T.K 4 Ijtimoiy faol fuqarolik biologiya fanining ilmiy-amaliy soha ekanligini, uning inson va tabiatdagi ahamiyatini anglash, biologiya fani o‘rganadigan obyekt ustida kuzatish va tajribalar olib borish..
II. FK-fanga oid kompetensiyalar
1. FK2-biologik obyekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o‘tkazish kompetensiyasi
3. FK3-sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiy
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1. Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
Darsning texnologik xaritasi
|
Darsning borishi
|
45 daqiqa
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
13 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5
|
Uyga vazifa
|
1 daqiqa
|
6
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
0‘simliklar, ayniqsa, urug‘lar tarkibida (uning turiga qarab) har xil miqdorda suv, mineral tuzlar va organik moddalar (kraxmal, shakar, moy va oqsil moddalar) bo‘ladi. Bu organik moddalar o‘simliklaming qaysi qismida qanday hosil bo‘ladi, degan savol tug‘iladi. Olimlar ko‘pgina tajriba- lar asosida organik moddalar barg etining hujayralarida va o‘simliklaming boshqa yashil organlari hujayralarida hosil bo‘lishini aniqlashgan.
0‘simliklarda quyosh nuri ta’sirida va xlorofill donacha- lari ishtirokida anorganik moddalardan organik moddalar hosil bo‘lishi va havoga kislorod ajralib chiqish jarayoni fotosintez deyiladi. Fotosintez - yunoncha so‘z bo‘lib, «fo- tos» - yorug‘lik va «sintez» - qo‘shish, birlashtirish degan ma’noni anglatadi.
Ijodiy faoliyatining asosiy qismini yashil o‘simliklardagi fotosintez jarayonini o‘rganishga bag‘ishlagan va fanga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan rus olimi A. Timirya- zevdir. U o‘zining «Quyosh, hayot va xlorofill» nomli kitobida fotosintez jarayonini asoslab bergan.
X lorofill donachalari ishtirokida hosil bo‘lgan organik moddalar suvda eriydi. Ular barg eti hujayralaridan tomirlarni elaksimon naylariga o‘tadi va ular orqali hamma organlarga - gul, urug‘, meva va ildizga tarqaladi. 0‘simlik organlarining hujayralari shu organik moddalardan oziqlanadi. Ortiqcha organik moddalar urug‘, meva, ildiz va boshqa organlarning g‘amlovchi to‘qimalarida to‘planadi.
0‘simliklarga yorug‘lik, harorat, suv, mineral tuzlar va karbonat angidrid gazi qancha yetarli bo‘Isa, organik moddalar shuncha ko‘p hosil bo‘ladi. Ularda organik moddalar qancha ko‘p bo‘lsa, hosili shuncha mo‘l bo‘ladi. 0‘simliklardagi mazkur qonuniyatga amal qilinsa, ulardan yuqori hosil olish mumkin. Ana shuni yaxshi bilgan dehqonlar issiqxonalarda zarur sharoitni sun’iy ravishda yaratib, yuqori hosil yetishtirmoqdalar. Hatto qish oylarida ham issiqxonalarda elektr nuri orqali qo‘shimcha yorug‘lik, harorat va mineral tuzlar berib, sabzavot, poliz ekinlari va har xil gullami o‘stirmoqdalar. Demak, har qanday o‘simlikni ekkanda iming yorug‘likka bo‘lgan talabini inobatga olish zarur.
Mustahkamlash.
Uyga vazifa yuqoridagi tajribani uyda bajarib ko’rish va rasmini ish daftariga chizib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |