1 - pastdan zarba, 2 -yondan zarba
Badmintonda harakatlar. Mutaxassislar badmintonda asosiysi oyoqlar ekanini ko‘p takrorlashadi. Ko‘plab badmintonchilar bu so‘zlarning naqadar to‘g‘ri ekaniga amaliyotda guvoh bo‘lishgan. Yaxshi o‘yinchi, badminton ustasi o‘yinning barcha asosiy texnik usullarini mukammal o‘zlashtirgan bo`ladi. Buning ma’nosi shuki, sportchi volanga o‘z vaqtida chiqib, ko‘p karra mustahkamlangan mushak reflekslarining yuqori texnik darajasida unga avtomatik ravishda to‘g‘ri zarba beradi. Ammo, mabodo, oyoqlar pand berib qolsa, volanga qarab cho‘zilishga, agar unga bir amallab yetganingda ham, unga mashqlarda shakllangan odatiy usullarni qo‘llay olmasdan noqulay vaziyatdan zarba berishga, kuch, tezlik va texnika borasida raqibga ustunlikni berib qo‘yishga majbur bo‘lasiz. Aynan shu bois, badmintonda harakatlar birinchi o‘rinda turadi.
Volanga yetib bora olsang - zarba berasan, yetolmasang - hamma urinishlarinig besamar ketadi. Bir latifada aytilganidek: artilleriya 18 ta sababga ko‘ra o‘q uza olmadi, birinchi sabab - o‘qlar tugab qolgan ekan. Maydonchada muvaffaqiyatli harakatlanishning asosini yaxshi tayyorlangan oyoqlar tashkil etadi. Har bir mashg‘ulotdan ularni mustahkamlash va rivojlantirishga xizmat qiladigan mashqlar o‘rin olishi zarur. Harakatlarni o`yinchining jismoniy imkoniyatlari va xarakterining ruhiy tipidan (bu haqda boshqa bo‘limda so‘z yuritamiz) kelib chiqib o‘zlashtirish kerak. O‘rta va katta qadamning (hamlaning) uzunligi, vestibulyar barqarorlik, sakrash balandligi, harakat paytida gavda holati juda muhim ahamiyatga ega. Quyida umumiy qoidalarga to‘xtalib o‘tamiz.
Harakatlanish gavdaning o‘yinga oid holatidan boshlanadi. U istalgan tomonga qarab amalga oshirilishi mumkin, ammo maydonchada himoyalanmagan nuqtalar mavjudligini va aksariyat hollarda o‘sha tomonga qarab: to‘rning o‘ng va chap ustunlariga qarab oldinga; yon chiziqlarga qarab yonboshga; o‘ng va chap olis burchakka qarab orqaga harakatlanishga to‘g‘ri kelishini unutmaslik kerak. Boshqa oraliq harakatlar ham bo'lishi mumkin, ammo yuqorida sanalgan oltita yo‘nalish asosiylari hisoblanadi. Badmintonda maydonchada harakatlanish yettita asosiy elementdan tashkil topgan bo‘ladi (48-rasm). Bular: oddiy qadam (bir qadam), qo ‘shimcha tashlangan qadam, chaparasta qadam, o'zgaruvchan qadam, sakrash, hamla, yugurish (yoki sakrab sakrab qadam tashlash).
Yana “qaytadigan qadam” deb nomlangan, o‘sha tartibda harakat boshlangan nuqtaga qaytishni anglatadigan bahsli tushuncha ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |