Acetobacter, Agrobacterium, Alkaligenes,
Arthrobacter, Azoarcus, Azomonas, Azospirillum, Azotobacter, Bacillus, Clostridium, Derxia,
Herbaspirillum, Enterobacter, Erwinia, Klebsiella, Pseudomonas
va boshqa tur vakillari uchrab
turadi.
Rizosfera o‘simlik ildizi bilan juda yaqin bo‘lgan hududni o‘z ichiga olganligi uchun,
ozuqa elementlariga boy bo‘lgan qism bo‘lib, bu erda mikroorganizmlarning faolligi eng yuqori
bo‘ladi.
Fotosintez natijasida hosil bo‘lgan uglerod birikmalarining 30% dan 60% gacha miqdori
ildizgacha etib kelsa, ularning qariyb 49% i ildiz ekssudatlari sifatida ajralib chiqishi yoki
ildizning nafas olish jarayoni uchun sarflanishi hisobiga yo‘qotilishi mumkin. Ildiz ekssudatlari
ozuqa moddalariga boy bo‘lib, ularning tarkibiga yuqori va past molekulyar birikmalar bo‘lgan
polisaxaridlar, oqsillar, shilimshiq moddalar, aminokislotalar, organik kislotalar, uglevodlar,
vitaminlar, moy kislotalari va steroidlar, nukleotidlar, fermentlar va boshqa komponentlar,
shuningdek, CO
2
, molekulyar vodorod, protonlar, gidrooksidlar va boshqalar kiradi.
Ildiz ekssudatlarining ildiz uzunligi bo‘ylab ajralib chiqishi bir xilda kechmaydi: ularning
maksimal miqdorini ildizning eng yosh qismlarida, ya’ni ildizning uchki-apeksida hamda
birlamchi va ikkilamchi ildiz joylashgan qismlarida uchratish mumkin.
Ildiz rizosferasini koloniyalashda ishtirok etadigan bakteriyalar populyasiyalari orasida
turli xil tipdagi munosabatlar, ya’ni assotsiativ, mutualistik, simbiotik yoki xo‘jayin organizm
uchun zararli, patogen munosabatlar bo‘lishi mumkin. Ildizdagi bakteriyalarning muvaffaqiyatli
faoliyatiga javobgar genlar va oqsillarning o‘ziga xosligi bir qator
Pseudomonas
bakteriyalari
misolida yaxshi o‘rganilgan. Ular biotik yuzaga birikish va biofilm hosil qilishda ishtirok
etadigan, flagellinlarga kiruvchi xemotaksisda DNK reparatsiyasida, transport va sekretsiyada
moddalar almashinuvi jarayonlarida hamda spetsifik oqsillar sintezida ishtirok etuvchi oqsillarni
va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Matilla va uning hamkasblari ning qayd etishlaricha, eng kuchli
tabiiy tanlanish ildizga yaqin bo‘lgan joyda kechadi. Buning sababi quyidagilar: 1) rizosferadan
topilgan aminokislotalar va boshqa aromatik birikmalar kabi turli xil ozuqa moddalar va
muayyan birikmalar bilan oziqlanishga bo‘lgan ehtiyoj; 2) turli xil stresslarni bartaraf qilish
zaruriyati (masalan, kuchli oksidlanish, sho‘rlanish va h.k) bilan izohlanadi.
Ilmiy adabiyotlarda o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishini stimullovchi rizosfera
bakteriyalarini umumiy nom bilan PGPR (plant growth –promoting rhizobacteria), ya’ni ingliz
tilidan plant –o‘simlik, growth-o‘sish, promoting –stimullash, rhizobacteria –rizosfera
bakteriyalari, ya’ni o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini jadallashtiruvchi ildiz atrofi
bakteriyalari deb ataladi. O‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishini jadallashtiruvchi rizobakteriyalar
(PGPR) uchun umumiy xususiyatlar quyidagilar:1) urug‘larga inokulyasiya qilingandan keyin
yashab qolish xususiyati; 2) ildiz ekssudatlariga javob reaksiyasi sifatida spermosfera (urug‘
sirtidagi qism) da ko‘payish; 3) ildizning yuzasi bo‘ylab mustahkam o‘rnashib olish va o‘sishda
davom etayotgan ildiz tizimiga koloniallanishi hisoblanadi.
PGPR keng ko‘lamdagi qishloq xo‘jalik ekinlari rizosferasini koloniallaydi va
o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini stimullashda, fitopatogenlar sonini kamaytirishda hamda
stress omillarga chidamlilikni oshirishda bevosita yoki bilvosita mexanizmlar bilan ishtirok etadi
(bionazorat).
O‘simliklarni stimullash (o‘sish va rivojlanishini tezlashtirish) xususiyatining bevosita
(to‘g‘ridan-to‘g‘ri) mexanizmlari tuproqdagi o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan ozuqa moddalarini
eruvchan shaklga keltirish, fitogormonlar sintezi o‘simliklar taraqqiyotini kuchaytiruvchi
uchuvchan birikmalar va vitaminlar hamda aminokislotalarni sintezlash kabilarni o‘z ichiga
oladi.
O‘simliklarning o‘sishiga bilvosita ta’sir mexanizmi ham mavjud bo‘lib, bunda
fitopatogenlarning o‘sishini to‘xtatish uchun antifungal moddalar, antibiotiklar, pestitsidlar,
oddiy biotsidlar, fermentlar ishlab chiqarilishi, biologik jihatdan o‘zlashtirilishi qiyin birikmalar
uchun raqobat (masalan temir uchun) yoki indutsirlangan chidamlilik tizimini ishga solish
yordamida o‘simliklarni kasalliklardan himoya qilinadi (
Indused systemic resistance-ISR
) (5.2-
rasm).
Ён илдиз
Азотфиксация,
фосфорни ўзлаштириш,
сидерофор ишлаб
чиқариш
Ўсимликни
озиқлантириш
Илдиз
тукчаси
Бошланғич
илдиз
Лигнин
целлюлоза
муносабати
Фитогормонлар литик
ферментлар ва иккиламчи
метаболитлар ишлаб
чиқариш
Илдиз тукчаини
шакллантириш
Ён илдизларни
ривожлантирш
Бо
шл
ан
ғи
ч
и
лди
зн
и
ри
во
жл
ан
ти
рш
Do'stlaringiz bilan baham: |