Mavzuning predmeti: basketbolchilarni mashg’ulotlarda maxsus mashqlar foydalanish orqali amalga oshirishda harakatli o’yinlarni qo’llash, ularni o’quvchilarda jismoniy sifatlar, ko’nikma va malakalarni shakllantirish sharoitidagi faoliyati. Yosh basketbolchilar bilan o’tkaziladigan umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun vosita, uslublar tayyorlandi va nisbati aniqlandi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari basketbolning tehnik-taktik ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yordam beradi
1. Harakatli o’yinlar haqida umumiy tushuncha
Harakatli o’yinlarni to’plash va ularni hayotga tadbiq etish, ulardan oqilona foydalanish bugungi kunda oldimizda turgan ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muhim vazifa bo’lib hisoblanadi. Ushbu vazifa yosh avlodni sog’lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy tarbiya oldida ham katta mas’uliyat yuklaydi. Yoshlarni har tomonlama jismonan baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, o’quvchilar jismoniy sifatlarini rivojlanishiga qaratilgan bu muammoni umumta’lim maktab qo’uvchilari jismoniy madaniyatini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga bir-biriga bog’lab kelgan uzviylikda ko’rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda harakatli o’yinlarni roli kattaligini qayta-qayta ta’kidlab o’tmoqchimiz. Shuning uchun xalqimizning asrlardan asrlarga o’tib kelayotgan milliy o’yinlarini avaylab-asrab, keyingi avlodga yetkazish yo’llarini izlab, ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir.
Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning eng ta’sirchan usullaridan bo’lib, o’quvchilarda aqliy, axloqiy va nafosat tarbiyasini birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. Shuning uchun bolalar o’yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning xatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor berish zarur. 11-12 yoshli basketbolchilarda umumiy va maxsus jismoniy tarbiyani qiziqarli va foydali o’tkazish uchun biz tavsiya etayotgan ba’zi harakatli o’yinlardan foydalanishda ham xudi shu xususiyatlarga e’tibor berish kerak.
Harakatli o’yinlar o’quv-trenirovka mashg’ulotlarida yordamchi vosita sifatida qo’llaniladi. Chunki o’yin shug’ullanuvchilarda qiziqishni oshiradi, ularga zavq bag’ishlaydi, ish qobiliyatini tezroq tiklanishini ta’minlaydi. O’yin tufayli charchashni unutadilar, trenirovka mashg’ulotlarini diqqat bilan bajaradilar (A.Sh.Qosimov).
Hamma o’yinlar shug’ullanuvchilar organizmiga kompleks ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham o’yinlarga umumiy jismoniy ta’sir ko’rsatuvchi mashq sifatida rivojlantiruvchi vosita bo’lib hisoblanadi.
XIX asrda V.G.Belinskiy, N.G.Chernishevskiy, N.A.Dobrolyubov va D.N.Pisarevlar Rossiyada o’quv-tarbiya ishlarida, jumladan, jismoniy tarbiyada harakatli o’yinlardan keng ko’lamda foydalanish lozimligini aytganlar. Ular harakatli o’yinlarga xalqning sog’lig’ini mustahkamlash va har tomonlama tarbiyalash vositasi sifatida qaraganlar.
G.V.Plexanov jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayonida mehnat o’yindan yuqori tursa ham, lekin bola hayotida o’yin faoliyati mehnatdan oldin ekanligini birinchi bo’lib isbotlab bergan edi.(15,17)
P.F.Lesgaft o’zining jismoniy mashqlar sistemasida o’yinlarni jismoniy tarbiya vositasi sifatida ifodalaydi. U o’yin yordamida hayotga tayyorlanishini aytadi. P.F.Lesgaftning harakatli o’yinlarni yotkazish uchun qo’ygan talablari hozirgi paytgacha o’z qimmatini yo’qotgani yo’q; chunonchi, u har bir o’yin oldiga aniq maqsadlar qo’yishi, o’tkazilayotgan o’yinlar qatnashuvchilarning kuch va qobiliyatlariga mos kelishi, o’yin shug’ullanuvchilarga ijobiy emosional ta’sir ko’rsatishi lozimligini, o’yinlarni sistemali tarzda va muntazam ravishda o’tkazish, qatnashuvchilarning aktivligi va mustaqilligini oshirishga harakat qilish zarurligini o’qtirgan edi.
N.K.Krupskaya o’yinlar bola hayotida katta rol o’ynashini ta’kidlab, shunday degan edi: «Bolalar faqa to’qish mobaynida o’sib qolmay, balki o’yin jarayonida ham o’rganadilar, ular uyushishni o’rganadilar, hayotni tushunishni o’rganadilar». N.K.Krupskayaning fikricha, ishni shunday tashkil qilish kerakki, o’yinlar yosh avlodni tarbiyalashga yordam bersin. O’yinlar har xil bo’ladi. Ba’zi o’yinlar borki, ular bolalarda qo’pollikni, maqtanchoqlikni, kekkayishni va boshqalarni o’stiradi. Shunday o’yinlar borki, ular o’z o’rtog’iga yordam berish, chidamli bo’lish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.(35,36)
A.S.Makarenko o’yinlar bolalar va yoshlarni mehnatga tayyorlaydi, deb hisoblardi. Uning fikricha, kattalar hayotida mehnat qanday ijobiy rol o’ynasa, bolalar hayotida ham o’yin shunday katta ahamiyatga ega. A.S.Makarenko maxsus ish harakatlariga o’xshash harakatlarni talab etuvchi o’yinlarni birinchi o’ringa qo’yar edi.
Harakatli o’yinlar, estafeta o’yinlari maktab sport seksiyasida yetakchi o’rin olishi kerak.
Harakatli o’yinlar basketbol, basketbol, futbol, qo’l to’pi va boshqa seksiyalarda ko’proq qo’llanadi. Shuningdek, gimnastika, yengil atletika va suzish seksiyalarida ham harakatli o’yinlardan foydalaniladi.
Seksiyalarda har xil o’yinlardan muntazam ravishda o’rinli foydalanish o’quvchilarning jismoniy barkamolligiga, ulardagi malakalarning takomillashuviga katta yordam beradi. O’quvchilarda zaruriy jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun jismoniy tarbiya darslarida ilgari o’rganilgan o’yinlarni yangi qoidalar asosida yangi variantlarda o’tish lozim.
Seksiyalar ishida harakatli o’yinlardan keng foydalanishda bolalarning yosh xususiyatlarini, shuningdek, mahalliy va mavsumiy sharoitlarni aniq hisobga olish kerak. Uncha tayyorgarlik ko’rmagan kichik maktab yoshidagi qo’uvchilarga juda ko’p va xilma-xil o’yinlar o’rgatiladi.
Yaxshiroq tayyorgarlik ko’rgan gruppalarda o’yinlar kamroq o’tkaziladi. O’zbekistonda bahor, yoz va kuz paytlarida Ayniqsa, basketbol, basketbol, qo’l to’pi, tennis va yengil atletika seksiyalari ishlab turishi, bunday vaqtlarda «Chillak», «Qoziq», «Kamalak», «Oq tosh» singari milliy va rus xalq o’yinlaridan foydalanish lozim.
Har xil harakatli va sport yo’sinidagi o’yinlardan, shuningdek, yengil atletika mashqlaridan foydalanishda qo’uvchilarda musobaqalarga qiziqish uyg’otish g’oyat foydalidir.
O’quvchilar ko’pincha o’yinga berilib ketib, uni o’zgartiradilar, eski qoidalarni yig’ishtirib qo’yib, yangilarini o’ylab chiqaradilar, maqsadga erishish yo’lini qiyinlashtiradilar va shu tariqa yangi o’yinni vujudga keltiradilar. Ana shuning uchun o’yinlarni takrorlashdan (ayniqsa bolalarning istagi bilan bog’liq hollarda) sira erinmaslik kerak.
2. Basketbolda texnik o‘yin usullarining tahlili va tasnifi
1.O‘yin texnikasi – bu, musobaqaning aniq vazifalarini muvaffaqiyatliroq hal qilishga imkoniyat beradigan usullar yig‘indisidir. «Texnika usuli» termini ostida, deyarli bir xil o‘yin topshirig‘ini bajarishga yo‘naltirilgan va tuzilishi bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan harakatlar tizimi tushiniladi. U yoki bu usul qo‘llaniladigan shart - sharoitlarning xilma - xilligi har bir usulni bajarish uslublarining shakllanishi va takomillashishiga qiziqishni kuchaytiradi.
Bu usul, avvalo, asosiy harakatlantiruvchi tuzilmaning kinematik, dinamik va ritmik tuzilmaning barqarorligi bilan tavsiflanadi.
Shunday qilib, rivojlanishning har bir davridagi sportchi texnikasi - bu o‘yinchiga qoidalar doirasidan chiqmay, kurashning og‘ir vaziyatlarida muvaffaqiyatli harakat qilishga imkon beradigan eng samarali, amalda sinalgan vositadir. Bir lahzada vujudga keladigan o‘yin holatlarida eng yaxshi natijalarga erishish uchun basketbolchi har xil texnik usullar va usullarning hammasini egallashi, eng to‘g‘ri keladigan usulni yoki usullarni tanlay olishi, ularni tez va aniq bajarishi kerak. Yuqori texnik mahorat belgilari:
1.berilgan o‘yin topshiriqlarini va himoyaning ikki – uch eng yaxshi egallagan usuli bilan qo‘shilishida mukammal bajarish uchun usul va usulning eng maqbul hajmini erkin egallash;
2.ko‘rsatilgan usullarning aniq va samarali bajarilishi;
3.halaqit beradigan omillar ma'lum darajada toliqish, ruhiy, keskinlik, og‘ir tashqi sharoit va hokazolar ta'sirida usullarning bajarilishi barqarorligi;
4.raqib qarshi harakatining aniq shakllariga qarab texnik usullar (fazalarini) qismlarini boshqara olish;
5.usullarning bajarilishining ishonchliligi, bu ko‘p kunlik musobaqa davomidagi yuqori aniqlik va samaradorlik bilan, u o‘yindan bu o‘yingacha salbiy ta'sir etuvchi og‘ishlarsiz aniqlanadi.
Basketbol uyini texnikasini bir tartibda o‘rganish uchun uning tasnifidan foydalaniladi.
Texnika tasnifi - bu ma'lum belgilar asosida uning hamma uslub, usullarini bo‘limlar va guruhlar bo‘yicha teng huquqli taqsimlashidir. Shunday belgilar qatoriga, eng avvalo, sport kurashidagi usulning nimaga mo‘ljallanganligi belgilanishi (savatga hujum qilish yoki himoya qilish uchun), harakat qanday bajarilishi (to‘p bilan yoki to‘psiz), shuningdek, uning kinematik va dinamik tuzilishi xususiyatlari kiradi.
Basketbol o‘yini ikki bo‘limdan tashkil topgan turli texnik usullar yordamida o‘tkaziladi. Bu – hujum texnikasi va himoya texnikasi. Har bir bo‘lim hujum va himoyada qo‘laniladigan texnik usullarning guruhlaridan tashkil topadi. Usul guruhlari ularning har xil yo‘llar bilan bajarilishini o‘z ichiga oladi. Oyoqlarni to‘g‘ri ishlata bilish va chalg‘itish usullari ikkala bo‘limga ham qarashlidir. Usullarning ayrim bajarilish yo‘llari, o‘z navbatida, bajarilish tavsifiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, usulni bir joyda turib, harakatda bo‘lganda yoki sakraganda bajarish mumkin. Tavsiya qilinayotgan tasnifnomasida chalg‘itishlarga mustaqil joy ajratilmaydi, chunki chalg‘itish - bu aniq usulning faqat bir qismini (masalan, to‘pni uzatib berishda qo‘l ko‘tarish), (savatga otish paytida mo‘ljallash), raqibda xato tushunchasi tug‘dirish maqsadi bilan o‘yinchi tomonidan bajarilishi va undan foydalanib, boshqa usulni samarali qo‘llash uchun qulay holatga yerishishdir.
O‘yin texnikasi tavsifining asosiy tuzilishi quyidagi ko‘rinishda berilishi mumkin:
- texnika bo‘limi – hujum texnikasi;
- texnika guruhi – to‘pni egallash texnikasi;
- usul – to‘pni savatga otish;
- bajarish usuli – yuqoridan bir qo‘llab to‘pni savatga otish shakllari;
– gavdani orqaga tashlab (og‘ishtirib);
- bajarish shartlari – to‘xtagandan keyin, sakrab o‘rtacha masofadan
to‘pni savatga otish.
Basketbol texnikasi tasnifi shunday chizma bo‘yicha tuzilgan.
2.Hujumda qo‘llaniladigan texnik usullarga-to‘pni ilish va uzatish, uni yerga urib olib yurish, savatga otishlar, chalg‘itishlar kiradi. Ular maydonda harakat qilish, to‘xtashlar va burilishlar kabi usullar bilan birgalikda bajariladi. Hamma usullarni bajarish eng qulay va mustahkam dastlabki holat – turish holatidan boshlanadi. Turish holatini egallash uchun basketbolchi oyoqlarini yelka kengligida bir – biriga yonma-yon qilib, bir chiziqda yoki bir oyog’ini oldinga chiqargan holda yerga qo‘yishi lozim. Bunda oyoqlar bukilgan, gavda biroz oldinga egilgan, uning og‘irligi oyoqlarga barobar taqsimlangan, qo‘llar to‘pni ilish va ushlab turish uchun qulay holda ko‘krak oldida bukilgan bo‘lishi kerak. To‘p keng yoyilgan barmoqlar bilan kaftlarga to‘liq tekkizilmagan holda tutib turiladi.
Basketbolchi yurish, sakrash, to‘xtash va burilish yordamida maydonda harakat qiladi. Bu guruh usullari oyoqlarning to‘g‘ri ishlashiga asoslanadi. Basketbolchilarning maydonda qilayotgan harakati har doim bajarayotgan ishiga qarab o‘zgarib turadi. Basketbolchi qadamlab, yugurib, sakrab-sakrab, to‘g‘ri, qiyalab, yoysimon, ilon izi chiziqlar bo‘ylab harakat qiladi.Yu r i sh o‘yin davomida boshqa usullarga nisbatan kam qo‘llaniladi. Bu usul, asosan, turish holatini o‘zgartirish maqsadida ishlatiladi. Basketbolchi maydonda tizzalari biroz bukilgan holda harakat qiladi.Yu g u r i sh maydonda harakat qilishnig asosiy usuli hisoblanadi. Bu usul og‘irlikni oyoqning butun kaftiga qo‘yib yoki uni tovondan oyoq uchiga o‘tkazib, oyoqlarni odatdagidan birmuncha ko‘proq egib, yumshoq qadamlar bilan bajariladi. Tezlanishlarni va keskin yugurishlarni bajarish uchun qisqa qadamlar bilan oyoq uchida yuguriladi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |