3.Tijorat banklarining kreditlash jarayonlarining bugungi holati
2014 yilda pul-kredit siyosati “Monetar siyosatning 2014 yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari” asosida amalga oshirilib, iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor vazifalari, xususan belgilangan makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning so'zsiz bajarilishini ta'minlashga qaratildi. Bunda, yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'atlariga muvofiq iqtisodiyotning pulga bo'lgan oshib borayotgan talabini to'liq qondirish va bank tizimi likvidligini maqbul darajada saqlab turish orqali inflyatsiya darajasini belgilangan maqsadli parametridan oshirmaslik maqsadida Markaziy bank o'z tasarrufidagi pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalandi.
Ochiq bozordagi operatsiyalar muomaladagi pul massasini boshqarish, bank tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta'minlovchi asosiy instrumentlardan biri sifatida Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda keng qo'llanilib kelinmoqda.
Markaziy bank tomonidan pul-kredit ko'rsatkichlarining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda, to'lov balansining ijobiy saldosi hisobiga
shakllangan qo'shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish operatsiyalari o'tkazilib
borildi. Jumladan, 2011 yilda tijorat banklari mablag'larini Markaziy bankning
maxsus depozitlariga jalb qilish operatsiyalari hajmi 2010 yilga nisbatan 1,4
martaga oshib, 4,3 trln. so'mni tashkil qildi
2014 yil davomida Markaziy bank tomonidan pul bozorida tashqi savdo
balansining ijobiy saldosi va bank tizimi sof tashqi aktivlarining ko'payishi
hisobiga shakllangan qo'shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish operatsiyalarining
muntazam ravishda o'tkazib borilishi orqali iqtisodiyotdagi inflyatsion bosimning
oldi olindi.
O'tgan yilda Markaziy bank tomonidan pul massasini prognoz ko'rsatkich
doirasida ushlab turish maqsadida amalga oshirilgan sterilizatsiya operatsiyalarining hajmi 2013 yilga nisbatan 1,4 martaga oshib, 2014 yilning
1 yanvar holatiga ko'ra 5,9 trln. so'mni tashkil qildi.
Hozirgi paytda xalqaro bank amaliyotida ochiq bozor operatsiyalari pulkredit siyosatining asosiy vositasi hisoblanadi va odatda Markaziy bank
tomonidan yirik banklar hamda boshqa moliya-kredit muassasalari hamkorligida amalga oshiriladi. O'zbekistonda ham pul-kredit siyosatini amalga oshirishda,
shuningdek, pul massasini samarali tartibga solishda ushbu vositadan keng foydalanib kelinmoqda. Davlat byudjetining taqchilligini noinflyatsion qoplash
manbasi bo'lgan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) 1996 yili mart
oyida muomalaga chiqarila boshlandi. Shu vaqtdan boshlab davlatning qisqa
muddatli obligatsiyalari bozori tez rivojlana bordi va qisqa muddatda u moliya
bozorining asosiy vositalaridan biriga aylandi. 1996 yildan davlat qisqa muddatli
obligatsiyalarining(DQMO) muomalaga chiqarilishi, byudjet taqchilligini
moliyalashtirishning noinflyatsiyaviy manbasi bo'lib, 1997 yilda 1996 yilga
nisbatan byudjet kamomadini emissiyaviy qoplanishini 2 martaga kamaytirishga
xizmat qildi. Ikkinchi tomondan esa, DQMOlar tijorat banklari uchun
o'zmablag'larini risksiz aktivlarga yo'naltirish va daromad olish manbaiga
aylangan bo'lsa, Markaziy bank uchun ochiq bozordagi operatsiyalarni amalga
oshirish imkonini berdi.
Ta'kidlash joizki, Vazirlar Maxqamasining 2003 yil 4 fevraldagi «Pulkredit ko'rsatkichlarini tartibga solish mexaniz-mini takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida»gi 63-sonli Qarori Markaziy bank tomonidan pul massasi ustidan yanada samarali nazoratni ta'minlash imkoniyatlarini yaratdi. Mazkur qarorga asosan pul agregatlarini tartibga solishning yangi mexanizmlari joriy etildi. Xususan, 2005 yilda pul massasi o'sishini tartibga solish, pul bozorini rivojlantirish va monetar siyosatning bozor vositalaridan keng foydalanish hamda monetar siyosat samaradorligini oshirish borasida muntazam ravishda tegishli chora-tadbirlar ko'rib borildi. Mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda, pul
massasi o'sishining choraklik va yillik maqsadli prognozlarini ishlab chiqish
hamda ularning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borish ishlari yanada
kengaytirib borildi. Jumladan, pul bozoridagi holat, xususan, banklararo pul
bozoridagi depozit va kredit foiz stavkalarining hamda pul agregatlarining
o'zgarishi, ularga ta'sir etuvchi omillar bo'yicha doimiy ravishda tahlillar va
monitoringishlari olib borildi. Mazkur qaror asosida, kassa rejalarini
shakllantirish tizimi bekor qilindi. Pul massasi ustidan samarali nazoratni
ta'minlash imkonini beruvchi pul agregatlari, bank tizimining likvidligi va pulga
bo'lgan talabning faktorlar bo'yicha tahlili va dinamikasini modellashtirish hamda
tijorat banklariniig likvidligini qisqa muddatli tartibga solishning bozor vositalari,
shu jumladan foiz stavkalari va majburiy zaxiralar normasini boshqarish, valyuta
depozitlari, davlat qimmatli qog'ozlari va boshqa birinchi darajali aktivlar garovi
asosida kreditlar berish va ularni jalb qilish usulidan keng foydalanish ko'zda
tutildi.
Markaziy bank tomonidan depozit operatsiyalarining «overnayt» (1 kun
muddatga), «tom-nekst» (1 kun muddatga, keyingi kundan boshlab), «spot-nekst»
(1 kun muddatga, 2 kundan so'ng), «1 hafta», «2 hafta» shartlari asosida o'tkazilib
borildi. Ushbu tadbir tijorat banklaridagi ortiqcha mablag'larni Markaziy bankka
jalb qilish, muomaladagi pul massasini kamaytirish asosida inflyatsiya sur'atlarini
yanada pasaytirishga qulay shart-sharoitlar yaratdi.
Mazkur vositalarni bozor sharoitiga mos holda takomillashtirilishi tijorat
banklariniig likvidligini boshqarishning qulay vositalaridan biri sifatida REPO
(qimmatli qog'ozlarni qaytarib sotib olish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi
bitimi) operatsiyalarini yanada kengayishiga hissa qo'shmoqda. Shuningdek,
Markaziy bank tomonidan davlat qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish
bo'yicha faol ishlar olib borilmoqda. Davlatning o'rta muddatli obligatsiyalarini
joylashtirish bo'yicha doimiy kimoshdi savdolari o'tkazilmoqda.
Bundan tashqari, Markaziy bank ochiq bozordagi operatsiyalar hajmini
oshirish maqsadida, monetar siyosatning bozor mexanizmlaridan keng
foydalanilgan holda,o'zining obligatsiyalari bilan ham moliya bozorida qatnashib
bordi.
Markaziy bank obligatsiyalari bilan amalga oshirilgan savdolar hajmi yildanyilga ortib bordi. Xususan, 2005yilda Markaziy bankning yuridik
shaxslarga mo'ljallangan obligatsiyalarini joylashtirish bo'yicha jami 17 ta kimoshdi savdosi o'tkazilib, ularda joylashtirish uchun e'lon qilingan
obligatsiyalar hajmi 20,0 mlrd. so'mni tashkil etdi va ular bo'yicha to'lanadigan
foizlar yuridik shaxslar uchun 9,5 foizni tashkil qildi.
Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqarilgan davlat o'rta muddatli
obligatsiyalari bilan birlamchi va ikkilamchi bozorlarda oldi-sotdi operatsiyalarini
amalga oshirish davom ettirildi.
2010 yilda Moliya vazirligi tomonidan yuridik shaxslar uchun chiqarilgan
obligatsiyalarni joylashtirish bo'yicha o'tkazilgan auktsion savdolarida 23,6 mlrd.
so'mlik obligatsiyalar joylashtirildi. Bunda, 17,9 mlrd. so'mlik obligatsiyalar
birlamchi savdolarda, qolgan 5,7 mlrd. so'mlik obligatsiyalar esa ikkilamchi
savdolarda qo'shimcha joylashtirildi.
2011 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra muomaladagi davlat o'rta muddatli
obligatsiyalari hajmi 53,0 mlrd. so'mni tashkil etib, shundan 42,0 mlrd. so'mi
(yoki 79,9 foizi) banklar hissasiga, qolgan 11,0 mlrd. so'mi (yoki 20,1 foizi)
korxonalar hissasiga to'g'ri keladi. Ushbu obligatsiyalar bo'yicha o'rtacha yillik
daromadlilik 5,8 foizni tashkil etdi.
Markaziy bank pul-kredit ko'rsatkichlari, jumladan yalpi pul massasining
belgilangan darajada bo'lishini ta'minlashva oltin-valyuta zaxiralarining oshishi
hisobiga muomalaga chiqarilgan ortiqcha pul massasini qaytarib olish maqsadida
tijorat banklarining mablag'larini depozitlarga jalb qilish bo'yicha operatsiyalarni
muntazam ravishda amalga oshirib bordi.
Iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish maqsadida Markaziy bankning qayta
moliyalash stavkasi 2011 yilning 1 yanvaridan yillik hisobda 14 foizdan 12
foizgacha tushirildi va hozirgacha o'zgartirilmasdan saqlab turildi. Bu esa, o'z
navbatida pul bozorida foiz stavkalarining pasayishiga olib kelib, xo'jalik
yurituvchi sub'ektlar xarajatlarining kamayishi va buning natijasida ularning
investitsion faolligini oshirishga xizmat qildi.
2013 yilda jismoniy shaxslarning tijorat banklaridagi depozitlari bo'yicha
o'rtacha tortilgan foiz stavkalari yil boshidagi 9,9 foizdan yil oxirida 9,6
foizgacha tushdi. Yuridik shaxslarning jamg'arma va muddatli depozitlar bo'yicha
o'rtacha tortilgan foiz stavkalari 201 3 yil davomida 6,1 foizdan 5,9 foizgacha
pasaydi.
Aholi real daromadlarining o'sishi, bank tizimiga bo'lgan ishonchning ortib
borishi hamda iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarning pasayishi kabi omillar
ta'sirida, 2014 yil davomida jismoniy shaxslarning tijorat banklaridagi depozitlari
bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkasi yil boshidagi 9,6 foizdan dekabr oyining
oxirida 6,4 foizgacha, yuridik shaxslarning jamg'arma va muddatli depozitlar
bo'yicha stavka esa 6,8 foizdan 6,0 foizgacha pasaydi.
2014 yilda iqtisodiyotning pulga bo'lgan talabi to'liq qondirilgani holda
pul-kredit ko'rsatkichlari va inflyatsiyaning belgilangan maqsadli parametrlar
doirasida bo'lishini ta'minladi.
O'z navbatida, bank tizimining barqarorligi, aholi va xo'jalik yurituvchi
sub'ektlariga ko'rsatiladigan bank xizmatlarini yanada kengaytirish, sifatini
oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bank tizimi moliyaviy
vositachilik rolining mustahkamlanishiga olib kelmoqda.
Pul bozoridagi moliya institutlarini shakllantirish jarayonida majburiy
rezervlar siyosati iqtisodiyotdagi pul massasini tartibga solish hamda buning
natijasida Markaziy bankda saqlaniladigan majburiy zaxiralarning banklar
likvidligini tartibga solish qo'shimcha vositasi sifatida qo'llanildi. Markaziy bank
mazkur instrumentdan, bir tomondan ushbu maqsadlarda foydalangan bo'lsa,
ikkinchi tomondan banklarning uzoq muddatli resurslari miqdorini oshirishga
qaratilgan siyosat yuritishda foydalanmoqda. O'tgan davrda tijorat banklari
tomonidan mablag'larni Markaziy bankda majburiy zaxiralarda saqlash tartibi
ham takomillashtirib borildi.
O'zbekistonda Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatining ushbu
vositasidan pul massasini tartibga solish vositasi sifatida 1994 yildan boshlab
foydalanib kelinmoqda.
Milliy valyutaning muomalaga kiritilishi va qat'iy pul-kredit siyosatining
olib borilishi natijasida 1995—1997 yillarda inflyatsiya sur'atlari sezilarli
darajada pasaydi. Natijada tijorat banklarining real sektorga kredit berish
faoliyatlarini rag'batlantirish maqsadida majburiy zaxira talablari me'yorlari ham
pasaytirildi. Ushbu me'yor 1996 yilning iyulidan e'tiboran 30 foizdan 25
foizgacha tushirildi.
Milliy valyutaga bo'lgan ishonchni oshirish, bank tizimi uchun
mablag'larning barqaror manbaasini shakllantirish maqsadida O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002 yilda O'zbekiston Respublikasining
«Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to'g'risida»gi
Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga muvofiq tijorat banklariga fuqarolarning
banklardagi omonatlarini kafolatlash tizimi yaratildi. Ushbu qonundan kelib
chiqqan holda tijorat banklariniig jismoniy shaxslardan jalb qilgan depozitlari
majburiy zaxira fondiga deponentlashdan ozod qilindi.
Shuningdek, Markaziy bankda majburiy zaxiralarga deponentlashning
o'rtacha oylik metodologiyasiga o'tilishi (oy oxiridagi ma'lumotlardan foydalanish
o'rniga) pul kredit siyoeatining ushbu vositasidan foydalanish samaradorligini
sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.
Markaziy bank tijorat banklariniig moliyaviy ahvolini yaxshilash va
likvidligini oshirish hamda pul massasi o'sishini cheklash maqsadida, xalqaro
bank amaliyoti tajribasidagi o'rnatilgan me'yorlardan kelib chiqib, 2002 yildan
tijorat banklari tomonidan mablag'larni Markaziy bankda majburiy zaxiralashning
yangi tartibini (o'rtacha oylik) amaliyotga tatbiq etdi. Ushbu tartibning joriy
etilishi pul-kredit sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligiga ijobiy ta'sir
ko'rsatdi, ya'ni pul multiplikatorini pasaytirish orqali muomaladagi pul massasini
birmuncha kamaytirish imkonini berdi.
Xalqaro bankchilik tajribasini o'rgangan holda yangi tahrirdagi «Tijorat
banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi
to'g'risida»gi Nizom ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida
2005 yil 18 yanvarda 1444-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazildi va 1 fevraldan
kuchga kiritildi.
Ushbu Nizomga asosan milliy valyutadagi depozitlar uchun majburiy
zaxira talablari me'yori 20 foizdan 15 foizgacha tushirildi va xorijiy valyutadagi
depozitlar uchun esa 5 foiz miqdorida majburiy zaxira talablari qo'llanila
boshlandi 2014 yilda inflyatsiya va pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib
chiqib hamda tijorat banklarida uzoq muddatli resurs bazasini yanada
kengaytirish maqsadida, majburiy rezervlar normasi, yuridik shaxslarning talab
qilib olinguncha va 1 yilgacha bo'lgan muddatga jalb qilingan depozitlar uchun –
15 foiz, 1 yildan 3 yilgacha bo'lgan depozitlar uchun – 12 foiz, 3 yildan ortiq
bo'lgan depozitlar uchun – 10,5 foiz miqdorida o'zgartirilmasdan qoldirildi.
2013 yilda tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezervlari hajmi 207 mlrd. so'mga ko'paydi 201 4 yilda tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezervlari hajmi 443 mlrd. so'mga yoki yil boshiga nisbatan 31,8 foizga ko'paydi. 2012-2014 yillar oralig'ida tijorat banklarining majburiy zaxiralari 2 martadan ko'proqqa ortib, qariyb 1,8 trln. so'mga etdi.
AOTB Ipoteka bankning faoliyatiga 2009 yilda markaziy bankning majburiy zaxira normalarini o'zgarishi uning kreditlash jarayoniga katta o'z ta'sirini ko'rsatmagan holda uning o'z mijozlari oldida barqarorligini mustahkamlanishiga olib keldi (6-rasmga qarang). Xususan, 2014 yilda 2011 yilga nisbatan bankning umumiy zaxiralari 10%ga ortib, 36,7 mlrd. so'mga etgan.
Bankning zaxiralariga mutanosib ravishda uning kreditlash qobiliyati ham ortib borgan, xususan, mazkur davrda uning hajmi 95%ga ko'payib, kreditlar qoldig'I 945 mlrd. So'mni tashkil etgan.
Majburiy rezerv talablari mexanizmiga kiritilgan o'zgartirishlar uning
samaradorligini yanada oshirdi. Mustaqillik yillarida respublikamiz iqtisodiyotida katta tuzilmaviy o'zgarishlar ro'y berib, mamlakatimiz iqtisodiy jixatdan rivojlangan, sanoati va qishloq xo'jaligi eksportga yo'naltirilgan davlatga aylandi. Xalqaro mehnat taqsimotining yuzaga kelishi va rivojlanishi eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishiga va takomillashishiga asosiy sabab bo'ldi.
Valyuta operatsiyalarining keng ko'lamda rivojlanishi markaziy banklarga
ushbu bozorda erkin harakat qilishiga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga imkon
yaratdi. Markaziy bankning valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga imkon
beruvchi bir qator asoslar mavjud bo'lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni
ajratib ko'rsatish mumkin:
1. Markaziy bankning etarli miqdorda oltin–valyuta zaxiralariga ega bo'lishi;
2. Markaziy bankning xorijiy mamlakatlar banklari bilan keng tarmoqli
korrespondent ( vakillik ) munosabatlarining mavjudligi;
3. Markaziy bankka valyuta operatsiyalirini amalga oshirish tartibini
belgilab beruvchi me'yoriy xujjatlarni mavjudligi;
4. Chet el valyutalari bilan savdo qilishda mavjud bo'lgan savdo
udumlariga rioya qilish;
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta operatsiyalari, hozirgi
kunda Respublika Oliy Majlisi va Hukumatimiz tomonidan aniqlangan monetar
siyosatning asosiy yo'nalishlariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ta'kidlab o'tish
joizki, valyuta savdosida maqsadlilik va ustuvorlik printspiga ko'proq e'tibor
berilmoqda. Ushbu maqsadlarga quyidagilar kiradi:
- eksportyor uchun mahsulot ishlab chiqarish bilan mashg'ul bo'lgan korxonalar;
- chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning O'zbekistonda ishlab
chiqarish faoliyati natijasida olgan foydalari va divedentlari;
- Respublikamiz iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridagi ustuvor loyihalarida
qatnashayotgan korxonalarning so'm mablag'lari; - xalqaro turizm xizmati, xalqaro aloqalar bo'yicha xizmat safari va xorijda ta'lim
olish bilan bog'lik xarajatlar.
Mazkur maqsadlar uchun valyuta savdosini amalga oshirish tartibi faqat
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Shunday qilib,
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
uchun zarur bo'lgan barcha asoslarga ega.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining
Markaziy bank balansida turishi, mamlakat Markaziy bankining (davlatlarning) moliyaviy jihatdan barqarorligini namoyon qiladi. Chunki, odatda, Markaziy bank davlatlarning tashqi qarzini to'lash bilan bog'liq barcha operatsiyalarga o'z vaqtida xizmat ko'rsatish, shuningdek, xalqaro operatsiyalar bo'yicha hisob-kitoblarni ta'minlash uchun mas'uldir.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosati doirasida
amalga oshiradigan asosiy vazifalardan biri mamlakatda tijorat xarakteridagi
valyuta operatsiyalarini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish hisoblanadi.
2014 yilda valyuta siyosati milliy valyuta va narxlar barqarorligini
ta'minlash hamda eksportni rag'batlantirishga yo'naltirildi. Bunda ichki valyuta
bozorida almashuv kursini maqsadli koridor doirasida ushlab turish uchun,
valyuta savdolarida interventsiya operatsiyalarini amalga oshirish orqali
Markaziy bank tomonidan so'm almashuv kursining o'zgarib boruvchi
boshqariladigan usuli qo'llanildi. Eksportni rag'batlantirish maqsadida so'mning
AQSh dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko'rildi.
Natijada 201 5 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra bir AQSh dollarining
nominal qiymati 1 795,0 so'mni tashkil qilib, milliy valyutaning devalvatsiyasi
9,5 foizga teng bo'ldi. 201 5 yil davomida so'mning AQSh dollariga nisbatan
ayirboshlash kursi 10,5 foizga pasayib, 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra bir
AQSh dollari 1984,0 so'mni tashkil qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |