Chuqur segmentlash tor iste’molchi guruhlari (segmentlari) bilan boshlanib, key in tovarni ishlatish va qo'llanish sohasidan bog liqligiga qarab kengaytirishni nazarda tutadi. Awaldan segmentlash maksimal bozor segmentini o'rganishga mo'ljallangan marketing tadqiqotining boshlangMch bosqichidir. Yakuniy segmentlash bozor muhiti sharoitlari va firmaning o'z imkoniyatlarini tartibga solib o4kazishdagi bozor tahlilini yakunlovchi bosqichidir. Quyidagi rasmda bozorni segmentatsiyalash mezonlari berilgan. Bozor segmentlashning tamoyillari quyidagilardir: •geografiktamoyil; •psixografiktamoyil; •demografiktamoyil; •xulq-atvortamoyili; •holattamoyili. Geografik tamoyil orqali bozorning joylashuvi, aholi soni va zichligi, tijorat faoliyatining tuzilishi, mintaqaviy rivojlanish dinamikasi, inflyatsiya darajasi, huquqiy cheklashlar hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |