Mavzu: Bankni tugatish tartibi va uning bosqichlari



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
Sana10.11.2022
Hajmi0,87 Mb.
#863363
Bog'liq
OʻZBEKISTON RES-WPS Office



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MOLIYA INSTITUTI
BANK HUQUQI FANIDAN MUSTAQIL ISH
Mavzu: Bankni tugatish tartibi va uning bosqichlari
Guruh: SBIA-91/21
Bajardi: Suyunov Diyorbek
Qabul qildi: Jumayev M
Toshkent – 2022


Reja:
1.Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish.
2.Ixtiyoriy tugatish.
3.Majburiy tugatish.
4.Tugatish komissiyasining vakolatlari
Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish
Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish ixtiyoriy yoki majburiy (Markaziy bank
tomonidan litsenziya chaqirib olinganda) shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish uchun:
bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishining bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarori;
Markaziy bank boshqaruvining bankni majburiy tugatish haqidagi qarori asos boʻladi. Bankning
faoliyatini tugatish va bankni tugatish, shu jumladan ixtiyoriy shaklda tugatish tartibi Markaziy
bank tomonidan belgilanadi. Bankni tugatish Banklarning davlat reyestriga tegishli yozuv
kiritilgan kundan eʼtiboran tamomlangan deb va bank tugatilgan deb hisoblanadi.
Banklar boshqa bankning aksiyalarini bevosita yoki bilvosita olishdan oldin Markaziy bankning
dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. Banklar boshqa bankning ustav kapitalidagi ulushini
koʻpaytirish uchun Markaziy bankning takroriy dastlabki ruxsatnomasini olishi shart.
Imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor
etishni hamda moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazishda axborot taqdim etishni nazarda
tutmaydigan davlatda va hududda yashaydigan norezident boʻlgan jismoniy shaxslar hamda
shunday davlatda roʻyxatga olingan yuridik shaxslar, aksiyadorlar (ishtirokchilar), oxirgi
benefitsiar mulkdorlar bank aksiyalarining bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchilari boʻlishi
mumkin emas.


Agar bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun monopoliyaga
qarshi organning oldindan roziligini olish talab etilsa, bank aksiyalarini olishga doir dastlabki
ruxsatnomani olish uchun berilgan ariza Markaziy bank tomonidan monopoliyaga qarshi
organning qarorini hisobga olgan holda koʻrib chiqiladi.
Ushbu moddaning birinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan bank aksiyalarini olishga doir
dastlabki ruxsatnomasiz tuzilgan bank aksiyalarini olishga oid bitimlar haqiqiy emas deb
hisoblanadi.
Bank aksiyalari ushbu moddaning birinchi va toʻrtinchi qismlarida belgilangan talablar buzilgan
holda olingan taqdirda, aksiyalarning egasi bunday bitim tuzilgan kundan eʼtiboran
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berishga, aksiyadorlarning navbatdan tashqari
umumiy yigʻilishini chaqirishni va oʻtkazishni talab qilishga, kun tartibiga masalalar kiritishga,
bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatishga, shuningdek bank
foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga haqli emas.
Shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda bankning aksiyalarini ushbu moddaning birinchi
qismida koʻrsatilgan hajmda olganda Markaziy bank ruxsatnomasini olish talab qilinadi. Shaxs
oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda bankning aksiyalarini olgan kundan eʼtiboran Markaziy bank
tomonidan tegishli qaror qabul qilinadigan kunga qadar aksiyalar egasining huquqlari toʻxtatib
turiladi.
Aksiyador oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda bank aksiyalarini olgan kundan eʼtiboran oltmish
kun ichida Markaziy bankning ruxsatnomasini olish uchun ariza taqdim etishi kerak. Aksiyador
tomonidan ariza taqdim etilmagan taqdirda, oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda olingan bank
aksiyalari olingan kundan eʼtiboran uch oy ichida boshqa shaxsga berilishi lozim.
Ixtiyoriy tugatish
Ixtiyoriy tugatish bank aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy yigʻilishining ixtiyoriy tugatish
toʻgʻrisidagi qarori asosida, kreditorlar va omonatchilarning talablarini qanoatlantirish imkoniyati
mavjud boʻlganda hamda Markaziy bankning ruxsati olinganda amalga oshiriladi. Bankni
ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan ovoz
beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlar ovozlarining toʻrtdan uch qismidan iborat
koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Bank Markaziy bankka aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi
tomonidan bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida darhol yozma shaklda
xabar berishi shart. Bankni ixtiyoriy tugatishga ruxsat olish uchun bank aksiyadorlar umumiy
yigʻilishining mazkur qarori qabul qilinganidan keyin besh kundan kechiktirmay Markaziy bankka
quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi:
bankni tugatish toʻgʻrisida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tugatish sabablari


koʻrsatilgan holda qabul qilingan qaror;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan, tugatish jarayonini, kreditorlarning
va omonatchilarning talablarini qanoatlantirish tartib-taomillari va muddatlari doirasidagi
tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan tugatish rejasi;
ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish toʻgʻrisida Markaziy bankka ariza bilan murojaat etilgan
paytdagi talablarni qanoatlantirish uchun mablagʻlar yetarli ekanligini tasdiqlovchi balans
hisoboti;
tugatish komissiyasining tarkibi toʻgʻrisidagi axborot va boshqa zarur maʼlumotlar.
Bankni tugatish komissiyasi oldindan Markaziy bank bilan kelishilgan holda aksiyadorlarning
umumiy yigʻilishi tomonidan tayinlanadi. Agar tugatish komissiyasi tayinlanmagan boʻlsa, bankni
tugatish boʻyicha komissiya Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan tashkil etiladi. Tugatish
komissiyasining rahbari va aʼzolari ushbu Qonunning 36-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi
lozim. Markaziy bank bankni ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi arizani olgan kundan
eʼtiboran ikki oy ichida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va quyidagi shartlar bajarilgan
boʻlsa, bankni ixtiyoriy tugatish uchun ruxsat beradi, agar:
bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilingan boʻlsa;
bank toʻlovga layoqatli boʻlsa;
bank tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda toʻliq va yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
taqdim etilgan tugatish rejasi kreditorlar va omonatchilarning talablari toʻliq qanoatlantirilishi
uchun imkoniyatlar boʻlishini taʼminlasa;
Markaziy bankning soʻrovnomasiga koʻra bankni ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish shartlari
bajarilganligini aniqlash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha hujjatlarni belgilangan muddatda
taqdim etgan boʻlsa. Markaziy bank salbiy qaror qabul qilgan taqdirda ixtiyoriy tugatishga
ruxsat berish rad etilgani toʻgʻrisidagi asoslantirilgan qarorni bankning kuzatuv kengashiga
yetkazadi. Zarur hollarda Markaziy bank tugatish rejasi va jadvalining qayta koʻrib chiqilishini
yoki
qoʻshimcha
hujjatlar
va
axborot
taqdim
etilishini
talab
qilishi
mumkin.
Markaziy bank ixtiyoriy tugatish uchun ruxsat berganidan keyin bank litsenziyasini chaqirib oladi.
Agar ixtiyoriy tugatish jarayonida bank toʻlovga layoqatsiz ekanligi aniqlansa, tugatish
komissiyasi zudlik bilan Markaziy bankka xabar berishi hamda bankning moliyaviy ahvolini
tasdiqlovchi tegishli hisobot va hujjatlarni taqdim etishi kerak. Markaziy bank ushbu moddaning
oʻninchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ushbu Qonunning 77-moddasi ikkinchi
qismida koʻrsatilgan asoslardan birontasi mavjud boʻlgan taqdirda, bankning toʻlovga
layoqatsizligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va majburiy tugatish jarayonini boshlab yuboradi.


Majburiy tugatish
Bank Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi qarori asosida
majburiy tugatiladi. Bankni majburiy tugatish chogʻida tugatish komissiyasi Markaziy bank
tomonidan tayinlanadi. Markaziy bank tugatish komissiyasi tarkibiga Markaziy bank xodimlarini
kiritishga haqli.
Quyidagilar birgalikda harakat qiluvchi shaxslar hisoblanadi:
1) bank aksiyalarini muvofiqlashtirilgan (kelishilgan) tarzda sotib olishni yoki shaxslarning bank
aksiyalarini birgalikda sotib olish niyatida ekanligini koʻrsatuvchi shartlar asosida bank
aksiyalarini sotib olgan shaxslar;
2) jalb etilgan shaxslar:
a) boshqa shaxs ustidan nazoratni amalga oshiruvchi yoki boshqa shaxsning nazorati ostidagi
yoxud uchinchi shaxsning birgalikdagi nazorati ostidagi shaxslar;
b) ovoz berish huquqini olish uchun yoki ovoz berish huquqini birgalikda amalga oshirish uchun
bitimlarda bevosita yoki bilvosita ishtirok etuvchi shaxslar, agar bitimning predmeti boʻlgan
ulushlar (aksiyalar) ularga nazoratni taʼminlasa;
v) yuridik shaxsga nisbatan rahbarlik vakolatiga yoki nazorat qilish vakolatiga ega boʻlgan
jismoniy shaxslar;
g) yuridik shaxs boshqaruv organlari aʼzolarining koʻpchiligini tayinlash vakolatiga ega boʻlgan
shaxslar;
d) yaqin qarindoshlar (qarindoshlik yoki qayin-boʻyinchilik munosabatidagi shaxslar, yaʼni ota-
ona, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalar, opa-singillar, er-xotin, farzandlar, shu jumladan farzandlikka
olinganlar, bobolar, buvilar, nevaralar, er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan yoki oʻgay aka-ukalari,
opa-singillari, shuningdek ularning nazorati ostidagi yuridik shaxslar);
3) nazoratni amalga oshiruvchi yuridik shaxs va uning nazorati ostidagi yuridik shaxslar,
shuningdek bitta nazorat qiluvchi yuridik shaxsning nazorati ostidagi yuridik shaxslar oʻzaro;
4) yuridik shaxs oʻz boshqaruv organi aʼzolari va jalb etilgan shaxslari bilan birga, shuningdek
ushbu shaxslar oʻzaro;
5) oʻzining moliya-xoʻjalik faoliyatida ayni bir shaxs tomonidan taqdim etilgan yoki jalb etilgan
shaxslar hisoblanuvchi turli shaxslardan kelib tushayotgan moliyaviy resurslardan foydalanuvchi
shaxslar;
6) oʻz iqtisodiy faoliyatidan olingan nafni ayni bir shaxsga yoki jalb etilgan shaxslar boʻlgan turli


shaxslarga oʻtkazuvchi shaxslar;
7) asosan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) yoki boshqaruv organlarining bir xil tarkibiga ega
boʻlgan yuridik shaxslar;
8) bitta emitent yoki jalb etilgan shaxslar tomonidan chiqarilgan moliyaviy vositalarni sotib olish
va (yoki) sotish orqali aynan oʻxshash investitsiya siyosatini qabul qilgan yoki amalga
oshirayotgan shaxslar;
9) bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar beradigan huquqlarni oʻxshash holda amalga
oshirish orqali bankka nisbatan birgalikdagi uzoq muddatli siyosatni olib boruvchi shaxslar;
10) jalb etilgan shaxs (jalb etilgan shaxslar) boʻlgan ayni bir shaxsni (ayni oʻsha shaxslarni)
moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, manfaatlarni ifodalash yoki oʻz egaligida boʻlgan
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar yoki aksiyalar beradigan ovoz berish huquqlarini
amalga oshirish uchun vakolatli vakil (vakolatli vakillar) sifatida tayinlagan yoki tayinlaydigan
shaxslar;
11) bank bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni oʻtkazish maqsadida har qanday tashkiliy-huquqiy
shaklga birlashgan shaxslar;
12) bir vaqtning oʻzida bir yoki bir necha yuridik shaxsning ustav fondida (ustav kapitalida)
aksiyalarga yoki ulushlarga ega boʻlgan yoki egalik qiluvchi, ularning ustidan nazoratni amalga
oshiruvchi va ularga nisbatan birgalikda siyosatni amalga oshiruvchi shaxslar;
13) birgalikda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirgan yoki amalga oshirayotgan shaxslar;
14) Markaziy bank tomonidan asosli mulohaza asosida belgilangan boshqa shaxslar.
Tugatish komissiyasining vakolatlari.
Tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan eʼtiboran bank ishlarini boshqarish boʻyicha, shu
jumladan bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi, kuzatuv kengashi va boshqaruvi vakolatlari
ushbu komissiyaga oʻtadi. Tugatish komissiyasi tayinlangan sanadan eʼtiboran ikki kun ichida
ommaviy axborot vositalarida, shuningdek bankning rasmiy veb-saytida bank tugatilganligi, shu
jumladan uning omonatchilari va kreditorlari tomonidan talablarni qanoatlantirish toʻgʻrisidagi
arizalarni berish tartibi va muddatlari toʻgʻrisidagi eʼlonni chop etishi shart. Talablarni taqdim
etish muddati bank tugatilganligi toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oyni
tashkil etadi va mazkur muddat tugaganidan soʻng tugatish komissiyasi tomonidan talablar
qabul
qilinmaydi.
.
Tugatish komissiyasi qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq
axborotni
ham
oshkor
qilishi
kerak.


Tugatish komissiyasi litsenziya chaqirib olingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida kreditorlarni
aniqlash hamda debitorlik qarzlarini va Markaziy bankning majburiy zaxiralar jamgʻarmasida
depozitga qoʻyilgan mablagʻlarni olish choralarini koʻradi. Mazkur mablagʻlar birinchi navbatda
tugatilayotgan bankning qarzlarini jismoniy shaxslarning talablari asosida toʻlashga qaratiladi,
bundan bankka aloqador boʻlgan shaxslar mustasno.
Juzʼiy qoidabuzarliklar
Juzʼiy qoidabuzarliklar jumlasiga mazkur Qonunning 54 va 55-moddalariga muvofiq qoʻpol yoki
jiddiy qoidabuzarlik hisoblanmaydigan, banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
talablariga javob bermaydigan nomuvofiqliklar kiradi.
Qoʻpol qoidabuzarliklar uchun choralar va sanksiyalar
Qoʻpol qoidabuzarliklarni sodir etganlik uchun Markaziy bank:
banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda amalga oshirilgan
moliyaviy operatsiyalardan olingan daromadlarning miqdorini aniqlash imkoni boʻlsa, bankdan
ushbu daromadlarning ikki baravari miqdoridan yoki bank tomonidan oʻtgan moliya yili
davomida olingan sof foydaning besh foizi yoki bank jami kapitalining bir foizi miqdoridan ortiq
boʻlmagan miqdorda jarima undirishga;
ushbu Qonun 51-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan choralarni bankka nisbatan alohida
holda yoki jamlangan tarzda qoʻllashga;
litsenziyani chaqirib olishga;
bank kuzatuv kengashining, boshqaruvining aʼzosidan yoki muhim ahamiyatga ega xodimidan
jarima qoʻllanilayotgan oydan avvalgi bir yil ichida olingan mukofotning yuz foizidan ortiq
boʻlmagan miqdorda jarima undirishga; qoidabuzarliklar, qoidabuzarlarga nisbatan qoʻllanilgan
choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi xabarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishga haqli.
Jiddiy qoidabuzarliklar uchun choralar va sanksiyalar
Jiddiy qoidabuzarliklarni sodir etganlik uchun Markaziy bank:
banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarni buzgan holda amalga oshirilgan moliyaviy
operatsiyalardan olingan daromadlarning miqdorini aniqlash imkoni boʻlsa, bankdan ushbu
daromadlarning bir yarim baravari miqdoridan yoki bank tomonidan oʻtgan moliya yili davomida
olingan sof foydaning ikki foizi yoki bank jami kapitalining 0,5 foizi miqdoridan ortiq boʻlmagan
miqdorda jarima undirishga;
ushbu Qonun 51-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan choralarni bankka nisbatan alohida


holda yoki jamlangan tarzda qoʻllashga;
bank kuzatuv kengashining, boshqaruvining aʼzosidan yoki muhim ahamiyatga ega xodimidan
jarima qoʻllanilayotgan oydan avvalgi bir yil ichida olingan mukofotning yetmish besh foizidan
ortiq boʻlmagan miqdorda jarima undirishga;
qoidabuzarliklar, qoidabuzarlarga nisbatan qoʻllanilgan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi
xabarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishga haqli. Banklar tomonidan toʻlovlar oʻz
vaqtida amalga oshirilmagan hollarda Markaziy bank bankning aybi bilan amalga oshirilmay
qolgan summaga teng miqdorda jarima solishga haqli.
Juzʼiy qoidabuzarliklar uchun choralar va sanksiyalar
Juzʼiy qoidabuzarliklarni sodir etganlik uchun Markaziy bank:
banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda amalga oshirilgan
moliyaviy operatsiyalardan olingan daromadlarning miqdorini aniqlash imkoni boʻlsa, bankdan
ushbu daromadlardan yoki bank tomonidan oʻtgan moliya yili davomida olingan sof foydaning
bir foizi yoki bank jami kapitalining 0,1 foizi miqdoridan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima
undirishga;
ushbu Qonun 51-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan choralarni bankka nisbatan alohida
holda yoki jamlangan tarzda qoʻllashga;
bank kuzatuv kengashining, boshqaruvining aʼzosidan yoki muhim ahamiyatga ega xodimidan
jarima qoʻllanilayotgan oydan avvalgi bir yil ichida olingan mukofotning ellik foizidan ortiq
boʻlmagan miqdorda jarima undirishga;
qoidabuzarga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida yozma ogohlantirish
yuborishga haqli.
Bankni davlat roʻyxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish
Bankni davlat roʻyxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Bankning shakllantirilgan ustav kapitali miqdorining bankni davlat roʻyxatiga olish va litsenziya
berish toʻgʻrisidagi arizani topshirish paytida ushbu Qonun talablariga muvofiq emasligi;
ilgari baholashdan oʻtgan va ushbu Qonunning 24-moddasi talablariga javob bergan
muassislarning, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarning endilikda ushbu modda
talablariga muvofiq emasligi;
muhim ahamiyatga ega xodimlarning Markaziy bankning malaka talablariga muvofiq emasligi;


bankning binolari, ularning muhofaza qilinishi taʼminlanganligi, uskunalar va ishlarni tashkil etish
texnika vositalari bilan jihozlanganligining va dasturiy taʼminotining Markaziy bank talablariga
muvofiq emasligi.
Bankni davlat roʻyxatiga olish va litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma ariza
beruvchiga ushbu Qonun 20-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan muddatda va
shakllarda, rad etish sabablari hamda ariza beruvchi koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib,
takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan
holda yuboriladi.
Bankni roʻyxatga olish va litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan
muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak
hamda ikki oydan kam boʻlishi mumkin emas.
Ariza beruvchi tomonidan bankni davlat roʻyxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish uchun
asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish ariza barcha zarur
hujjatlar bilan olingan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bankni davlat roʻyxatiga olish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani qayta koʻrib chiqish
chogʻida bankni davlat roʻyxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada
ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bankni davlat roʻyxatiga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada
koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan bankni davlat roʻyxatiga olish va litsenziya berish
toʻgʻrisidagi ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi
Bank aksiyalariga egalik qilishga doir ruxsatnoma va cheklov
Jismoniy va yuridik shaxslar yoki birgalikda harakat qiluvchi shaxslar, shu jumladan
norezidentlar bir yoki bir necha bitim natijasida bankning ustav kapitalidagi:
besh va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan yigirma foizni;
yigirma va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan ellik foizni;
ellik va undan koʻproq foizni tashkil etadigan ulushni bevosita yoki bilvosita olishdan oldin
Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bank ustav kapitalidagi ulushlar Markaziy
bankning dastlabki ruxsatnomasini olgan shaxslar tomonidan oʻzgartirilgan taqdirda, ushbu
Qonunning 26-moddasida koʻrsatilgan tartibda xabardor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish