Dars jarayoni va bosqichlari:
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
metodi
|
Vaqt (daqiqa)
|
1-bosqich: tashkiliy qism.
|
Tanishuv va davomatni aniqlash
|
Xotira mashqi
|
5
|
2-bosqich: Refleksiya. Ehtiyojlarni aniqlash
|
Mavzu bo‘yicha savol-javob orqali tinglovchilarning ushbu mavzuga tayyorligi va ehtiyojlari aniqlanadi
|
savol-javob
|
10
|
3-bosqich:
Mavzu bayoni
|
Mavzuni reja asosida yoritish:
1.Hol ergash gapli qo‘shma gaplar.
2.Ergash gaplarning bosh gaplarga bog‘lanishi.
|
Slaydlar asosida kichik ma’ruza.
Aqliy hujum
O‘zaro tajriba almashish
|
10
10
10
5
|
4-bosqich:
Mustahkamlash:
|
Kurs tinglovcilariga hol ergash gapli qo‘shma gaplar haqida umumiy va chuqur ma’lumot berishda interfaol o‘yinlar va zamonaviy o‘qitish metodlardan foydalaniladi
|
Guruhlarda ishlash.
|
10
|
5-босқич: Baholash.
Dars yakuni
|
Xulosa (savol-javob, fikr mulohazalar va takliflar)
|
Guruhlarni baholash
Savol-javob
|
10
5
|
6-bosqich: Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar (uyga vazifa)
|
Mavzuga oid savollar
Tegishli adabiyotlar tavsiya qilinadi.
|
Og‘zaki
|
5
|
Nazariy mashg‘ulotning borishi:
1-bosqich: O‘qituvchi mavzuni tanishtiradi. Mashg‘ulotga zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlash
2-bosqich: Tinglovchilarning mavzuga oid bilimlari va ehtyojlarini aniqlash maqsadida og‘zaki savol-javob o‘tkaziladi.
3-босқич. Mavzuni reja asosida yoritish:
Slaydlar yordamida kichik ma’ruza., o‘quvchilarning nutqini o‘stirishning eng muhim vazifalardan biri ekanligi. Pedagog faoliyati birinchi navbatda shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iboratligi, uning bilim va malakalarini vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun yo‘naltirishga qaratilishi.
4-bosqich: Mustahkamlash: Kurs tinglovcilariga hol ergash gapli qo‘shma gaplar haqida umumiy va chuqur ma’lumot berishda interfaol o‘yinlar va zamonaviy o‘qitish metodlardan foydalaniladi
5-bosqich: Savol – javob asosida o‘qituvchining mavzuni mustahkamlash bo‘yicha xulosasi bayon qilinadi
6-bosqich: O‘qituvchi mashg‘ulot yakunida umumiy xulosalar bildiradi va adabiyotlar tavsiya qiladi.
Reja:
1.Hol ergash gapli qo‘shma gaplar.
2.Ergash gaplarning bosh gaplarga bog‘lanishi.
Hol ergash gapli qo‘shma gaplar-bosh gap tarkibida hol vazifasida qo‘llangan ko‘rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi yoki bosh gap orqali ifodalangan mazmunning sababi , maqsadi , sharti , payti , holati , miqdor-darajasi kabilarni bildirgan ergash gaplar .
Hol ergash gaplar bosh gapga nisbiy so‘zlar , shart mayli shakllari ; sabab , maqsad , shart bog‘lovchilari ; deb so‘zi yordamida bog‘lanadi .
Hol ergash gaplar holning ma`no turlariga muvofiq o‘z ichida payt , o‘rin , sabab , maqsad , shart , miqdor-daraja ergash gaplar singari bir necha turga bo‘linadi . Buni quyidagi chizmada ifodalashimiz mumkin .
Hol ergash gapli qo‘shma gap
|
Savoli
|
Qolipi
|
Ma`no turi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |