Dala hovli sharoitida go`sht va baliq mahsulotlarini dudlash usuli.
Navbatdagi biznes g`oyamiz go`sh mahsulotlarini dala hovli sharoitida dudlab sotib foyda olishdan iborat.
Ushbu biznesni deyarli xarajatsiz boshlab olish mumkin. Chunki bu ishni yo`lga qo`yib boshlab olish ko`p narsa talab etmaydi.
Tayyor mahsulotimiz 70-80 % gacha foyda bilan sotiladi. Bunga sabab mahsulot tayyor bo`lgunga qadar
ko`p xarajat talab etilmaydi shunchaki opilka (daraxt va yog`ochlarni maydalangan shakli) bo`lsa yetarli.
Go`sht mahsulotlarini dudlash texnlogiyasi (dala hovli sharoitida)
1. Bizga temir bochka kerak bo`ladi bunaqangi bochkalarni topish qiin emas.
2.Yerni 30-40 sm chuqurlikda 40-50 sm diametr kenglikda aylana shaklda qazib oling.
3.Bundan 3 metr uzoqlikda yana xuddi shunday ammo diametri sal kichikroq bo`lgan chuqur qazing.
4.Ikkala qazilgan chuqurlikni uzun transheya qazib birlashtiring taxminan 25x25sm o`lchamda. Bu yo`lak dud uchun bo`ladi.
5.Qazilgan uzun yo`lakni ustini temir listlar bilan yoping va tuproq bilan ustini ko`ming dud yaxshi saqlanishi uchun.
6.Ikkinchi qazgan chuquringizga bochkani joylashtiring faqat bochkani pastki qismini kesib tashlash kerak.
Buni ham atrofini tuproq bilan yaxshilab ko`mib yoping dud (tutun)chiqib ketmasligi uchun.
Shu bilan dudlash qurilmasi tayyor bo`ldi.
Bochkani tepa qismidan 2-3 ta uzun temir qo`ying dudlash uchun mahulotlarni shunga osib qo`yasiz. Masalan ( mol yoki qo`y go`shti, baliq, tovuq va boshqalar.
Mahsulotlarni shunday joylashtiringki ular bib biriga va bochkani devor qismiga tegmasin.
Dudlashdan oldin bir necha kun tuzlab marinadlash yodingizdan chiqmasiz eng yaxshi retseplar internetda bor.
Tajriba qilib o`zingiz yangi marinadlash usulini ham o`ylab topishingiz mumkin.
Bochkani tepa qismini qop bilan yoping.
Endi esa birinchi qazgan chuqurga bochkasiz chuqurga olov yoqib cho`g` qilish kerak.
Dud tutun uchun opilka va qurigan daraxt po`stlog`idan foydalansangiz bo`ladi.
Vaqti vaqti bilan qarab turing olov yonib ketmaslik kerak bizga faqat tutun kerak buning uchun opilka solib tursangiz bo`ladi ozroq nam opilka bo`lsa yaxshiroq.
Chuqurni temir list bilan yopib qo`ying faqat butunlay yopmang joy qoldiring bo`lmasa o`chib qoladi.
Dudlash vaqti mahsulotni turiga va hajmiga bog`liq o`rtacha 12-24 soatni tashkil etadi.
Masalan baliq dudlayoygan bo`lsangiz vaqti 12 soatgacha ko`p emas.
Tayyor mahsulotni bozorda sotish uchun bir qancha hujjatlarni yig`ishingiz kerak masalan sertifikat albatta olishingiz kerak.
Ishni to`la yo`lga qo`yib olguningiza qadar mahsulotni sotishni boshqa yo`llari ham bor.
1. Atrofdagi kafe-bar lar bilan to`g`ridan to`g`ri gaplashish boshlanishiga arzonroq bering.
2.Mahsulotni 100 grammdan 1 kg gacha bo`laklarga bo`lib polietilen plyonka bilan chiroyli qilib o`rab odamlar ko`p joylarda sotsangiz bo`ladi.
Mahsulotingizni xarid qilgan har bir odamga telefon raqamingizni qoldiring va mazali qilib tayyorlashni o`rganish – shunda albatta bir bor sotib olgan odam
yana qaytib buyurtma beradi, xaridorlar esa kundan kunga oshib boraveradi.