1-misol. Yangi asosiy vositalar ta'sischilardan olindi. Boshlang‘ich qiymati 1000000 so‘m.
Debet 0110-0190
Kredit 4610
2-misol. Oldin foydalanilgan asosiy vositalar ta'sischilardan hissa sifatida
olindi.
Boshlang‘ich qiymat 1000000 so‘m.
Eskirish summasi 240000 so‘m.
Qoldiq qiymati 760000 so‘m.
Asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatiga:
Debet 0110-0190 1000000 so‘m.
Kredit 4610 1000000 so‘m.
Asosiy vositaning eskirish summasiga:
Debet 4610 240000 so‘m.
Kredit 0200 240000 so‘m.
Asosiy vosita xarid qilinganda, uni sotib olish, keltirish, o‘rnatish va umuman foydalanish xolatiga keltirish bilan bog‘liq hamma xarajatlar 0800-"Kapital qo‘yilmalar" schyotida yig‘iladi, hamda asosiy vosita qiymatini oshiruvchi xarajatlar hisoblanadi va ushbu xarajatlar yig‘indisi asosiy vositasining boshlang‘ich qiymatini tashqil etadi.
3-misol. a) Kompyuter xarid qilish maksadida "A4TECH" kompaniyasiga to‘lov hisoblandi 500000 so‘m.
Debet 0820 500000 so‘m.
Kredit 6010 500000 so‘m.
b) Transport tashkilotiga asosiy vositani keltirish yuzasidan to‘lov
hisoblandi 20000 so‘m
Debet 0820 20000 so‘m. Kredit 6990 20000 so‘m.
c) Kompyuterni tayyor holatga keltirish yuzasidan firmaga to‘lov hisoblandi
60,000 so‘m.
Debet 0820 60000 so‘m. Kredit 6990 60000 so‘m.
d) "A4TECH" firmasiga kompyuter keltirish uchun to‘lov o‘tkazildi
500.000 so‘m.
Debet 6010 500000 so‘m. Kredit 5110 500000 so‘m.
e) Trasport tashkilotiga to‘lov o‘tkazildi 20000 so‘m.
Debet 6990 20000 so‘m. Kredit 5110 20000 so‘m.
f) Programmalash xizmati firmaga to‘lov o‘tkazildi 60000 so‘m.
Debet 6990 60000 so‘m.
Kredit 5110 60000 so‘m.
g) Asosiy vositalarni qabul qilish topshirish dalolatnomasi (AV-1) asosida
asosiy vosita kirim qilindi.
Debet 0150 580000 so‘m.
Kredit 0820 580000 so‘m.
Asosiy vositalar bepul ko‘rinishida ham korxonalarda qabul qilinishi mumkin. Ushbu jarayon yuzasidan quyidagi xususiyatlarga e'tiborni qaratmoq kerak:
1. Asosiy vositalarni yangi va oldin foydalanganligiga;
2. Asosiy vositalarni davlat yoki nodavlat korxonasiga bepul kirim
qilinayotganligiga.
Korxonada mehnat buyumlarining ta'minoti ham zaruriy ta'minot jarayonlaridan biri hisoblanadi. Mehnat buyumlariga xom-ashyolar, materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqalar misol bo‘lib, ularni xarid qilish baholari bilan birga tashish, keltirish, tushirish xarajatlari ham mavjudki, biz ularni trasport-tayyorlov xarajatlari deb ataymiz. Demak, sotib olingan mehnat buyumlari tannarxini ularni sotib olish qiymati va tayyorlov xarajatlari yig‘inidisi tashqil etadi.
Mehnat buyumlari hisobi 1000-"Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar"da yuritiladi. Mehnat buyumlari bilan haqiqiy ta'minotning miqdor ko‘rsatkichi ushbu schyotning debetida reja (shartnoma) tannarxida aks ettiriladi. Mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxi sotib olish qiymati va transport tayyorlov xarajatlari yig‘indisi sifatida aniqlanadi.