to‘g‘risida hamda hujayra, uning organoidlarining tuzilishi, funksiyasi,
irsiyat va
o‘zgaruvchanlik, evolyutsion ta’lim va shu kabi bilimlar beriladi. Biologik
ta’limning tirik tabiatdagi narsa-hodisalarni alohida-alohida o‘rganish emas, balki
ularning bir yaxlitligini, o‘zaro bog‘liqligini ifoda etgan holda o‘qitilishi taqozo
qilinadi.
Didaktikada ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari juda ko‘p tadqiqotchilar
tomonidan aniqlangan.
Jumladan, akademik I.YA. Lerner tomonidan ta’lim
mazmunining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiritilgan: bilimlar (ilmiy
tushunchalar, g‘oyalar, qonunlar, ilmiy nazariyalar); faoliyat usullari (ko‘nikma va
malakalar); ijodiy faoliyat tajribalari; qadriyatlar tizimi.
Biologiya o‘quv fanining bilimlar tarkibiy qismiga birinchi navbatda ilmiy
tushunchalar kiradi. Ular biologiyaning ayrim sohalariga oid xususiy va
biologiyaning barcha sohalariga xos bo‘lgan umumiy biologik tushunchalardan
tashkil topadi.
Umumiy biologik tushunchalar qatoriga organizmlarning hujayraviy
tuzilishi, modda va energiyaning almashinuvi, organizm va muhitning o‘zaro
birligi, irsiyat va o‘zgaruvchanlik, organik olam evolyutsiyasi tushunchalari kiradi.
Biologiya o‘quv fani mazmunining bilimlar tarkibiy qismiga g‘oyalar ham
kiradi. Biologiya ta’lim mazmunida o‘quvchilar ongiga quyidagi g‘oyalar
singdiriladi:
organik olam evolyutsiyasi; tirik tabiat tuzilishining har darajada
ekanligi; organ tuzilishi bilan funksiyasining o‘zaro bog‘liqligi; biologik
sistemalarning tabiiy muhit bilan aloqadorligi; o‘z-o‘zini boshqarish; nazariya
bilan amaliyotning birligi.
Biologik qonunlar ham biologiya o‘quv fani
mazmunining tarkibiy qismi
hisoblanadi. Biologik qonunlar sirasiga Mendel va Morganning irsiyat qonunlari,
Ber qonuni, V.I.Vernadskiyning atomlarning biogen migrasiyasi qonuni va h.k.
Biologiya fani mazmunining yana bir komponenti ilmiy nazariyalardir.
Umumiy o‘rta ta’lim biologiya o‘quv ta’lim mazmuniga CH.Darvinning organik
olam evolyutsion nazariyasi, A.N.Seversovning filembriogenez nazariyasi,
T.Morganning xromosoma nazariyasi va hozirgi zamon gen nazariyasi kiritilgan.
Yuqorida qayd etilganidek, ta’lim mazmunining
asosiy qismini bilimlar
(ilmiy tushunchalar, g‘oyalar, qonunlar, ilmiy nazariyalar) tashkil etadi.
Faoliyat usullari ko‘nikma va malakalardan iborat bo‘lib, o‘quvchilar
tomonidan o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan ko‘nikma va malakalarni egallashini
belgilaydi.
Ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi bo‘lgan ijodiy faoliyat
tajribalari o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini
yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash orqali tarkib toptiriladi.
Shu sababli,
o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida bilimlarni tayyor axborot shaklida emas, balki
muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish natijasida o‘quvchilarning avvalgi
mavzularda o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi kutilmagan
vaziyatlarda qo‘llashiga imkon yaratishi, ularda mustaqil va ijodiy fikr yuritish
ko‘nikmalarining tarkib topishiga zamin tayyorlashi zarur. Ta’lim mazmunining
to‘rtinchi tarkibiy qismi bo‘lgan qadriyatlar tizimi o‘qitish jarayonida ta’lim-
tarbiyaning uzviyligini ta’minlash, o‘quvchilarni
milliy va umuminsoniy
qadriyatlar ruhida tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Mazkur tarkibiy qismni
o‘quvchilarda shakllantirish biologiyani o‘qitishda ta’lim-tarbiya masalalariga
bog‘liq holda yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: