2.Bankning avtomatlashtirilgan axborot tizimining texnik ta’minoti.
BnAATni texnik ta’minlash jarayonlarida bank texnologiyalari apparat vositalari arxitekturasi zamonaviy talablar asosida qurilishlari kerak. Ularga:
aloqaning turli-tuman telekommunikatsion vositalari, ko’p mashinali majmualar, «mijoz-server»ning arxitekturasidan foydalanish, mahalliy, mintaqaviy va global tezkor tarmoqlarni qo’llash, apparatli yechimlarini unifikatsiyalash kiradi.
«Mijoz-server» arxitekturasi banklarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qurilishidagi texnik yechimlarga zamonaviy yondashishning asosi bo’ladi. Bu texnik ta’minlanishni tashkil qilish va axborotlarni ishlab chiqishni mijoz (ishchi stantsiya) va server deb nomlangan ikkita tarkibiy qism o’rtasida taqsimlanishini ko’zda tutadi. Ikkala qism birlashtirilgan kompiyuterlarda bajariladi.
2-rasm. «Mijoz-server» arxitekturasi
Do'stlaringiz bilan baham: |