6. TALABANING MUSTAQIL ISHI BО‘YICHA TOPSHIRIQLAR
6.1. Oldindan topshiriq olgan talaba mustaqil ishining prezentatsiyasi:
Ilova №3
6.2. Ta’limning yordamchi vositalari: grafik organayzerlar tuzish
Grafik organayzer: Klaster
Klaster ̶ tutam yoki bog‘lam ma’nosini bildiradi, axborot tuzish yo‘li bilan barcha tuzilmaning moxiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ishdir. Klasterni tuzish talabalarni bilimlarini faollashtiradi, mavzu bo‘yicha eslash jarayoniga yangi assotsiativ tushinchalarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi. Talabalar mavzuga tegishli bo‘lgan esiga kelgan barcha so‘z va takliflarni yozadi. Imlo xatolarga va boshqa omillarga e’tibor berilmaydi. Bu jarayon uchun ajratilgan vaqt tugaguncha yozish davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |