Genri Sigland - birinchi marta o'q otdi, natijada bir necha yil o'tib uni o'ldirdi
Bu odamning hikoyasiga hamma ham ishonmaydi, chunki bu ixtiro kabi. 1883 yilda Genrix Sigland hissiyotlarini bardosh bera olmaydigan qiz do'stini tashlab, xafa bo'lganida o'z joniga qasd qildi.
Qizning akasi qayg'u chekib, qurolini yukladi va singlisining o'limi uchun qasos olish uchun to'g'ri Genri tomon yo'l oldi. Ular uchrashganlarida, aka Ziglandning boshiga otgan va o'q nishonga yetgan deb o'ylab o'zini otgan. Ammo shunday bo'ldiki, o'q daraxt tanasiga kirib ketdi va Genri tirik qoldi.
Bir necha yil o'tgach, u bu daraxtni o'sha paytlarni eslamasligi uchun kesishga qaror qildi. Daraxt juda katta bo'lgani uchun Genri uni dinamit bilan pufladi. Portlash Sigllandning boshiga o'q tekkan va u vafot etgan.
Violet Jessop - kemadagi ayol
Violet cho'kib ketgan "Olimpiya" kemasida ishlayotgan edi. U Titanikda edi, taqdiri deyarli barchaga ma'lum. Shuningdek, u avvalgi kemalar singari suv ostida qolgan Britannikada qoldi.
Melanie Martinez - dovullar natijasida vayron bo'lgan 5 uy
Luiziana shtatida tug'ilgan kishi yomon ob-havoni yomon ko'radi, chunki to'rtta dahshatli elementda u to'rtta uyni yo'qotgan. Ayolning so'nggi uyi 2005 yilda vayron bo'lgan - Katrina dovuli uning uyida deyarli hech qanday iz qoldirmadi.
Yana bir fojiadan so'ng, mashhur Amerikan teleko'rsatuvining tashkilotchilari baxtsiz va to'liq ta'mirlangan Melanining uyiga yordam berishga qaror qildilar va unga 20000 dollardan ko'proq mablag 'sarfladilar. Bir necha yil o'tgach, beshinchi uy bo'ron tufayli vayron bo'ldi.
Luizianada kuchli bo'ronlarning urish ehtimoli yiliga 4% ni tashkil qiladi.
Hayotning (yakkama-yakka) kurash maydonida va jahon xalkdari orasida islom olamining farsax-farsax5 orqada qolganligini bayon qilishga ehtiyoj yo’qdir. Biz tur- kistonlilar esa boshqa islomiy jamiyatlarga nisbatan dunyoi jahon parishonlikka tushib, yo’limizdan adashgan- miz. Ajabo, bu parishonlikning sababi nedir?
Turkistonlilarning aksariyati bu savolga javob berishda ikki toifaga bo’linadilar! Millat va vatanlari uchun qayg’urgan bir toifa bu parishonlikni ilmsizlik va tanballik oqibati deb biladi. Haqiqatan ham, tushkunlik va xarobligimizning sabablaridan biri ilmsizlik va harakatsizlikdir. Lekin bularning ham asl sababi, ana o’sha tushkunligimizning asosiy sababidir. Ajabo, bu sabab nima ekan?
Bu masala xususida ikkinchi toifa turkistonlilarning nuqtai nazarini bahs mavzuiga kiritsak, ularning nima deyishlari ma’lum bo’ladi. Orqada qolganligimiz xususida bu tomonning asosiy qismi quyidagi fikrlarni keltiradilar:
Parishonligimiz va tushkunligimizga sabab yo’q, bu ilohiy xohishdir.
Xudo bu dunyoni kofirlar uchun jannat, mo’minlar uchun do’zax qilib yaratgandir.
Qiyomat yaqindir, musulmonlar bu dunyoda asta-sekin kamayib bormoqsalar.
Hazrat Payg’ambarimiz «kulli yavmin badtar»6 deb aytganlaridek, musulmonlarning kuni kundan battar bo’lib bormoqda.
Ma’lumki, bu mulohazalar bilkul puch va botildir7. Unga javob berish u yoqda tursin, balki ularni eshitmoqlik o’zi to’g’ri emas. Banda ham ma’lum muddat xalq va millatning xarobligi sabablarini izlab topish uchun har tarafga yugurib, ko’p kishini so’roqqa tutdim, ammo hyech kimdan qoniqarli javob ola bilmadim. Oqibat, biz turkistonlilarning musulmonligimiz va muqaddas Kitobga ega ekanligimiz va shu Kitobni yagona rahnamoyimiz deb tasdiqdashimiz xotiramga keldi. Endi shu muazzam va mukarram dasturulamal bo’lmish Kitobga tavajjuh8 qilishdan boshqa chora qolmadi. Bu xususda U (Qur’oni karim) bizga rahnamolik qiladimi-yo’qmi deb, kamoli qalb va vujudi bebizoat9 ila Qur’oni azim mutolaasiga mashg’ul bo’ldim va matlabimga erishdim. Qur’oni karim avval mening savolimga shu tariqa javob berdi: «Albatta, ne’mat berilgan qavm o’zlarini o’zgartirmagunlaricha Alloh ularning holini o’zgartirmas»10.
Insof yuzasidan islom olamiga diqqat bilan qarasak: oz sonli arab qabilalari Rasuli alayhissalom hidoyati bilan sharaf topguvchi islom diniga kirib, 23 yil mobaynida, ya’ni Hazrati nabiy zamonlaridan to hazrati Umar vafotlarigacha» bo’lgan muddatda dunyoning ikki yirik davlati bo’lgan Eronu Rumni mag’lub qildilar12. Shundan bani Umayya xalifaligi asrigacha13 islom saltanatining hududlari Chin (Xitoy)dan Hindgacha, Misrdan Andalusiyagacha cho’zildi14. Ummaviy va abbosiy xalifalari15 Bag’dodu Andalusiyada ajoyib madrasayu fayzlik maktablar ochdilar. O’z zamonasining olim va fan arboblarini dinu mazhabiga qaramay bir joyda jamladilar. Qisqa vaqg orasida bu ikki ulug’ islom poytaxtlari dunyodagi ilm va ma’rifat markaziga aylandi. Nafaqat turkistonli musulmonlar, balki farangistonli nasroniylar ham ilm tahsili va bilim olib yashash uchun Bag’dodu Andalusiyaga kela boshladilar.
Ajabo, shuncha buyuklik (ne holda?). Shuncha azimat va ulug’lik qayerga yo’qoldi? Nechun ahli islomning dunyoi jahon donishi ilmlarining sharofati shu qadar baxtsizlik va jaholatga duchor bo’ldi?!
Hozir umumiy islom olamining ahvolidan o’tib, o’zimizning (shu kungi) holimizni tadqiq qilsak. Bir vaqtlar mamlakatimiz madaniyat quyoshining mabdai16, ma’rifat daryosining manbai sifatida tanilgan edi. Forobiylar, Buxoriylar, Abu Ali ibn Sinolar, Ulug’beklar mamlakatimizni jahon sahnasiga chiqargan edilar. Bizning mamlakatimiz minglab mashhur olimlarni chor-atrofga yetkazib berib, qo’shnilarining ham sharafini ovoza qilib, dunyoga taratgan edi. Sanoatimiz shu darajada edi-ki, xalifalar shuncha azimat va shavkatli bo’lishlariga qaramay, libos, kiyim-kechaklarini bizning mamlakatimizdan olib ketardilar.
Ajabo, bu merosu saodatning baland cho’qqisidan qanday qilib tushib qoldik? Bu xususda o’zimizning ulamolarimizdan so’rasak, «kulli yavmin badtar», «bu xohishi ilohiy» va «qiyomat yaqindir» degan gaplardan boshqasini aytmaydilar. Lekin Qur’oni karimga murojaat qilsak, to’g’ri, yaxshi javobga yuzma-yuz qilib, bizga uni ko’rsatib qo’yadi. Agar shunga ham qanoat qilmasak, unda mana javobi: sabab shuki, o’tgan qavmlarning boshlariga azob yuborildi. (Negaki) har qavm solih amallarini yomon odatlarga alishtirar ekan, Alloh o’z ne’matlarini ulardan tortib olib, o’rniga azob yuborar17.
Xo’sh, hozir qaysi dalilni qabul qilamiz? Ulamolarimizning so’zlarini qabul qilib, boshimizga kelgan va kelayotgan har baloni ilohiy rizo deb ketaveramizmi, yo Qur’oni karim farmoyishlarini jon qulog’imiz bilan eshitib, shu baxtsizliklarimizga sabab yomon amallarimizdan deb hisoblaymizmi?!
Bu savolga ham Qur’oni karim kamoli qatiyat va mahobat bilan javob beradi: «Alloh odamlarga zulm qilmaydi, balki ular o’zlari o’zlariga zulm qiluvchilardandir…»18 «Sizlarga yetgan har bir musibat o’zlaringizning nosoz fe’lu amallaringizdandir, gunohlaringizning ko’plarini Alloh afv etadi. Agar gunohlaringiz evaziga musibatlar yuborilsa, holingizga voydir! Sizlarning amalingiz tufayli bu dunyo musibatlardan xalos bo’lmas edi. Sizlarga Allohdan o’zga himoyachi madadkor, balolarni daf etuvchi yo’qdir»19.
Chunonchi, tarix kitoblarida mana bu voqyea mufassal keltirilgan: «Uhud jangining boshlanishidan oldin islom lashkari toqqa chiqib kofirlarga qarshi yuzma-yuz turib saf turdilar, islom askarining chap tarafida bir ingichka dara (yo’l) bor edi. Hazrati Rasuli alayhissalom jang qizigan paytda kofirlar shu daradan hujum qilmasin, degan mulohaza bilan Abdulloh ibn Jobir boshliq 50 nafar kamonchilarni daraning boshiga qo’yib, amr qiladilarki, «shu joydan qimirlamang, dushmanga daradan yo’l bermang» deb. Bundan so’ng kofirlar lashkariga bir oz shikast yetgan edi, kamonchilarning ko’plari Payg’ambarning amrlarini esdan chiqarib, turgan yerlarini tashlab, mag’lublarning chodir va anjomlarini talon-toroj qilish bilan mashg’ul bo’ldilar. Hali musulmon bo’lmagan Xolid ibn Valid20 bu fursatni g’animat bilib, 200 ta suvoriysi bilan o’sha daradan o’tib Abdulloh ibn Jobirni shahid qilib, musulmonlarga hujum qildi va islom lashkari shikast topdi. Sahobalar bundan dilgir bo’lib, o’zaro: «Alloh, bizga nusratni va’da qilgan edi, nima uchun biz shikast topdik» degan gaplarni ayta boshladilar. Ularga javob tariqasida quyidagi oyat nozil bo’ldi: «Vaqtiki, Uhud kunida, Badr kunida kofirlarga yetgan musibatga o’xshash musibat sizga yetdi, siz bir-biringizga bizga bu musibat qayerdan yetdi, dedingiz. Ayt, ey Muhammad, bu musibat sizga o’zingizdan yetdi, Alloh har bir narsaga qodirdir»21.
Chunonchi, shu oyatdan ham anglashiladiki, bizning e’tiborsiz va xoru zor ekanligimizning haqiqiy sababi o’zimizning nosoz a’molimizdandir. O’zimizni musulmon deb bilamiz-u, lekin muhim islom ahkomlarini tamoman tark qilganmiz. Agar ilohiy dargohga ruju’ qo’yib, ahvolimizni isloh qilib, Qur’oni karim ahkomlarini o’zimizga yagona rahbar deb bilsak, taraqqiyotga umidvor bo’lish mumkin, illo bizni bu parishonlikdan hyech bir avliyoning karomati xalos etmaydi! «Senga yetgan yaxshilik Allohdandir, musibat esa o’zingdan»22 deyiladi Qur’oni karimda.
Alloh bergan ne’matlarning eng buyugi AQLdir, shu aql odamlarni maxluqlar orasida mukarram va musharraf qilgandir. Xudovandi taborak va taolo bizga aqlni haqni botildan, manfaatni zarardan ajrata olish uchun, nimaiki haq va foydali bo’lsa, ixtiyor etib, nimaiki zarar va botil bo’lsa, tark etish uchun bergan. Bas, sen aqlu donishning rahnamoligida foydaga erishsang, u foydani (aql bergan) Allohdan ko’r. Zero, foyda aql mahsuli bo’lib, uni Alloh senga baxshida etgandir. Agar aqlga xilof yo’lga yurib zarar ko’rsang, u zararni o’zingdan ko’r. Zero, sen Alloh rahnamo qilgan aqlga muxolif bo’lding va shundan zarar topding. Buni ifodalovchi oyati karima shudir: «Yaxshilik va taqvo qilganlar (ya’ni Alloh rizoligi yo’lida yurganlar)ga mukofotimizni ziyoda qilamiz, faqiru zalil qilmaymiz, ular jannat ahllaridan bo’ladilar. Va kufrga ketib, zulm qilganlar (ya’ni Alloh rizoligiga xilof yurganlar) jazolarini olurlar, faqiru zalil yurarlar, ularni Allohning g’azabidan hyech kim xalos qilolmaydi»23.
Albatga, ushbu masala xususida ko’plab oyat va hadislar keltirish mumkin, biz «xonada bo’lsa bir kas, unga bitta harf ham bas» maqoliga muvofiq shular bilan kifoyalandik. Qani, shundan keyin ham ko’hna raftorimizni davom ettiraversak, badbaxtlik va besaodatligimizdan kerakli ibrat ololmasak va Alloh rizoligi uchun yurmasak, nima bo’lar ekan?!
«Biz shaharlarning halok bo’lishini istaganimizda o’sha katta shaharlarga amrimizni yubordik, ular bizning farmonimizga amal qilmadilar, binobarin, bizning g’azabimizga mustahiq bo’ldilar. Bas, o’sha shahar va uning aholisini xarob qildik»24.
«Ko’p qavmlar mening rizoligimga xilof ish qildilar, muhlat berdim, shoyad tavba qilsalar deb, ular tavba qilmadilar. Keyin g’azabimga duchor qildim. Butun olamlar mening farmonimga tobe’dir. Aytgin, ey Muhammad, men sizlarni Allohning g’azabidan ogohlantirish uchun yuborilganman… »25
Yoki «Vaqti kelib Fir’avn qavmi g’azabimizni keltirgan edi, biz intiqom oldik va ularni batamom g’arq qildik, ularni bu olamdan yo’q qilib yubordik, sarguzashtlarini o’zlaridan keyin keluvchilarga ibrat qildik»26, — deyiladi muqaddas Kitobda. Bu oyati karimalardan ma’lum bo’ladiki, ilohiy amrga itoatsizlikning oqibati halokat ekan. Darvoqye’, islom olamining qaysi bir joyiga falokat yetgan bo’lsa, uning sababi ilohiy ahkomlarga tajovuz qilinganligidadir. Abbosiy xalifalar vaqtlarini isrofgarchilik va safohat27 bilan o’tkazmaganlarigacha mahv bo’lmagan edilar. Andalusiya (musulmonlari) nizo va nifoqni o’zlariga kasb qilib olmagunlarigacha salohiyatlaridan tushganlari yo’q edilar. Eronlilar Qur’on hukmlari chegarasidan chiqmagunlaricha davradan tushgan emas edilar. Hind musulmonlari islom haqoyiqlarini xurofot va bani Isroilning afsonalari28 evaziga fido qilmasa, majusiylardan ham battar holga tushmas edilar…
Axir insof va taammul29 qilib aytish kerakki, biz o’zimizni musulmon deb bilamiz-u, lekin islohot amrlarini ko’rib, bilib turib ko’plariga amal qilmaymiz, ilohiy hukmlardan kamoli beboshlik bilan chiqib ketamiz, ittifoqimiz yo’q, taqvo qilmaymiz; o’rtamizda o’zaro yordam yo’q, haq talabini bajarish yo’lida birga qadam bosmaymiz; riboxo’rlik30 qilamiz, sharob ichamiz, g’iybat va hasad qilamiz. Shariat man’ etgan barcha ishlarni qilamiz va (shuning uchun ham) axloqiy razilliklarga giriftormiz.
Vujudimizdagi shuncha nuqson bilan o’zimizni komil musulmon deb bilamiz, birov bizni bu insofsizliklardan man’ qilsa, uni kofir deymiz. Har nafasda 70 marta musulmonman, deb lof uramiz-u, xayolimizga esa, «bir komil musulmonchalik amal qilaylik» degan o’y kelmaydi.
Bir mulohaza qiling: musulmon kishi Alloh taoloning yagonaligiga, anbiyolarning nubuvvatiga, samoviy kitoblarga va qiyomat kuniga iymon keltirgan bo’lsa, ya’ni bularning barchasiga ishonsa, biz hammamiz bularning bariga iymon keltirganmiz, deydi. Ha, bilamiz, siz bularning barchasiga iymon keltirgansiz va arabcha «omantu billohi va maloikatihi» (ya’ni Alloh va uning maloikalariga iymon keltirdim)ni yaxshi uqib tushunasiz. Lekin afsuslar bo’lsinki, men sizning iymoningiz samarasini ko’rmayapman, ya’ni iymoningizga muvofiq amal qilmaysiz. Vaholanki, hazrati Payg’ambarimiz buyurganlar: «Iymonu amal bir-biri bilan yaqindir (vobastadir), biri ikkinchisiz to’g’ri bo’lmaydi» («Al-jome’ as-sag’ir»dan)31.
Shu masala yuzasidan yana bir misol keltiraylik. Siz Buxoroda mirshab borligiga va uning amriga xilof borgan har bir kishini hibsga olishiga shubhasiz ishonasiz. Endi qarang, shu mirshab «kechki vaqt uydan chiqmanglar», — deb buyruq bersa, siz mazkur hukmga qarshi kechqurun uydan chiqasizmi yoki yo’q? Albatta, chiqmaysiz. Zero, mirshab va hibsxonani haq deb bilasiz. Har kim uning hukmiga qarshi borsa, qamoq jazosiga mubtalo bo’lishiga ishonasiz. Musulmonlik lofini urib yurasiz-u, nazaringizda, yomon ko’ringan odamni kofirlikda ayblaysiz. Agar Haq taologa, qiyomatning haqligiga shu mirshabga va hibsxonaga iymon keltirgandek iymon keltirsangiz, agar ilohiy hukmlarga shu mirshab va hibsxonaga e’tibor berganchalik e’tibor qilsangiz, nega ilohiy amrlarga xilof ish qilasiz?!
Tarsam karasi ba Ka’ba ey a’robi,
K-in rah ki tu meravi ba Turkiston ast.
[Ey a’robiy, qo’rqamanki, bu yo’l bilan Ka’baga yetmassan, Bu seni eltayotgan yo’l Turkiston yo’lidir!]12.
Bandaning badbaxtligimiz sabablariga bag’ishlab aytgan shuncha ma’ruzasidan keyin muhtaram o’quvchilardan biron fikr chiqishiga shubha qilaman. Lekin bu xastaliklarimizga qarshi qanday chora ko’rish kerak? Bu xarobot va jahlu g’aflat girdobidan xalos bo’lib, taraqqiyot, saodat va tinchlikka erishmoq uchun nima qilmoq kerak? Bu xususda ham katta-katta ulamolarimizdan ba’zilari «ahli islom bu holatdan xalos topmaydi, zero bizning zamon — islom zaiflashgan oxir zamondir» deb aytadilar. Ulardan gaplariga dalil keltirishlarini so’rasak, darhol «kulli yavmin badtar» iborasini pesh qiladilar. Lekin biz ularning gaplariga quloq solmay, masala yechimini Qur’oni karimdan izlaylik.
«Ushbu Qur’on ikki dunyo saodatidan bayon qilguvchidir. Bu ochiq-oydin Kitobning dalolat va ma’vizalaridan33 bahra olganlar, ana o’shalar Allohdan qo’rquvchilardir. Sizga har bir musibat yetsa, o’zingizni haqir sanang (hisoblang, ya’ni o’zingizga ishonchsizlik qilmang, bee’tibor bo’lmang) va mahzun bo’lmang (xafa bo’lmang), agar Allohga iymoningiz komil bo’lsa (Qur’on amrlariga muvofiq amal qilsangiz) ikki karra saodati a’loga erishasiz»34. «Ey iymon keltirganlar, (mening tomonimdan) Payg’ambar keltirgan har bir amrni qabul qiling va sizlarga man’ qilingan narsalarga yaqin bormang, amri ilohiyga xilof ish qilishdan qo’rqingki, zero, Allohning azobi qattiqdir»35. Bu oyati karimalardan ma’lum bo’ladiki, agarda biz Qur’on hukmlariga amal qilsak, parishonlik va tarqoqlikdan Alloh rizoligi bilan xalos bo’lamiz.
Gapni muxtasar qilsak, bugun boshimizga kelgan falokat va badbaxtliklarning yagona sababi shuki, hikmatli hukmlardan va Qur’on natijalaridan uzoqlashib ketdik. Agar biz dunyo va oxirat saodati talabida bo’lsak, barcha g’arazli va fasod ishlarimizni bir tarafga qo’yib, samimiy qalb bilan unga mute’ bo’lib, Qur’on hukmlariga bo’ysunib, ijtimoiy hayotimizni shunga muvofiq tarzda tartiblaylik. Bandai ojizning kuchsizligi va bu (xabarlarni) bilmaganligidan yuqoridagi maqsad uchun Qur’on hukmlari va hadislarni jam’ qilib, shu varaqlardan bir risola tartib berdim. Agarchi bu risola (mening ojiz qalamimga mansubdir) e’tiborsiz bo’lsa ham, biroq Qur’on oyatlari va hadislardan iboratligidan arbobi diyonat nazariga tushadi, deb umid qilurman.
Men taniydiganlardan ba’zilari shu joyga yetganda kulib: «Sen xohlaganingni yozib, qudrating yetguncha dod-faryod qilsang ham Turkistonimizda sening so’zlaringga e’tibor beradigan odam topilmaydi», — deydilar. Bu birodarlarimga beradigan javobim ham Qur’oni karimdandir: «Kofir va gunohkorlar Qur’oni karim oyatlarini o’qib, uni tushunib, shundan keyin ham takabburlik qilib, (aytilganlarga) pisand qilmay quloqlarini kar qilib olsalar va shu gunohlarida (qattiq) turib olsalar, xabar berginki, ey Muhammad, ularga shiddatli azob bordir».
Fikrlarning inson taqdiriga ta'siri. Odamlar taqdiri haqida kitoblar
Odamlarni shartli ravishda ikki toifaga bo'lish mumkin: insonning oldindan belgilangan stsenariy bo'yicha yashashiga ishonadiganlar va har kim qaysi yo'ldan borishni tanlashiga amin bo'lganlar. Ko'pchilik insonning taqdirini belgilaydigan narsa, uni tanib olish va o'zgartirish mumkinmi yoki yo'qligi bilan qiziqadi, shuning uchun biz buni aniqlashga harakat qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |