- Tadbirkorlar mulkiy munosabatning sub`ekti, ya`ni ishtirokchisi bo`ladilar. Ular mulk qilib o`zlashtiradigan narsalar er, bino, inshoat, asbob-uskunalar, mashina-mexanizmlar, yaratilgan tovarlar, ilmiy g`oyalar, loyihalar, tovar belgilari va boshqalardan iborat. Bular mulkiy munosabatlarning ob`ektidir.
- Mulkning uch bosqichi bor:
- a) egalik qilish;
- b) foydalanish (ishlatish);
- v) tasarruf etish.
- Ularning yaxlitligi mulkchilikni yaratadi. Tadbirkorlarning mulkiy maqomi ikki yoqlama bo`lib, birinchidan, ular o`z mulkiga tayanib ish yuritadilar, ya`ni moddiy resurslar va yaratilgan tovarlar ularning o`ziniki. Ikkinchidan, ular o`zgalar mulkini ijaraga olib ham faoliyat yuritadilar, bunda mulkka vaqtinchalik egalik qiladilar va mulkdan foydalanadilar, ammo uni tasarruf etib xo’jayinlik qila olmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |