III.Yangi mavzuni tushuntirish:
Bolalar! Ko'cha deb ikki chetiga turli binolar qurilgan, odamlar, avtomobillar va boshqa transport vositalari harakat qilishi uchun mo'ljallangan joyga aytiladi.
Bunday ko'chalar juda ko‘p. Bu ko'chalarni adashtirib yubormaslik uchun ularning harqaysisiga nom berilgan.
Ko'chaning transport va piyodalar qatnaydigan qismi yo'l deyiladi.
M ana bu bizning ko'cha. Yo‘lning qatnov qismidan avtomobillar yurmoqda, trolleybus va tramvaylar harakatlanmoqda. Yo'lkalar piyodalar bilan gavjum. Ular chorrahadagi piyodalar uchun ajratilgan o'tish joylaridan o'tmoqdalar.
Ko'chadagi harakat xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus qoidalarga rioya qilish zarur. Transport haydovchilari va piyodalar bu qoidalarni bilishlari kerak.
Aziz kichik do'stim! Bu qoidalarni Sen ham juda yaxshi bilishing va ularga rioya qilishing zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |