Mavzu: Bóg'im kasalliklari. 1. Bogim kasalliklarining hilma hilligi va ularning bir biriga oxshashligi tashxis qoyishni ancha qiyinlashtiradi. Ammo ular orasida farqi albatta mavjud. K.I. Shakalov bogim kasalliklarining tasnifini tolaroq beradi: Yopiq travmatik otkir va surunkali aseptik kasalliklar urib olish, chozilish, chiqib qolish, gemartroz, sinovit, fibrozit, periartrit va qontrakturalar. Bogim jarohatlari. Yiringli otkir va surunkali kasalliklar kapsulyar flegmona, artrit, osteoartrit, paraartikulyar flegmona, chirituvchi artrit. Spetsifik otkir va surunkali artritlar brutsellezli, revmatizm, paratifozli. Surunkali ekssudatsiz kasalliklar osteoartrit, artroz. 1.2. Bogimlarning lat yeyishi (contusio articuli) hayvonlarda keng uchraydi. U bogimning yumshoq toqimalari, kapsulasi va atrof toqimalarga bevosita va bilvosita mexanik tasiridan kelib chiqadi. Bogimlarning lat yeyilishida bogim kapsulasi qon tomirlarining yorilishidan kelib chiqadigan tez rivojlanadigan qon quyilishi (gemartroz) hosil boladi. Tomirlardan chiqqan qon sinovial suyuqliq bilan aralashadi, bir qismi esa bogim kapsulasining fibroz va sinovial qavatlari orasiga kirib boradi. Keyinchalik ivigan qon laxtalari sinovial pardaga chokadi, qolgan qismi esa bogim boshligida erkin joylashadi. Laxtalarning bir qismi sorilib ketadi, qolgani esa biriktiruvchi toqimaga aylanib, sinovial pardani qalinlashtiradi, yoki artrolitlarga (gurunch tanachalari) aylanadi. Zich artrolitlar bogim ichida erkin suzib yuradi, ammo ular bogim suyaklari orasida qisilib qolsa ogriq va oqsashni chaqiradi. Klinik belgilar. Kichik shish, ogriq, mahalliy harorat va oqsash kuzatiladi. Palpatsiyada flyuktuatsiya, 13 kundan keyin esa krepitatsiya aniqlanadi. Hayvon oyogini bukilgan holatda saqlaydi. Punktatda sinoviya yoki yog tomchilari korinadi. Davolash. Kasallik yengil kechganda hayvonga tinch holat taminlanadi, birinchi kunda bogimga siquvchi boglam, sovuq muolaja, keyinchalik massaj va isituvchi muolajalar qollanadi. Bogim ichiga qon quyilganda avval bogimga siquvchi boglam va sovuq muolajalar qollanishi lozim. 1 2 kundan song esa punksiya qilinib, qon sorib tashlanadi. Igna tiqilib qoladigan bolsa, bogim ichiga 2% li karbol kislotasi eritmasi yoki furatsillin bilan novokain eritmasining iliq aralashmasi, fermentli preparatlar yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |