Manba: “Raqamli dividendlar”. Jahon rivojlanishi haqidagi ma'ruza sharhi. 2016. Jahon banki, 2016. 33 bet.
Yaxshi kommunikativ ko‘nikmalar bunday fanlararo jamoalarda uzluksiz ishlash va hamkorlik qilishni ta'minlash uchun zarur. Konvergent texnologiyalarga asoslangan biznes-faoliyat va tarmoqlarning rivojlanishi, shuningdek, ehtimol, ilmiy hajmdor hizmatlar va ko‘nikmalarga, jumladan, intellektual mulk va boshqa masalalar bo‘yicha yuridik hizmatlar, marketing va strategik boshqaruv konsaltingiga talab yaratadi.
Ko‘rsatilishicha, konvergent texnologiyalar ko‘nikmalari va fanlararo ko‘nikmalarga o‘qitish, xususan, biotexnologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, nanotexnologiyalar va kognitiv fanni uyg‘unlashtirishni ko‘zda tutadi.Agar raqamli iqtisodiyot kadrlarini tayyorlashda sinergetik ta'sir va fanlararolik tamoyillar haqida gapiradigan bo‘lsak, uning universal chuqur bilimga egalik sifatida ijtimoiy javobgarlik tamoyiliga muvofiqligi kabi jihatni aylanib o‘tish mumkin emas. Ushbu konseptning falsafiy mazmuni atrof-muhitdagi tizimli o‘zgarishlarni va raqamli texnologiyalarning rivojlanish oqibatlarini bashorat qilish bilan bog‘liq. To‘liqlikka da'vogarlik qilmasdan, raqamli texnologiyalarning quyidagilar bilan bog‘liq rivojlanish risklarini sanab o‘tamiz:
ularsiz axborotlashgan iqtisodiyot mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lmagan ma'lumotlar to‘plash va saqlash risklari (fuqarolar va ular amalga oshiradigan harakatlar haqida ulkan axborot to‘plamlari yaratgan holda, ularnnig kerakliligi reytniglarini tuzish imkoniyati bilan; nafaqat aholi, balki davlatlar ustidan nazorat imkoniyatlari bilan; axborot chiqib ketishi va mamlakat raqamli suverenitetini yo‘qotishning salbiy oqibatlari bilan bog'liq risklar);
oldingi o‘zgarishlardan ko‘ra keng ko‘lamliroq va ancha tezkor bo‘lib chiqishi mumkin bo‘lgan texnik taraqqiyoining rivojlanishini oldindan aytib berish imkoni yo‘qligi bolan bog'liq risklar (texnologiyalar va ta'lim o‘rtasidagi musobaqa; har bir kishiga zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lish va mehnat bozori tuzoqlariga tushmaslikka imkon beradigan mehnat ko‘nikmalarini moslashtirish; raqamli uzilish va
marginallashuvning oldini olish kabi risklar);
havfsizlik, jumladan, kiberhavfsizlikni ta'minlash masalalarining (zamonaviy axbrot texnologiyalari yordamida iqtisodiy firibsharlikning oldini olish), shuningdek, elektron savdoni tartibga solish, Internetdan foydalanish, biomuhandislik texnologiyalari, sun'iy intellekt, kriptovalyutalar, uchuvchisiz qurilmalar masalalarining dolzarblashuvi;
raqamli iqtisodiyotda iste'molchilarni himoya qilish va raqobat haqidagi qonunlarning yo‘qligi yoki ularga rioya qilinmasligi risklari.
Ko‘rinib turibdiki, ta'lim darajalarining har biri aytib o‘tilgan universal kompetensiyalarni o‘z darajasida shakllantiradi. Ijtimoiy javobgarlik tamoyiliga muvofiqlik nuqtai-nazaridan tayyorgarlik birinchi navbatda, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, shuninglek, ma'lumotlarni saqlash usullari va tashkilotlarning kiberhimoya vositalari rivojlanish sharoitlarida ekologik va texnosfera havfsizligi vazifalarini hal qilishda ijtimoiy javobgarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan bog‘liq bo'ladi.
Raqamli iqtisodiyotga o‘tishimiz jarayonida bilimlarni innovatsiyalarga aylantirib, samarali ishlatib, muvaffaqiyatli bo‘lishga ham sifatli o‘rgatish mexanizmlarini hozircha ishlab chiqqanimiz yo‘q. Bunda quyidagilarni qayd qilishimiz lozim: birinchidan, O‘zbekistonni innovatsion yo'nalishda rivojlantirish uchun ijtimoiy sohaga (inson kapitalini rivojlantirish) bo'lgan investitsiyalar real sektorga nisbatan yuqori bo'lishi kerak, ya'ni, yangicha o‘ylash, yangicha fikrlash va yangicha hayot tarzini shakllantirish uchun yangicha terminlarni kiritish kerak bo'ladi, ya'ni: aqlli oila, aqlli mahalla, aqlli tibbiyot, aqlli ta'lim, aqlli din, aqlli talaba, aqlli tadbirkor... Bularning barchasi aqlni, qobiliyatni takomillashtirish va samarali ishlatishning o‘z yo‘l haritalarini ishlab chiqish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |