z U
to,
O‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ish natijalariga ko‘ra yangi avtomobillar yoki o‘t oldirish tizimining yangi komplekti uchun yuqori kuchlanish bo‘yicha zaxira koeffitsienti Kz=1,5 dan kam bo‘lmasligi kerak.
O‘t oldirish daqiqasi. Bizga ma’lumki, porshen yuqori chekka nuqta (YUCHN) dan o‘tgandan keyin gaz bosimi mumkin qadar katta bo‘lishini ta’minlash maqsadida yonilg‘i aralashmasini o‘t oldirish, siqish taktining oxirida, ya’ni porshen YUCHN ga yetib bormasdan amalga oshiriladi. Chunki, yonilg‘i aralashmasining yonish jarayoni bir lahzada sodir bo‘lmasdan, balki ma’lum vaqt (bir necha millisekund) davom yetadi. Dvigatelning quvvati, tejamli ishlashi, ishqalanuvchi qismlarining yeyilishi va chiqindi gazlarning zaharliligi ko‘p jihatidan sham elektrodlari orasida uchqun hosil bo‘lish, ya’ni o‘t oldirish daqiqasiga bog‘liq bo‘ladi. Dvigatelning har bir ish rejimi uchun uning eng yaxshi ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi optimal o‘t oldirish daqiqasi mavjud bo‘ladi. U tirsakli valning silindrga uchqun berilgan ondagi holatidan porshen YUCHN ga borgungacha buralgan burchagi bilan ifodalanadi. Bu burchak o‘t oldirishning ilgarilatish burchagi deb ataladi.
Silindrlardagi bosimni o‘t oldirishning ilgarilatish burchagiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi ko‘rsatilgan 5.1-rasmda. Yonilg‘i me’yoridan ertaroq o‘t oldirilsa (1- egri chiziq, o‘t oldirishning ilgarilatish burchagi katta), yonish jarayonining deyarli hammasi siqish taktida sodir bo‘ladi va porshen YUCHN ga gazlar bosimi keskin oshishi, ya’ni katta qarshilikni yengish sharoitida harakatlanadi. Natijada, dvigatelning quvvati va tejamliligi pasayadi, chiqindi gazlar zaharliligi ortadi. Dvigatel qizib ketadi va detonatsiya shovqinlari paydo bo‘ladi (1 - egri chiziqdagi "tishchalar").
Aksincha, agar yonilg‘i me’yoridan kechroq o‘t oldirilsa (3 - egri chiziq, o‘t oldirishning ilgarilatish burchagi kichik), yonish jarayoni asosan kengayish taktida sodir bo‘ladi. Natijada, yonilg‘i yonib ulgurmaydi,
gazlarning bosimi zarur qiymatga erisha olmaydi, dvigatel quvvati va tejamliligi pasayib ketadi. Chiqindi gazlarning temperaturasi oshib, dvigatelning qizib ketish hollari kuzatiladi.
Yonish jarayoni me’yorida bo‘lishi uchun o‘t oldirishning ilgarilatish burchagi eng manfaatli qiymatga ega bo‘lishi kerak (2- egri chiziq). Dvigatel maksimal quvvatini avj oldirishi uchun silindrdagi gaz bosimining eng katta qiymati porshen YUCHN dan o‘tgandan keyin, tirsakli valning 10-150 ga burilgan holatiga to‘g‘ri kelishi kerak.
O‘t oldirishning ilgarilatishni eng manfaatli burchagi turli dvigatellar uchun 28-450 chegarasida bo‘ladi. Uning qiymati tirsakli valning aylanish chastotasiga, yuklamaga, ishlatilayotgan yonilg‘i tarkibiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi . Masalan, tirsakli valning aylanish chastotasi ortishi bilan yonish kamerasidagi yonilg‘i aralashmasi yonishi uchun ajratilgan vaqt kamayib boradi va demak, o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini orttirish kerak.
Dvigatel yuklamasi ortishi bilan drossel to‘siqchasi kattaroq ochiladi va silindrlarga so‘rilayotgan yonilg‘i aralashmasining miqdori va uning yonish tezligi ortadi. Bu esa o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini kamaytirilishini talab qiladi. Aksincha, yuklama kamayganda drossel to‘siqchasi kamroq ochiladi va silindrlarga kirayotgan yonilg‘i miqdori kamayadi, uning yonish tezligi sekinlashadi va demak, o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini orttirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |