Holatni bajarish davomiyligi – 5-6 minut.
Uslubiy ko‘rsatma –To‘ldirma to‘plar bilan mashq bajarish.
To‘rtinchi topshiriq – O‘tirgan holda usul, bajaish vaqt asosida.
Holatni bajarish davomiyligi – 5-6 minut.
Uslubiy ko‘rsatma – Raqibiga tomon burilib qo‘llar bilan tiralish.
Beshinchi topshiriq – Raqibini kutarib tashlashda yeklish usuli.
Holatni bajarish davomiyligi – 15-20 minut.
Uslubiy ko‘rsatma – Raqibiga tomon burilib raqibining chap tomonga tashlash.
Oltinchi topshiriq – 2-chi usul "chapga tashlash" holati.
Holatni bajarish davomiyligi – 15-20 minut.
Uslubiy ko‘rsatma – Qarshilik bilan (nakat )ga ishlash.
Mashg‘ulot o‘tkazadigan joyga va sportchilarga qo‘yiladigan asosiy gigiyenik talablar
Tibbiyot kuriklarini tashkil qilish, jismoniy mashqlarning organizmga ta’siri haqida
gigiyena va kun tartibiga rioya qilish haqida o‘tkaziladigan shifokor suhbatlari, uzini-o‘zi
nazorat qilish murabbiy uchun ham sportchi uchun ham majburiydir. Yakkama-yakka
olishuvda kurashda, mashq qilishning boshlang‘ich qismida mayib bo‘lishning sababi
asabiy sozlanishdagi kamchiliklari badan qizdirishni yomon o‘tkazilganligidir. Mashq
qilish oxirida mayib bo‘lish umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikning yetarli darajada
emasligi tufayli yuz beradigan murabbiy alohida e’tibori yakuniy bosqichdagi maxsus
tayyorgarlik salmog‘i qaratilgan bo‘ladi.Usul bajarish texnikasining buzilishi shuni
buzgani ham, uning raqibini ham mayib bo‘lishiga olib keladi. Buni kurashchining mashq
qilish (juft bo‘lib olishuv) mashg‘ulotlari, tanlab olish vaqtlaridagi va ma’suliyatli
musobaqalar vaqtidagi ruxiy emosional holati bilan tushuntirish mumkin. Mayib
bo‘lishni oldini olish uchun birinchi navbatda sherikni sinchiklab tanlash kerak. Eng
muhimi esa kurashchilarni ehtiyotkorlikka va o‘z-o‘zini saqlashga o‘rgatishdir.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki shifokor kurigidan vaqti-vaqti bilan o‘tib turish
sportda uchrab turadigan har qanday salbiy oqibatlarning oldini olish uchun zarurdir.
Bundan tashqari kurashchilar mashg‘ulot vaqtida ham, musobaqalarda ham ozoda
bo‘lishlari tirnoqlari olingan bo‘lishi, sochlari kalta qilib olinishi, kurash ishtoni ichidan
suvda suzganda kiyadigan kalta ishton yoki maxsus ishton kiyishi shart. Kurash zaliga
amaliy o‘quv mashg‘ulotlari uchun jixozlangan maxsus bino biriladi. Unga 11-11
diametrli iki kurash gilami sig‘a oladigan bo‘lishi lozim. Bunday zalda bir yo‘la 16-20 kishi
shug‘ullanishi mumkin. Ixtisoslashgan kurash zalining sathi 24x 12 m, balandligi 4-5m
bo‘lishi kerak. Poldan 2-3 m balandligicha devorlarni moyli buyoqda bo‘yaladi. Pol
taxtadan, derazalari keng ikki qavatli bo‘lishi shart. Zalni ikta, uchta ventiliyatorlar
yordamida shamollatirib to‘rish lozim. Zaldagi xarorat 15-20 darajada bo‘lishi kerak.
Kurash tushiladigan gilamlarni har bir guruppa shug‘ullannishdan keyin nam latta bilan
artish tavsiya qilinadi. Sport invertarlarni saqlash uchun zalda omborxona keyim-bosh
uchun ilgaklar, o‘qituvchilar xonasi, dush xona, bug‘ xona, masashxona, xojatxona va
boshqa yordamchi xonalar bilan jixozlanishi kerak. Zalda albatda aptechka va boshqa
dorilar yorliqi bo‘lishi kerak. Zalga kirishdan oldin oyoq keyimlarni tozalab artish kerak.
Shug‘ullanuvchi keyinlarini o‘z shikafchasiga ilib, nam lattaga oyog‘ini artib kerish lozim.
Kurashchi albatda kurash keyimlarini haftada bir marotaba yuvishlari shart. Ichki
keyimlarini har ikki kunda almashtirish lozim. Kurashchi o‘zi bilan kurash mashg‘ulotiga
sovun, sochiq, taroq va boshqa narsalarni olib borish kerak.
Xulosa