Fuqarolik kodeksiga muvofiq, «o’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi». Ammo yuridik shaxslarning faqatgina foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan turlari, ya’ni tijoratchi tashkilotlar tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.
Yuridik shaxs tashkil qilgan holda korxonalarni tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yuritish shakllari keng qamrovli bo’lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
Mulkchilik shakli bo’yicha
-jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan (xususiy korxonalar);
-jamoa mulki negizidagi hamkorlikka asoslangan (xo’jalik shirkatlari, mas’uliyati cheklangan va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat);
-davlat mulkiga asoslangan;
-mulkchilikning aralash shaklidagi (qo’shma korxonalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |