Ekspert tizimlarni yaratish
• ET larning yaratishdagi muammolar va ularni ishlab chiqarish
• ET dagi bilimlar tarkibi
• Produksion tizimlarda xulosani boshqarish
Et larning yaratishdagi muammolar va ularni ishlab chiqarish.1970-yillardan boshlab ETlar sun'iy intellekt sohasida bosh yo'nalish bo'lib qoldi. Sun'iy intellektning avval ishlab chiqilgan usullari: bilimlarni tasavvur qilish, fikrlab xulosa chiqarish, evristik qidirish va boshqalar ETlarda o'z aksini topdi. Faqat ETlargina bu kuchli usullar yordamida katta iqtisodiy imkoniyatlarni yuzaga keltirishdi.
ETlar va ularni ishlab chiqish uchun kerak bo'ladigan ro'yxati mingdan ortiq tizimni o'z ichiga olgan dastur mahsulotlari 1987-yilda AQSHda nashr etilgan. Rivojlangan mamlakatlarda ularni ishlab chiqarish va tatbiq qilish bilan yuzdan ortiq firmalar mashg'uldir.
Ammo, boshidanoq ETlarning keng tarqalishi va ishlab chiqarilishini sekinlashtirib, murakkablashtiruvchi qiyinchiliklar yuzaga kelib chiqdi.
Ular ETlarni ishlab chiqish usullaridan kelib chiqadi.
Birinchisi, masalaning qo'yilishi bilan bog'liq bo'lgan qiyinchilik. Ko'pchilik firmalar sun'iy intellekt usullarini to'liq o'rganilmagani holda ETlarni ishlab chiqarish vaqtida ularning imkoniyatini oshirib ko'rsatadilar. Foydalanuvchi izlanish sohasidagi ko'pgina masalalarni erkin fikrlab yecha oluvchi tizimni ko'rishni xohlaydi. Bundan esa, ETlarni yaratish uchun oddiy boshlang'ich ko'rsatmalar: «tasvirlarni qayta ishlash ETini yaratish», «bolalardagi muvozanat — harakat apparati kasalliklarini davolash ETini yaratish» kabilar. Ammo, awal ta'kidlanganidek, masala qo'yilishi qancha umumlashtirilsa, evristik qoidalarga asoslanib yechimini topish shunchalik o'z kuchini yo'qotadi. Shuning uchun, boshlang'ich vaqtlarda, agar ishlab chiquvchida ma'lum bir malaka bo'lmasa, unchalik qiyin va oddiy algoritmik yechimi bo'lmagan masalalarni yechishga qaratilgan ETlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, shu masalani qo'lda yechish usullari bo'lishi ham muhim rol o'ynaydi. ETlarni ishlab chiqishda faqatgina masala shartining aniqligidan tashqari, «qo'l usuli»ning bo'lishi maqsadga muvofiq, aks holda ET ni yaratish o'z ma'nosini yo'qotadi.
Ikkinchi va asosiysi — bu bilimlarni olishda yuzaga keladigan qiyinchilik. Bu qiyinchilik ekspert insonlar o'z bilimlarini ETlarga berayotganida yuzaga keladi. Demak, Komp’yuter tizimini o'qitish uchun, eng avvalo bu bilimlarni ma'lum bir ko'rinishda tizimlash-tirib, «Oq qog`ozga» tushirish kerak.
Aksariyat ekspertlar (matematiklar bundan mustasno bo'lishi mumkin) o'z bilimlarini kundalik hayotda yaxshi qo'llay olsalar ham ularning bir qismini tahrir qilib, tizimlashgan ko'rinishga keltirishga qiynaladilar. Aniqlanishicha, bilimlarni bu holatga keltirish uchun yurist yoki mediklarga nisbatan matematik yoki dasturlashtiruvchilarda ko'proq uchraydigan fikr yuritishning tizimtik usuli juda yordam beradi. Bundan tashqari, bir tomondan matematik fikrlash sohasi va bilimlarni tasavvur qilish usullari, boshqa tomondan esa EHM imkoniyatlari, dasturlash-tirish tizim va tilini mukammal bilish talab etiladi.
Shunday qilib, ekspert va ekspert (Komp’yuter ) tizimlari orasida «dallol» vazifasini o'tovchi mutaxassislar faoliyat olib borishadi. Ular bilimlar injenerlari (knowledge engineerik) deb, hodisaning o'zi esa bilimlar injeneriyasi deb atala boshlandi. Rivojlangan mamlakatlarda «bilimlar injeneri» mutaxassisligi ko'pgina oliy o'quv yurtlarida kiritilgan bo'lib, bizda esa tizim-lashgan dasturlashtirish mutaxassisligi doirasida o'rganiladi. Ko'pgina hollarda ekspert va bilimlar injeneri vazifasini bir odam bajara olmaydi. Tajribalarning ko'rsatishicha, boshlang'ich bilimlarni egallash uchun uch xil mutaxassisliklar: ekspert, bilimlar injeneri va ET ni ishlab chiqaruvchining umumiy harakati kerak.
Yana bir muammo — bu ETlarni yaratish uchun juda ko'p mehnat bilimlar bazasini boshqarish vositalari, fikrlab xulosa chiqarish, foydalanuvchi bilan dialogli bog'lanish va boshqalar talab etilishidadir. Dastur hajmi juda kattaligi va dasturlash usuli xilma-xilligi tufayli, birinchi bosqichda tizimning oddiy murak-kablashtirilmagan boshlang'ich variantini yaratish maqsadga muvofiqdir. Bunda foydalanuvchi uchun ET ni rejalashtirilgan imkoniyatlarini umumiy holda bo'lsa ham ko'rsatish, ishlab chiqaruvchi uchun tizimning kamchiliklarini yo'qotib, uni mukammalroq ko'rinishga keltirishga imkon yaratadi.
Bu tizimlar va ular uchun yaratilgan apparat ta'minoti yaroqsiz ekanligi e'tirof etilgandan keyin, kuzatuvchilar ayni vaqtdagi ET larni yaratish texnologiyasi talabga javob bermaydi, degan xulosaga kelishdi. Oxirgi 10 yillik ichida ET lar hozirgi vaqtdagi eng samarali tizimlar bilan chambarchas bog'landi. Ularni sog'liqni saqlashda, sug'urta qilishda, bank ishi va boshqa sohalarda qoidalarga tayangan holda yechimlarni topish uchun samarali vositalar sifatida qo'llanmoqda. Hozirgi kunda bilimlar bazasi katta tizim ichiga joylashtirilgandir.
Ular internetda qidiruv olib boruvchi bog'lovchi DASTUR larni markazida joylashgan va foydalanuvchilar uchun informatsiya oqimini boshqarishga ko'maklashadi.
Bilimlar bazasidan iborat tizim rivojlanishini kuchaytirgan omillarni ko'rib chiqamiz: bilimlar bazasi texnologiyasi yordamida pullarni tejashni bilib olgan kompaniyalar ularni Komp’yuter ekspertizasiz tasawur etib bo'lmaydigan maxsus biznes jarayoniga joylashtiradilar.
Xulosa
Bilimlar tizimi bu – asosan bilimlar bazasidir. Ekspert tizimlar uchun ishlaydigan ma’lumotlar bazasi. Bilimlar tizimi sun’iy intllektlarda ham mavjud. Bilimlar bazasiga asoslangan holda ishlaydi. Bilimlar bazasi qanday tuzuladi? Faraz qilaylik, biologiya yoki zoologiyadan bilimlar omborini tuzish lozim. Xo'sh, ishni nimadan boshlash kerak? Albatta, dastlab biologiyaning asosiy tushunchalarini o'z ichiga oladigan ma'ruzalar matni tayyorlanadi va u kompyuter xotirasiga kiritiladi. Ikkinchi navbatda inson a'zolari yoki hayvon tiirlariga oid rasmlar majmui hosil qilinadi va ular xotirada biror fayl sifatida saqlanadi. Keyingi bosqichlarda jadvalli va diagrammali axborotlarning qismlari yaratilib, xotiraga joylashtiriladi. Bu ma'lumotlar majmui dastlab alohida sektorlarga joylashtiriladi, so'ngra ularning bir-biri bilan o'zaro bog'lanishini ta'minlovchi ishchi dastur tuziladi (yoki tayyor dasturdan foydalaniladi). Ishchi dasturning asosiy vazifasi foydalanuvchining bergan savoliga xotiradagi ma'lumotlar asosida javob topishdan iborat. Bilimlar omborini yaratishda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi: 1-bosqich. Predmet sohasini aniqlash. 2-bosqich. Bilimlar to'plamini yaratish. 3-bosqich. Bilimlarni tizimga tushirish. 4-bosqich. Materialni shaklan tasvirlash.
Hozirgi zamon mutaxassisi kerakli axborotni topish, ajratib olish, tahlil qilish, tashkillashtirish, saqlash hamda kerakli ko’rinishda tasvirlashni bilishi kerak. Bu esa undan tahlil va sintez qilish, umumlashtirish, abstraksiyalash, modellashtirish, o‘xshashliklarni topish va shunga o ‘xshash boshqa aqliy faoliyat ko‘nikmalarini egallashini talab qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. .A.A.Abduqodirov, A.G’.Hayitov, R.R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”
2. Gulomov S. S., SHermuxamedov A. T., Begalov B. A. Iqtisodiy informatika
3. Sh. Nazirov, A. Ne’matov, “ Ma’lumotlar bazasi ” , Toshkent 2007
4. http://Aim.uz
5. hppt://www.orbita.uz
6. http://library.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |