Mavzu: Bandlik va ishsizlik, ularning darajalari va turlari



Download 180,39 Kb.
bet16/17
Sana19.02.2023
Hajmi180,39 Kb.
#912789
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Mavzu Bandlik va ishsizlik, ularning darajalari va turlari

XULOSA VA TAKLIFLAR

Iqtisodiyotning barqarorligi va sog‘lomligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan biri ishsizlik darajasi hisoblanadi. Biroq, har qanday mamlakatda doimiy ravishda ma’lum darajada ishsizlik mavjud bo‘ladi. Umuman olganda, mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon bo‘lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik, hududiy, yashirin va turg‘un ishsizlik turlariga bo‘linadi.


Ishsizlikning umumiqtisodiy xarakteri ishchi kuchi bozorining o‘zi, mehnatga talab va uning taklifi o‘rtasidagi mutanosiblik ishsizlikni emas, ish bilan bandlikni shakllantirishidan ham kelib chiqadi. Ishsizlik, bir tomondan, go‘yo ish bilan bandlikning «teskarisi» hisoblanadi, ikkinchi tomondan, ish bilan bandlikni shakllantiruvchi omillardan farq qiluvchi omillar ta’sirini his qiladi. SHunday bo‘lsada, ishsizlik doimo ish bilan bandlik bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi: ish bilan bandlikning ko‘payishi, qoidaga ko‘ra ishsizlikni kamaytiradi, bu esa ishsizlikni, o‘z navbatida ish bilan bandlikni ko‘paytiradi. Ta’rifga ko‘ra ishsizlik – bu ishlashni istaydigan mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo‘lmagan miqdoridir. Makroiqtisodiy jihatdan ishsizlik – bu doimo jamiyat mehnat salohiyatidan, ishchi kuchi majmuidan ishlab chiqarish omili sifatida to‘la foydalanmaganlikdir.
Aholining ish bilan bandligini ta’minlashda qator muammolar va kamchiliklar mavjud: ish bilan ta’minlanishga muxtoj aholi sonining ko‘pligi, ishsizlik darajasining yuqoriligi; dastur ijrosi nazoratining bo‘sh tashkil etilganligi, tadbirkorlar muammolarining o‘z vaqtida hal etilmasligi; xorijda ishlab qaytganlarni ish bilan ta’minlash borasidagi ishlarning samarasi past ekanligi, bu borada mavjud imkoniyatlarning ishga solinmaganligi; kasanachilik ish joylarini ko‘paytirish imkoniyatlari ishga solinmayotganligi; yangi ob’ektlarni ishga tushirish, mavjud korxonalarni modernizatsiyalash ishlari (natijadorligining past ekanligi); tashkil etilgan ish joylarining salmoqli qismi qisqa muddatli va mavsumiy xarakterga egaligi; ish bilan band aholining salmoqli qismi ish haqi past bo‘lgan sohalarda, norasmiy sektorda va barqaror bo‘lmagan ish joylarida band etilganligi.
O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar kiradi.
Birinchidan, sanoat sohasidagi asosiy dasturlarning amalga oshirilishini davom ettirish, yirik yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish va kengaytirish.
Ikkinchidan, kichik biznes korxonalari, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini, ayniqsa, qishloq joylarida rivojlantirish, uy mehnati shakllarining, shu jumladan, yirik korxonalar bilan birgalikdagi shakllarining imkoniyatlarini kuchaytirish.
Uchinchidan, uy mehnati barcha turlari, avvalambor, mehnat shartnomalariga asoslangan korxonalar bilan hamkorlikdagi shakllarini hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish.
To‘rtinchidan, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini kengaytirish.
Beshinchidan, qishloq xo‘jaligi sub’ektlarini rivojlantirish va kengaytirish, ayniqsa, tayyor qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashga, sabzavot-poliz mahsulotlarini saqlashga, issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishga ixtisoslashgan sub’ektlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Oltinchidan, vaqtinchalik faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar, shu jumladan, tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan bankrot korxonalar faoliyatini tiklash.


Download 180,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish