2. Bank hisob-kitobi shartnomasi (bitimi) va uning fuqarolik huquqiy jihatlari
Bank hisobvarag‘i shartnomasi uning qatnashchilari, huquq hamda majburiyatlarga ham ega bo‘lganligi tufayli ikki taraflama shartnoma hisoblanadi. Bu agar tomonlar kelishuvida boshqacha tartib o‘rnatilgan bo‘lmasa, to‘lovli shartnomadir (FK, 781-modda).
Bankda mijozning hisobvaraqdagi mablag‘laridan o‘z maqsadlarida foydalanish huquqi bo‘ladi, bunda u mijozga ushbu mablag‘lardan hech qanday to‘siqsiz tasarruf etish huquqini kafolatlaydi. Bank mijozning pul majburiyatlaridan foydalangani uchun unga shartnomada belgilangan miqdorda foizlar (mukofot puli) to‘laydi.
Bank omonati shartnomasida to‘lanadigan foizlar miqdori haqida shart bo‘lmagan taqdirda, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga to‘lanadigan miqdorda foizlar to‘lashi shart (FK, 763-734 moddalar). Mukofot summasidan (odatdagi hisobvaraqda) foizlar mijozning hisobvarag‘iga har chorakda kiritiladi. Mijoz bankning hisobvaraqda turgan pul mablag‘lari bilan operatsiya qilish bo‘yicha xizmatlariga bank hisobvarag‘i shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida haq to‘lashi shart. Bu haq bank tomonidan har oyning oxirida mijozning hisobvarag‘idagi mablag‘lar hisobidan undirib olinadi (FK, 780-modda). Bunda bankning mijozga va mijozning bankka o‘zaro muqobil talablari yuzaga kelishi mumkin, ular bir-birlarining talablarini hisobga olish yo‘li bilan bank tomonidan bekor qilinadi (FK, 782-modda).
Bank hisobvarag‘i shartnomasining o‘ziga xosligi shundaki, na bank, na yuridik shaxs - mijoz uni tuzishdan bosh tortishga haqli emas. Mazkur holda mijozning majburiyati yuridik shaxslarning hisob-kitoblarni naqd pulsiz tartibda amalga oshirish to‘g‘risidagi qoidalardan kelib chiqadi. Bankning shartnoma tuzish majburiyati uning qonunda ko‘zda tutilgan subyektiv xususiyatlaridan kelib chiqadi (FK, 775-modda).
Mijozning huquqiy maqomi va uning hisobvarag‘i kiritilgan pul mablag‘lari bilan amalga oshirilgan operatsiyalar doirasiga qarab bank hisobvaraqlari quyidagi turlarga bo‘linadi
Asosiy hisobvaraq hisob-kitob hisobvarag‘i bo‘lib, u tijorat tashkilotlariga to‘lovlarni to‘lash, kreditlar olish, tushumlarni kiritish va bank hisobvarag‘i shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun ochiladi. Hisob-kitob varaqlari ko‘pgina tijorat tashkilotlariga (fondlar, ko‘ngilli birlashmalar, matlubot kooperatsiya-lari nafaqat mulk egasi, balki boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiri-ladigan muayyan turdagi muassasalarga) ochiladi. Hisob-kitob varaqlari yuridik shaxs ariza iltimosnomasi bilan uning filiali va vakolatxonasiga ham ochilishi mumkin.
Joriy hisobvaraqlar ayrim muassasa, filial, vakolatxona, bo‘linmalarga hamda tijorat tashkiloti bo‘lmagan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalariga ochiladi. Bunday varaqlar faqat cheklangan hisob-kitob operatsiyalarini, asosan, mehnatga haq to‘lash va ma’muriy xo‘jalik xarajatlari bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradi.
Byudjet hisobvaraqlari budjet mablag‘larini tasarruf etish huquq berilgan subyektlarga (kreditlarni tasarruf etuvchilar – hukumat idoralari, ma’muriyatga) ochiladi.
Vakillik (korrespondentlik) hisobvarag‘i – bank hisobvarag‘i shartnomasi turlaridan biri bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyati subyekt tarkibiga bog‘liqligidadir. Ya’ni, bu shartnomada nafaqat bank muassasalari tomonlar bo‘la oladi (FK, 789-modda). Vakillik hisobvaraqlari kontokorrent hisobvaraqlarning bir turidir.
Kontokorrent hisobvaraqlarni rasmiylashtirish vaqtida bank hisobvaraq egasini, unda mablag‘lar mavjud bo‘lmagan yoki yetarlicha bo‘lmagan holda, kreditlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
- Agar bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha muddatlar belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, bank tegishli to‘lov xujjati banka tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan tushgan pul mablag‘larini hisobvaraqqa kiritib qo‘yishi, mijozning topshirig‘iga muvofiq hisobvaraqdan pul mablag‘larini qo‘lga berishi yoki o‘tkazishi shart. Hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish muddatlarini buzish bank uchun ushbu Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqaradi.
- Bank mijozi hisobvarag‘ida vaqtincha pul mablag‘lari bo‘lmagani taqdirda mijozning iltimosiga ko‘ra bank hisobvarag‘ining kreditlash – ya’ni mijoz uchun pul o‘tkazish amalga oshirilishi mumkin. Bunda bank tegishli xaq (foiz) oladi.
- Hisobvaraqda turgan pul mablag‘lari bilan bog‘liq bo‘lgan bank operatsiyalarini amalga oshirganligi uchun bank mijozdan hisobvaraq shartnomasida belgilangan miqdorda haq olinadi.
- Mijozning hisobvarag‘ida turgan pul mablag‘laridan foydalanganligi uchun bank o‘z mijoziga xaq (foiz) to‘lashi ko‘zda tutilgan.
- Ushbu foizlar bank tomonidan bank hisobvarag‘i shartnomasida belgilanadigan miqdorda, shartnomada tegishli shartlar nazarda tutilmagan takdirda esa - odatda bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar yuzasidan to‘laydigan miqdorda to‘lanadi.
- Foizlar summasi bank hisobvarag‘i shartnomasida nazarda tu-tilgan muddatlarda, bunday muddatlar bank hisobvarag‘i shartnomasida nazarda tutilmagan hollarda esa - yilning har choragi tamom bo‘lgach, hisobvaraqqa kiritib qo‘yiladi.
3. To‘lov tizimining sub’ektlar va ular o‘rtasidagi munosabatlar
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga kora to‘lov tizimi to‘lovlarni to‘lov tizimining operatori, to‘lov tizimi ishtirokchilari va (yoki) to‘lov tashkilotlarining to‘lov tizimi operatori tomonidan belgilangan to‘lov tizimining tartib-taomillarini, infratuzilmasini va qoidalarini qo‘llash vositasida hamkorlik qilish yo‘li bilan amalga oshirishni ta’minlaydigan munosabatlar majmuidir.
To‘lov tizimi operatori bilan hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi va to‘lov tizimida ishtirok etish to‘g‘risida shartnoma tuzgan banklar to‘lov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi.
- To‘lov tizimini joylashuviga qarab 2 turga, ya’ni xalqaro va milliy to‘lov tizimlariga bo‘lish mumkin.
- Xalqaro to‘lov tizimlariga SWIFT, CHIPS, CHAPS, ZENCHEKIO va boshqa tizimlar kiradi.
- Milliy to‘lov tizimiga Markaziy bankning elektron to‘lov tizimi, Bank-mijoz to‘lov tizimi, tijorat banklarining to‘lov tizimlari, chakana to‘lov tizimlarini kiritish mumkin.
Barcha to‘lov tizimlarining vazifalari turlicha va o‘z hususiyatlariga ega bo‘lsada, ularning maqsadlari asosan bir xil.
- To‘lov tizimining bosh maqsadi – iqtisodiy faoliyatni tashkil etish natijasida paydo bo‘lgan majburiyatlar yuzasidan to‘lovlarni to‘liq, tez o‘tkazish va havfsizligini ta’minlashdan iborat.
- Har bir mamlakat o‘zining mustaqil to‘lov tizimini tashkil qilgan xolda mamlakat iqtisodiyotidagi to‘lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshirishni ta’minlaydilar.
- Bu to‘lov tizimi doimo rivojlantirilib va takomillashtirilib boriladi.
To‘lov tizimining sub’ektlari to‘lov tizimida axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash bo‘yicha, shu jumladan elektron to‘lov hujjatlaridan ruxsatsiz foydalanish, ularga o‘zgartishlar kiritish, ularni yo‘qotish, yo‘q qilish va to‘sib qo‘yishdan muhofaza etishni ta’minlash bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etishlari kerak. To‘lov tizimining sub’ektlari to‘lov tizimida axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlashning qo‘shimcha vositalari va usullarini belgilashlari mumkin. To‘lov tizimining a’zolari elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashlari kerak
To‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar quyidagilardan iborat:
- Markaziy bank;
- banklar;
- to‘lov tashkilotlari;
- to‘lov agentlari;
- to‘lov subagentlari hisoblanadi.
E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |