Eshitishida nuqsoni ega bo‘lgan bolalarni o‘qitishdagi muhim va ancha murakkab vazifalardan biri, og‘zaki nutqni shakllantirish hisoblanadi, bu kommunikatsiya va ijtimoiy reabilatsiya muammolarni hal etishda ham muhim ahamiyatga ega.Og‘zaki nutqni shakllanishi bolalar tomonidan zarur nutqiy materialni o‘zlashtirilishi, uni idrok etish va og‘zaki shaklda zamonaviy texnik vositalardan foydalangan holda aks ettirilishidir. Hozirigi kunda talaffuzga o‘rgatish analitik-sintetik , polisensor ,konsentrik metodlar asosida amalga oshiriladi (Rau.F.F. , Slezina N.F ., 1981) - Amaliyotning ko‘rsatishicha, eshitishida nuqsoni ega bo‘lgan bolalar kontinigenti o‘z tarkibiga ko‘ra xilma- xildir.Nutqiy buzilishlarga ega bo‘lish ta’lim –tarbiya jarayonini tashkil etishni murakkablashtiradi, bola shaxsini rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bu ta’limda differensial yondashuv muammosiga alohida e’tibor qaratish uchun asos bo‘ladi. Bundan tashqari eshitishida nuqsoni ega bo‘lgan bolalarda nutqiy buzilishlarni sezilarli darajada xilma- xilligi kuzatiladi.Nuqsonlar ichida dizartriya, rinolaliya, organik dislaliya, organik xarakterdagi ovoz buzilishlari katta o‘rin egallaydi.Aniqlangan har bir nutqiy nuqson o‘zining simptomatikasiga va paydo bo‘lish dinamikasiga ega.
Mujjasam nuqsonga ega bo‘lgan bolalar bilan korreksion –logopedik ish murakkab nuqson tuzilishini hisobga olgan holda quriladi, bunda eshitish buzilishlari va birlamchi xarakterdagi nutqiy nuqsonlarni qo‘shilib kelishi alohida o‘rin egallaydi, ularning xar biri ma’lum darajada bir- biriga ta’sir ko‘rsatadi. - Mujjasam nuqsonga ega bo‘lgan bolalar bilan korreksion –logopedik ish murakkab nuqson tuzilishini hisobga olgan holda quriladi, bunda eshitish buzilishlari va birlamchi xarakterdagi nutqiy nuqsonlarni qo‘shilib kelishi alohida o‘rin egallaydi, ularning xar biri ma’lum darajada bir- biriga ta’sir ko‘rsatadi.
- Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bola suyanadigan sensor bazani hisobga olgan holda, har bir analizator imkoniyatlarini hisobga olish kerak: ko‘rish, teri, harakat va eshituv qoldig‘i.
- Bola nutq apparatlari harakatlarini idrok eta oladigan ko‘ruv analizatorining roli beqiyosdir. Lablar, pastki jag‘, alohida hollarda til harakatlari yaxshi ko‘rinadi.
- Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni logoped nutqni maxsus usul bilan idrok etishi- labdan o‘qish hisoblanadi. Bu meyorda eshitadigan bolalar uchun ham begona emas, ba’zi hollarda, nutqni eshitish idrok qiyinlashganda, ular ham nutqni shunday idrok etishlari mumkin. Eshitish buzilganda labdan o‘qish sezilarli darajada ortadi. Eshitish analizatori turg‘un buzilgan bolalar bilan logopedik iishda aynan shu hisobga olinadii. Ular labdan o‘qishga tayanib, logopedning lab harakatlariga taqlid qilib tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlar ayta oladi, shuningdek, bajariladigan topshiriqlar ko‘rsatmalarini tushunishlari mumkin.Urg‘u, inonatsiya kabi fonetik elementlar ko‘rish yordamida yomon idrok etiladi,intonatsiyaning melodik komponenti umuman idrok etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |