Psixografik tamoyil natijasida hayot tarzi, shaxsning tipi, jamoat holati kabilar hisobga olinib, turmush tarzi shaxsning o'z faoliyati, qiziqishlari, qat’iyati va e’tiqodlarida o'z aksini topadi. Shaxsning turi esa hayotdan mamnun, o'zgalardek ish ko'ruvchi, o'zbilarmon va boshqa hislatlarda boMishi mumkin. Demografik tamoyillarda oilani soni va sifat tarkibi, oiianing hayotiylik davri bosqichi, daromadlilik darajasi, mashgulot turi, ma’lumoti, millati kabilar inobatga olinadi hamda bozor segmentlashning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Xulq-atvor tamoyili orqali xarid qilishga yo'l, foydalanuvchi maqomi, iste’mol jadalligi, bog lanib qolish darajasi, tovar haqida ma’lumot berish, tovarga bo'lgan munosabati hisobga olinadi. Segmentlash jarayonining muhim bosqichi bozorning maqsadli segmentini tanlash hisoblanadi. Maqsadli segmentni tanlash muammosi yetarli darajada murakkab bo'lib, uni hal etish uchun quyidagi ketma-ketlik datur ishi tavsiya etiladi: segment o’lchami va uning o'zgarish (o'sish, kamayish) tezligini o'rnatish; segmentning jalb etuvchanlik tuzilishini tadqiq etish; • o'zlashtirayotgan segment maqsadi va tashkilot resurslarini aniqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |