Bibliografiyani tashkil etish — mamlakatda kutubxonachilik va axborot markazlarini tashkil etish, bibliografiya xizmati tizimini yaratish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, jamiyatning axborotga bo‘lgan talabini to ia qondirish imkonini yaratish uchun xizmat qiladi.
Har bir davrda jamiyat taraqqiyoti madaniyatsiz, ma’naviyatsiz
amalga oshmaydi, doimo insoniyat m a’naviy bilimga, dunyoni bilishga, ilm olishga, o‘zligini anglash uchun hayotni tushunishga ehtiyoj sezadi. Tevarak-atrof, voqea va hodisalar, ularning mohi-yati, mazmuni, maqsadi, ijtimoiy-siyosiy voqealar, ularning asl mazmuni, maqsadi, foyda va zarari haqida bilim beruvchi, kishi-larni ezgulikka, yaxshilikka chaqiruvchi, ruhiy ozuqa beruvchi adabiyotlar haqida tezkorlik bilan, maqsadga mos holda m a’-lumot beruvchi ikkinchi darajali hujjatlar — bibliografik mah-
sulotlardir. Turli xil yo‘nalishda tuzilgan bibliografiyalarning ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi:
1. Bibliografiya undan oldingi davrda yaratilgan madaniy boyliklarimiz, kitobatchilik, nashriyotchilik ishi tarixi haqida, rivoji haqida m a’lumot beradi.
2. Adabiyotlarning mazmuni, maqsadi, undagi asosiy masala lar, muammolar bilan tanishtiradi.
3. Kitobxon uchun yangi m a’lumot beradi.
4. Kitobxonga o‘qish uchun eng zarur adabiyotlami tavsiya qiladi. 5. Kitobxonga adabiyot tanlashda yordam beradi.
6. Adabiyot tavsiya etadi.
7. Jamiyat hayotida faol ishtirok etishga, biror-bir sohada
muvaffaqiyatlarga erishishda turtki bo‘ladi.
8. Shaxsiy hayotida o‘zgarishlar bo‘lishi uchun zamin yaratadi.
9. Kitobxonda o ‘qish madaniyatini, axborot bilan ishlash madaniyatini tarbiyalaydi.
10. Ilmiy-tadqiqot ishlari, tarixni o ‘rganish uchun muhim manba bo‘lib qoladi.
2.1 Bibliografik mahsulotlar turlari, o’ziga xos xususiyatlari
Rasmiy hujjatli bibliografik axborot bo‘lib, bir vaqtning o‘zida uni tayyorlash jarayonining natijasi va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish vositasidir. Bibliografik mahsulot tushunchasi negizida minglab bibliografik yozuvlarni aks ettiruvchi bibliografik qo‘llanmalar yotadi. Bibliografik mahsulotlar tizimini yaratish va bibliografik so‘roqlarni bajarish kutubxonalar faoliyatining an’anaviy yo‘nalishlaridan biri. Bibliografik qo‘llanmalarning turlari bibliografik ko‘rsatkichlar, bibliografik ro‘yxatlar va bibliografik sharhlardir. Bibliografik xizmat ko‘rsatish kundalik va retrospektiv ko‘rsatkichlar, referativ jurnallar, bibliografik va axborot ma’lumotlar bazasi, monografiya va dissertatsiyalarga tuzilayotgan adabiyotlar ro‘yxatlariga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |