchi yo'li bilan yuqadi. Ba'zan bemor o’ynagan qo'g'irchoqlar, uning buyumlari va kiyimlari orqali ham kasallik yuqishi mumkin. Bemor kasallikning birinchi kunidanoq atrofdagilar uchun xavfli bo'ladi va bu holat butun kasallik davomida saqlanib qoladi. Skarlatinaga 2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar ko'proq beriluvchan bo'ladilar.Kamdan kam hollarda 1 yoshgacha va 15-16 yoshdagi bolalar ham kasallanishi mumkin.
Kasallik asosan qish va bahor oylarida uchraydi. Skarlatinadan keyin bola organizmida barqaror immunitet rivojlanadi. Biroq hozirgi vaqtda antibiotiklarning keng qo'llanilishi tufayli skarlatina bilan qayta kasallanish holatlari kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |