Bog'liq Banklar faoliyatini nazorat qilish tushunchasi
2.2. Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bo’yicha ichki bank qoidalarining tadbiq etilishi va bugungi kundagi amaliy holati Pul mablag’laridan noo’rin foydalanish yoki firibgarlik va boshqa xil
yo’qotishlarni oldini olishga xizmat qiluvchi ichki nazorat jarayoni umumhajmli
xarakterga ega bo’lib, kredit tashkiloti to’qnashadigan barcha risklarni qamrab
oladi. Samarali tashkil qilingan ichki nazorat tizimi bankning moliyaviy
barqarorligini taminlash va bosh maqsadga erishishda beqiyos o’ringa ega.
2004-yil 26-avgustda“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida” 46
gi O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi va ushbu qonun jinoiy
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solib
turadi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
boshqaruvi, O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi soliq,
valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi
kurashish departamentining “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi
kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida” gi Qarori qabul
qilindi va ilovaga muofiq tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi
kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalari tasdiqlandi. Har bir tijorat banki
maskur qoidalarga to’la amal qilishi va aniqlangan ma’lumotlarni o’z vaqtida
maxsus vakolatli davlat organiga yetkazishi zarur. Agar banklarda maskur
qoidalar talablari bajarilmasa Markaziy bank “Jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi
kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari,
kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo’llaniladigan choralar
va sanksiyalar to’g’risida”gi nizomga asosan:
tijorat bankiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to’g’risida
tegishli ko’rsatma yo’llash;
ko’rsatmalarini bajarmagan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi
qonun hujjatlari talablarini qo’pol ravishda yoki muntazam ravishda (bir yil
mobaynida ikki va undan ortiq marotaba) buzgan tijorat bankiga nisbatan
Markaziy bank: 47
lisenziyada ko’rsatilgan ayrim operatsiyalarni o’tkazishni bir yilgacha bo’lgan
muddatga to’xtatib qo’yish;
lisenziyani chaqirib olishgacha bo’lgan choralarni qo’llashga haqlidir.
Yuqoridagi talablarni bajarmagan tijorat banklariga nisbatan faoliyatni
amalga oshirish uchun berilgan lisenziyani to’xtatib qo’yish va chaqirib olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Markaziy bank Boshqaruvining qaroriga
asosan amalga oshiriladi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish mulk (pul
mablag’lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo’lsa, uni
o’tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo’li bilan uning kelib
chiqishiga qonuniy tus berishdan , shuningdek bunday pul mablag’lari yoki
boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish,
ko’chirish usulini yoxud pul mablag’lariga yoki boshqa mol-mulkka bo’lgan
haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan
yoxud sir saqlashdan iborat bo’lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli
qilmishdir.
Tarifdan ko’rinadiki, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishda tijorat banklari bevosita vositachilik rolini bajarib qolish
ehtimoli yuqori, chunki iqtisodiyotda banklar deyarli barcha pul aylanmalarini
amalga oshiradi. Shuning uchun so’nggi yillarda banklar faoliyatida ichki
nazoratning alohida bir yo’nalishi sifatida jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish
16 “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish
to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonuni, 3-modda. 48
qoida-tartiblari ishlab chiqildi. Umuman jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan
chora-tadbirlar quyidagilardan iborat bo’ladi:
1) majburiy nazorat
2) ichki nazorat
3) pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalarni
amalga oshirish chog’ida yuridik va jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash.
Majburiy nazorat kredit tashkilotlari tomonidan taqdim etiladiga axborot
(hujjatlar) asosida pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq
operatsiyalar ustidan nazorat qilish bo’yicha maxsus vakolarli davlat organi
tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat. Maxsus vakolatli davlat organi O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid
jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish
Departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Boshqarmasi. Tijorat banklari
ichki nazorat xizmati xodimlari aniqlangan har bir shubhali operatsiyalar
to’g’risida Departamentga xabar berib turadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-311
son qaroriga ilova sifatida “O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni
legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti to’g’risida”gi Nizom
tasdiqlangan. Unga ko’ra departament O’zbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi huzuridagi mustaqil ixtisoslashtirilgan huquqni muhofaza qilish
organi hisoblanib, soliq, valyutaga oid jinoyatlar va huquq buzilishlari hamda
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terroristik faoliyatni
moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida tezkor-tahliliy, qidiruv ishlarini
tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek, davlatga yetkazilgan iqtisodiy
zararni undirib olish uning asosiy maqsadi hisoblanadi.
XULOSA Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda samarali nazorat
mexanizmi har bir xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati uchun zarur. Chunki
mablag’lar va boshqa mol-mulkdan unumli foydalanish ushbu subyektning kelgusi
faoliaytiga ijobiy tasir ko’rsatadi. Xuddi shunday tijorat banklari iqtisodiyotning
qon tomiri bo’gani uchun bajarilayotgan operatsiyalarning meyoriy hujjatlarga
muofiqligi, pul mablag’lari va boshqa mol-mulkdan samarali faydalanish,
banklarning noqonuniy faoliyatga jalb qilinishini oldini olishda ichki nazorat
tizimining o’rni katta. Bugungi kunda bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning
sifat darajasini oshirishda xalqaro tashkilotlar, xususan FATF ( Financial Action
Task Force) va uning hududiy guruhlari tajribasi, shuningdek rivojlangan
mamlakatlar bank tizimida yo’lga qo’yilgan nazorat mexanizmlari usullaridan
keng foydalanish maqsadga muofiq bo’ladi. Bizningcha, Yevropa banklarida amal
qilayotgan nazorat usullarining ko’pgina ijobiy tomonlarini mamlakatimiz bank
tizimiga tadbiq qilish kerak. Masalan, bu borada asosiy diqqat-e’tibor nazorat
tizimi xodimlariga qo’yiladigan talablarni oshirish va ular malakasini doimiy
ko’zatib borishga qaratilishi kerak. Ichki nazorat avvalo aksionerlar va mijozlar
manfaatiga xizmat qiladi, shuning uchun bankning yuqori boshqaruv organi
faoliyatni tashkil qilish va uni boshqarishda kuchli nazoratga asoslangan
menejmentni shakllantirishga katta e’tibor berishi lozim. Aks holda Markaziy bank
tomonidan ushbu bank faoliyatiga jiddiy to’siqlar qo’yilishi va hattoki
operatsiyalarni amalga oshirish huquqidan maxrum etishi ham mumkin. Nazorat
tizimini xalqaro Bazel qo’mitasi takliflari asosida va rivojlangan mamlakatlar
tajribasiga tayangan holda tashkil qilish uning samarali faoliyat yurishida xal
qiluvchi omildir.
Taxlil Bank faoliyatining ushbu yo’nalishini chuqur o’rganish va amalga oshirilgan
tahlillar natijasida quyidagi taklif va mulohazalar shakllandi:
1. Banklarda ichki nazorat tizimi ishini yengillashtirish va sifatini
oshirish uchun zamonaviy dasturiy ta’minotlardan foydalanish kerak. Rivojlangan
mamlakatlar bank amaliyotlari shuni ko’rsatadiki, zamonaviy komputer dasturlari
asosida ish tashkil qilingan banklarda mijozlarga xizmat ko’rsatish darajasi va
tezkorligi yuqori darajada bo’ladi, shuningdek bank operatsiyalarini nazoratdan
o’tkazishda operativ dasturlar bo’lishi kamchiliklarni tezkorlik bilan aniqlanishi,
ayniqsa jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni
moliyalashtirishga urinishlarni oldindan aniqlashda muhim o’ringa ega.
2. Ichki nazorat xizmati xodimlarini FATFning hududiy guruhlari
(xususan Yevroosiyo guruhi) ning ishchi guruhlari yoki nazorat mexanizmi kuchli
yaratilgan davlatlarda malaka oshirishini qo’llab-quvvatlash. Bunda katta e’tibor
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni qo’llabquvvatlash, jinoiy amaliyotlarni aniqlash va unga qarshi operativ kurashish
bo’yicha xodimlarning malakalarini oshirishga qaratiladi. Ma’lumki so’nggi
yillarda g’arb banklari amaliyotida komplaens-kontroler xizmati rivojlanib bordi
va bugungi kunda banklar reputatsiyasining tushib ketishiga qarshi samarali ish
olib bormoqda. Mamlakatimizda ham ushbu xizmat sekin asta shakllanmoqda va
xodimlarning ushbu yo’nalishda rivojlangan davlatlar amaliyotini o’rganishi
maqsadga muofiq ish bo’ladi.
3. Ichki nazorat xodimlarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash
kerak. Bunday taklif berilishidan ko’zlangan asosiy maqsad shuki, bank ichki
muhitida bo’ladigan turli firibgarliklar va o’zboshimchaliklarni odini olishdir.
Moddiy manfaat bank xodimlarining turli noqonuniy operatsiyalar qilishiga olib
kelishi mumkin, shuning uchun ichki nazorat xizmati bunday jarayonlarni vaqtida
aniqlashi va tezlik bilan unga qarshi tadbirlar ko’rishi zarur. Boshqa tomondan esa
nazorat xodimlarining o’zlari ham bunday jarayonlarga tortilmasligi uchun ular
moddiy manfaatga berilmasligi kerak. Bu tajriba jahon amaliyotida uzoq yillardan
beri mavjud bo’lib o’zining ijobiy samarasini bergan. Moliyaviy mustaqillikni
taminlashning bir yo’nalishi sifatida nazorat xodimlari ish-faoliyati tahliliga
asoslanib ularni moddiy rag’batlantirishni amaliyotga tadbiq qilish kerak. Bunda 70
ma’lum vaqt oralig’da o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvlari xulosalariga
tayanilishi mumkin.
4. Mamlakatimiz bank tizimida komplaens-kontroler xizmatini kengroq
amalga tadbiq etish maqsadga muofiq bo’ladi. Chunki keng ommaning bank
tizimiga bo’lgan ishonchi banklar uchun eng muhim asos hisoblanadi. Shuni
inobatga olib bank tizimining barqaror faoliyat yuritishi, ya’ni bank barcha
amaliyotlarining meyoriy-huquqiy asosga ega ekanligini doimiy monitoring qilib
borish va bu jarayon uzluksizligini ta’minlashda komplaens-kontroler xizmatining
o’rni kattadir. Bu xizmat g’arb amaliyotida bir necha yillardan beri mavjud bo’lib,
bank reputatsiyasini saqlab turishda kata ahamiyat kasb etmoqda va qachondir
bizning bank amaliyotimizga ham kirib kelishi tayindir, zero mamlakatimizning
jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi kundan-kun ortib bormoqda. Bundan
tashqari, komplaens-kontroler xizmatining eng asosiy funksiyalaridan biri – bu
Bazel II talablarini banklarda joriy qilish ekanligi bizning hozirgi kundagi banklar
oldida turgan aosiy vazifalardan birini hal etishda kata ahamiyatga ega bo’ladi.