Produtsent mikroorganizmlarning potensial imkoniyatlari
ularni texnologiyabopligi
biotexnologik chizmaning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini belgilab beradi.
O‘stirish bosqichi miqdor va sifat jihatidan ta’riflanishi mumkin bo‘lib, miqdoriy
ko‘rsatkich–hajmiy samaradorlik grammlar (kilogrammlar)da 1m
3
fermentatsion qurilmada 1
soatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga nisbatan ifodalanib,
jarayonning umumiy mezoni
hisoblanadi va mahsulotning tannarxini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi.
Biopreparatlar ishlab chiqarishning oxirgi bosqichlarida mahsulotni ajratib olish yoki maqsaddan
kelib chiqqan holda ularni tozalash ishlari amalga oshiriladi. Bu bosqichlarning asosiy maqsadi-
kerakli mahsulotning tovar shaklini tayyorlashga qaratiladi.
Biopreparat ishlab chiqarishni takomillashtirishga qaratilgan biotexnologik jarayonlarning
asosiy vazifasi, mikrobiologik sintez davomida hosil bo‘lgan
hujayra ichida yoki hujayra
tashqarisida to‘planadigan maqsadli mahsulotni iloji boricha kamroq yo‘qotishdan iborat bo‘ladi.
Tovar ko‘rinishidagi mahsulot sanoatda 3 xil shaklda ishlab chiqariladi, quruq mahsulot
(kukun, granula, mayda dispersion bo‘laklar), pastasimon va suyuq holda (konsentrat 50 %
gacha quruq modda saqlaydi.
Mikrobiologik sintezda qo‘llaniladigan ozuqa muhitlarining tarkibi juda xilma-xildir. Bu
produtsent-mikroorganizmlarning oziqlanishiga bog‘liq bo‘lib, u yoki bu moddaning biosintezini
ta’minlashda muvofiq keladigan ozuqa muhitini tanlash imkonini beradi.
Har qanday ozuqa
muhiti tarkibiga suv, uglerod, azot, fosfor, birikmalari va boshqa mineral moddalar,
vitaminlar
kiradi. Mikroorganizmlarning u yoki bu birikmalarga extiyoji shtammning fiziologik
xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. To‘liq tarkibli ozuqa muhitlari turli xil miqdorda (10
-3
-10
-4
M) mineral elementlarni ham saqlaydi. Maqsadli mahsulotni olishga mo‘ljallangan xom-ashyo
qimmat va noyob bo‘lmagan,
oson topiladigan, mahsulot bo‘lishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Ko‘pincha ozuqa muhiti komponentlari sifatida oziq-ovqat sanoati chiqindilaridan
keng foydalaniladi.
Ozuqa muhitlarini tayorlashda asseptika qoidalariga rioya qilish talab etiladi.
Biotexnologiyada ozuqa muhitlarini zararsizlantrishda termik va boshqa zamonaviy ishlov berish
usullari (avtoklavlash, membrana filtlaridan o‘tkazish, sterillash, qaynatish va h.k) dan
foydalaniladi. Mikroorganizmlarning sporalari yuqori haroratga o‘ta
chidamli, shuning uchun
aynan bakterial sporalarning bor yoki yo‘qligi ozuqa muhitini sterillashda harorat rejimini
belgilovchi omil bo‘lib hisoblanadi.
Havoni sterillashda filtrlash va ultrabinafsha nurlardan ham foydalaniladi.
Bopreparatni tayyorlashda yuqorida keltirilgan talab va bosqichlarga
rioya qilingan holda
tajriba tadqiqotlari olib boriladi. Rizobakteriyalar shtammlarining konsorsiumidan iborat
biopreparatning suyuq shaklini ishlab chiqarishning protsessual (vaqtga bog‘liq ravishda
o‘zgaradigan jarayonlar) sxemasi 5.9- rasmda keltirilgan (Zamin-M biopreparati misolida):
5.9-rasm. Biopreparatning suyuq shaklini ishlab chiqarishning prinsipial chizmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: