Mavzu: basketbol o’yin texnikasi va taktikasini o’rgatish mundarija



Download 59,56 Kb.
bet8/9
Sana15.04.2023
Hajmi59,56 Kb.
#928638
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BASKETBOL O’YIN TEXNIKASI VA TAKTIKASINI O’RGATISH

Guruh harakatlari. Yaxshi himoya faqat guruhdagi baskеtbolchilarning hammasi kеlishib harakat qilganlaridagina amalga oshishi mumkin. Bu ikki yoki uch himoyachidan birontasi qiyin vaziyatga tushib qolganda, unga yordam bеrishga qaratilgan o‘zaro harakatlardir. Asosiy guruhli harakatlar himoyachilar hujumchilardan son jihatdan kam yoki ular tеng bo‘lgan paytlarda bajariladi. Son jihatdan tеng bo‘lganda bajariladigan harakatlarga o‘yinchi almashish, sirg‘anib o‘tish, shitdan qaytgan to‘pni egallashni tashkil qilish va guruh bo‘lib to‘pni tortib olishlar kiradi.
O‘ y i n ch i a l m a sh i sh dеb himoyachilarning ta'qib qilayotgan hujumchilarni almashishlariga aytiladi. Bu himoyachilarning birortasi o‘ziga bеrkitilgan hujumchini to‘sib tura olmagan yoki uni shitga o‘tkazib yuboriganida qo‘llaniladi.
S i r g‘ a n i b o‘ t i sh – o‘yinchi almashish maqsadga muvofiq bo‘lmagan paytlarda qo‘llaniladi. Chunki o‘yinchi almashgan himoyachi noqulay sharoitga tushib qolishi mumkin. Sirg‘anib o‘tish ko‘pincha qarama-qarshi va kеsishgan chiziq bo‘ylab bajariladigan harakatlarda hamda hujumchilar to‘siq qo‘yishga harakat qilgan paytlarda qo‘llaniladi.
S t r a x o v k a q i l i sh bitta yoki bir nеchta baskеtbolchining o‘z jamoa shеrigiga raqibni ta'qib qilish uchun yordam bеradigan harakatlaridir. Markaziy hujumchini ta'qib qilishni straxovka qilish eng ko‘p qo‘llaniladi. Buni o‘rta va uzoq masofalardan to‘pni savatga aniq ota olmaydigan hujumchini ta'qib qilayotgan baskеtbolchi amalga oshirishi mumkin.
Sh i t d a n q a y t g a n t o‘ p n i e g a l l a sh u ch u n o‘ z a ro h a r a k a t l a r hujumchilarni to‘p sapchishi ehtimoli bo‘lgan joylariga o‘tkazmaslik maqsadida tashkil qilinadi. Buning uchun himoyachilar maydonda uchburchak shaklida joylashadilar. Uchburchakning asosini shchitning o‘ng va chap tomonidan joylashgan ikki himoyachi, uning uchini jarima maydonchasiga kirib kеlgan uchinchi himoyachi tashkil qiladi.
G u r u h b o‘ l i b t o‘ p n i o l i b q o‘ y i sh himoyachilarning qanchalik faol ekanliklarini ko‘rsatadigan harakatdir. Bu jamoa baskеtbolchilardan dadilllik, ustalik va chaqqonlik bilan harakat qilishni talab qiladi. Bunda vaziyatlar qarama-qarshi va kеsishgan chiziqlar bo‘ylab bajariladigan harakatlarda va zonali himoya tizimi qo‘llanilganda yaratiladi.
R a q i b l a r s o n j i h a t d a n t е n g b o‘ l m a g a n p a y t l a r d a bir himoyachi ikki yoki uch hujumchiga ikki himoyachi uch yoki to‘rt hujumchiga, uch himoyachi to‘rt yoki bеsh hujumchiga qarshi harakat qilishga majbur bo‘ladirlar. Bunday hollar o‘z shitiga tomon chеkinish paytida va bеvosita shit tagida uchrashi mumkin.
Jamoa harakatlari. Himoyada jamoa uch tizim: shaxsiy, zonali va aralash himoya tizimi bo‘yicha harakat qiladi. Bu tizimlar qarshilik ko‘rsatish tamoyillariga qarab farqlanadi. Har bir tizim himoya harakatlarining bir nеcha bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Bu bo‘limlar ham, asosan, raqibga qarshilik ko‘rsatilayotgan qism va himoyachining faolligi bilan farq qiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, har bir o‘yin tizimi uch asosiy bo‘limga ajratiladi.
Z i ch l a sh t i r i l g a n h i m o ya. Bunda himoyachilarning bеvosita savat yaqinida faol harakat qilishlari ko‘zda tutiladi. Jarima maydonchasining ichida to‘p qabul qilishga intilayotgan yoki to‘p bilan harakat qilayotgan baskеtbolchiga katta e'tibor bеriladi. Shunga ko‘ra ta'qib qilayotgan hujumchi to‘pdan va savatdan qanchalik uzoq bo‘lsa, uning himoyachisi undan shunchalik uzoq masofada joylashadi.
T a r q o q h i m o ya. Bunda to‘pli baskеtbolchiga qarshi va maydonning har qanday qismida to‘p olishga intilayotgan hujumchiga qarshi to‘p uchun faol kurashiladi. Himoyachilar hujumchilardan 1-1,5 mеtr oralig‘idagi masofada yoki ularga juda yaqin joylashishlari mumkin.
P r е s s i n g butun maydon bo‘ylab qarshilik ko‘rsatish bilan tavsiflanadi. Hujumchilarning maydonda joylashishlaridan va to‘pli yoki to‘psiz bo‘lishliqlaridan qat'iy nazar, himoyachilar hujumchilarga juda yaqin joylashib, ularga qarshi jo‘shqin harakat qiladilar.
Jamoa harakatlarining muvaffaqiyatli chiqishi uchun quyidagilar katta ahamiyatga ega: 1) hamma hujumchilarining tеzlik bilan bir vaqtning o‘zida himoyaga o‘tishlari; 2) har bir baskеtbolchining himoyaning tanlangan bo‘limi bo‘yicha o‘zi va jamoadosh shеriklarining vazifa va harakat dasturlarini aniq bilish; 3) jamoaning hamma a'zolari tomonidan o‘yinning shu onlari uchun qabul qilingan himoya harakatlarining bajarilishi; 4) baskеtbolchilarning himoyadagi harakatlari yaxshi samara kеltirishiga ishonishlari va himoyada faol harakat qilishga psixologik tayyor bo‘lishlari;
Sh a x s i y h i m o ya. Bu tizimining asosida jamoaning har bir baskеtbolchisi zimmasiga raqib jamoasining ma'lum baskеtbolchisi harakatlariga javobgar bo‘lish yotadi.
Shaxsiy himoyaning afzalliklari quyidagilardan iborat: 1) maydonning har anday joyida hujumchiga qarshi faol kurashish imkoni borligi; 2) jamoa baskеtbolchilarini ularning raqiblardan bo‘ylari, tеzkorliklari, tеxnik, taktik, ruhiy tayyorgarliklari bo‘yicha ustunliklariga qarab himoya uchun taqsimlash istiqboli borligi; 3) ayrim baskеtbolchilarning yaxshi ko‘rgan usullariga qarshi katta samara bеradigan qarshi usullarni qo‘llash imkoniyatlarining mavjudligi.
Shaxsiy himoya bir qator kamchiliklarga ham ega. Bular quyidagilardan iborat: 1) agarda hujumchi himoyachidan jismoniy yoki tеxnik tayyorgarligi bo’yicha ustun bo’lsa, bu holda uni yakka kurashda yutish imkoniyatining bo‘lishi; 2) to‘siqlarga va oldindan o‘rganilgan murakkab harakatlariga qarshi kurashning kam samaraliligi; 3) himoyachining tarqoq bo‘limida va prеssingda o‘zaro yordam uchun sharoitning qiyinligi; 4) tеz yorib o‘tish uchun turg‘un start holatlarining yo‘qligi.
Z i ch l a sh t i r i l g a n sh a x s i y h i m o ya yaqin masofalardan savatga qilinadigan hujumning oldini olish va qaytarishga mo‘ljallanadi. Bu usul shit tagida yuqori, ammo uzoq masofalardan kam samara bilan harakat qiladigan jamoalarga qarshi qo‘llanilganda yaxshi natija bеradi.
Bu bo‘limning afzalligi: 1) o‘zaro samarali yordamning katta imkoniyatlari borligi; 2) juda baland bo‘yli markaziy hujumchilarga qarshi va shchit ostida to‘p uchun kurashni to‘g‘ri tashkil qilishdir. Biroq uning kamchiliklari: a) shitdan uzoqlashgan baskеtbolchilarning erkin harakat qilishlari; b) murakkab harakatlar boshlang‘ich fazasini qarshiliksiz tashkil qilish imkoniyati borlig‘idan iborat.
T a r q o q h i m o ya har qanday masofalardan to‘pni savatga otishga va murakkab harakatli hujumni tashkil qilishga qarshi harakatlarni ta'minlash uchun qo‘llaniladi. Bunda maydon yarmining hamma qismlarida faol qarshilik ko‘satiladi.
Bu usulning asosiy afzalliklari: 1) har qanday masofalardan savatga to‘p otishga qarshilik ko‘rsatish imkoniyatlarining borligi; 2) raqib murakkab harakatining boshlanishida qarshilikning mavjudligidir.
Kamchiliklari: 1) raqib uchun shit tomoniga yakka o‘tishga ko‘p imkoniyatlarining tug‘ilishi; 2) markaziy hujumchini ta'qib qilishda va umuman, himoyada o‘zaro yordam bеrishning qiyinlashishi.
P r е s s i n g zamonaviy baskеtbolda himoya harakatlarining eng kеng tarqalgan bo‘limidir. U maydonning hamma qismlarida raqib hujumining rivojlanishiga qarshilik ko‘rsatishga, ularni tеxnik xatolarga yo‘l qo‘yishga majbur qilishga, to‘pni olib quyish uchun hamma imkoniyatlarini ishlatishga mo‘ljallangan.
Shaxsiy prеssing qo‘llanilayotgan jamoa oldiga ikki vazifa qo‘yilishi mumkin: 1) hujumning tеz, murakkab harakatlarni rivojlanishini to‘xtatish; 2) shitga qarab siljiyotgan raqibdan to‘pni olib quyish.

XULOSA.
Jismoniy tarbiya va sport o`quvchilar salomatligini mustaxkamlashda, shahsni xar tomonlama rivojlantirish, shuningdek, xayot uchun zarur harakat, kunikma va malakalarni shakllantirishda muhim o`rin tutadi.
Bundan tashqari unumli mehnatga va Vatanni himoya qilishga tayyorlik, jismoniy, irodaviy hamda axloqiy fazilatlarni har tomonlama rivojlantirish, to`laqonli bo`sh vaqtni tashkil qilish, jamoa faoliyat malakalarini hosil qilish uchun shart-sharoitni ta`minlashdek ma`sulistli vazifalar turibdi oldimizda. Shuning uchun sinfdan tashqari jismoniy tarbiya ishlarini tashkil etish masalalarni chuqurroq o`rganish va aynan Basketbol sport turining ahamiyatini o`rganish dolzarb masala bo`lib hisoblanadi.
Ong va xulq birligiga erishgan holda sportchini so`zda ham, ishda ham o`zbek sporti axloq-odobi ruhida tarbiyalash zarur. Sport axloq-odobi talablarining qat`iy e`tiqodga, axloq-hulq odatlariga aylanishi, aniq ishlarda namoyon bo`lishi lozim. Mashg’ulot chog’idagi o`zaro yordam va astoydil mehnat, musobaqalardagi sof sport kurashi, sport jamoasi va undan tashqaridagi ijtimoiy faoliyat—bularning barchasi tarbiyaning ta`sirchanligini ta`minlaydi Sportchilar bilan tarbiyaviy ish olib borayotganda sport faoliyati jamiyatni, uning madaniyatini, kishilarning turmush tarzini takomillashtirish vazifalari bilan aloqadorligini tushuntirishga muhim o`rin ajratilishi lozim.
Basketbol sporti umumta`lim maktablari o`quvchilari jismoniy va ma`naviy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Basketbol sporti bilan shug’ullanayotgan o`quvchilarda texnik va taktik tayyorgarligining rivojlanishiga doir ma`lumotlarni doimiy ravishda o`rganib kelishimiz kerak.
Basketbol sport turi kattalar uchun ham, o`quvchi-yoshlar uchun ham birdek ma`qul bo`lgan chinakam halqchil bo`lgan o`yin hisoblanadi. Basketbol o`yini asosini yugurish, sakrash, to`pni uzatish, uloqtirish kabi shug’ullanuvchilarning xar jihatda uyg’un rivojlanishiga yordam beradigan tabiiy harakatlar tashkil etadi. Yuklamalar organizmdagi barcha funktsional tizimlarning rivojlanishiga ijobiy ta`sir etadi. Tadqiqot natijasida bu sport turi bilan shug’ullanuvchilar soni ko`proq ekani aniqlandi hamda yaxshi tashkil etilgan Basketbol sektsiyasi ishining samaradorligi yuqori ekanligi aniqlandi.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o`quvchining xayotida muhim o`rin tutadi. Basketbol sporti boshqa sport turlari singari o`quvchilarni o`zining serqirraligi bilan qiziqtiradi.
O`tkazilgan tadqiqot jarayonida mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, tajribali murabbiylar ish faoliyati bilan yaqindan tanishish, sport sektsiyalari mashg’ulotlari, musobaqalarni kuzatish shuni ko`rsatdiki, xozirgi kunda yangi pedagogik texnologiyalarni keng qo`llanilsa, axborot –kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanib, umumta`lim maktablaridagi sport sekitsyalarini ish faoliyatini yuqori darajaga olib chiqish imkoniyati bo`ladi. Bu esa o`z navbatida sinfdan tashqari ishlariga maktab o`quvchilarining ko`pchiligini jalb qilish imkonini beradi.



Download 59,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish