ko’rsatdi. Virusologiyaning taraqqiy etishi natijasida viruslarning ko’plab xususiyatlari ochila boshladi. Elektron mikroskop yordamida bakteriofaglarning umumiy morfologiyasi o’rganildi va ularning irsiy modda DNK (dezoksiribonuklein kislota) tutuvchi boshcha, qisqarish xususiyatiga ega oqsil qobiq bilan o’ralgan dumcha va quticha qismida joylashgan o’zak va fibrillardan tashkil topganligi va bakteriofag o’z DNK sini bakteriya hujayrasiga «shpris» mexanizmi vositasida kiritishi, hujayra ichida o’ziga o’xshash bakteriofaglarni hosil qilishi, DNK ning reduplikasiyasi, bakteriofag struturasida qatnashuvchi oqsillar sintezi va virusning etilishi kabi jarayonlar aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |