Darsning jihozi: Darsga oid ko'rgazmali qurollar va plakatlar.
Darsning uslubi: Og'zaki tushuntirish,
ko'rgazmalilik, amaliy.
Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti:
1
|
Tashkiliy qism
|
4 daqiqa
|
2
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni yoritish:
a) mustaqil ish;
b) himoya;
d) ma'ruza;
e) xulosa.
|
25 daqiqa
10 daqiqa
6 daqiqa
4 daqiqa
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
5
|
Baholash
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
3 daqiqa
|
|
|
|
Fanlararo aloqa: tarix, botanika, biologiya, adabiyot,
san’at, kimyo ,geografiya
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O'quvchilar bilan salomlashish;
O'quvchilar davomatini aniqlash.
Sinf jurnalini rasmiylashtirish.
O'tilgan darsni so'rab baholash va mustahkamlash.
Yangi mavzu bayoni.
O'quvchilarni duradgorlik birikmalaridagi birikmalarning xillari va usullari, ularni tayyorlash yo'llari va mavjud texnologiyasi bilan tanishtirish lozim. Shuningdek ulardan ayrim birikmalarni tayyorlash texnologiyasini bilishi oldin o'rgatilgan operasiyalarni qayta bajarishni va tanishilgan asboblarni ishlatishni talab qilib borish kerak.
Duradgorlik detallarini biriktirish operasiyalari ma'lum bir texnologiya bo'yicha bajariladigan amaliy prosessdir.
Ma'lumki, duradgorlik buyumlarining detallari turli usullarda o'zaro biriktiriladi (rasm.) birikmalar asosan yelim, har xil mixlar yordamida, bolt xomut va skobalar bilan mahkamlanadi (biriktiriladi.)
Biriktirish xillari:
1. Detallarning to'g'ri va qiya kesilgan qirralarini biriktirish. Bunda yog'och materiallarining chetki qirralari yaxshi tekislanadi. Va yumaloq turumlar bilan biriktiriladi. Turumlarning yo'g'onligi taxtaning yarim qalinligidan 3-4 marta katta turumlarning o'rtasidagi oraliq esa, 100-150 mm bo'lishi lozim. 2. Choklar yasab biriktirish. 3. Taxtalarni to'g'ri burchakli shpunt yasab biriktirish.
Biriktirish usullari.
Ulash, yog'och detallarini uzaytirish uchun ularning toreslari bir-biriga biriktiriladi, ya'ni ikki yog'ochning toreslari tekislanib birbiriga jipslashtiriladi va uchinchi yog'ochni ularning ustiga qo'yib mahkamlanadi. Yuk ta'sir etmaydigan dtallar, masalan, plintuslar, portret ramkalarningning uchlari 45 gradus burchak ostida kesib birlashtiriladi.
Ko'ndalang kesuvchi kuch ta'sir etadigan detallarning uchi yarim qalinlikda to'g'ri kesilib, birining ustiga ikkinchisini qo'yib ulanadi va yog'och mixlar bilan maxkamlanadi. Yanada mustahkamroq bo'lishi uchun yog'ochlar uchi qalinligining yarmisicha qiya teksilik bo'ylab to'g'ri kesib biriktiriladi.
Juda puxta ulanishi zarur bo'lgan detallarda qiya birikmaning uzunligi ulanayotgan detallarning qalinligida kamida sakkiz marta katta bo'lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |