Mavzu: badiiy matnni sistem-funksional o'rganishga doir yu borev asarlarini o'rganish reja



Download 19,12 Kb.
Sana08.12.2022
Hajmi19,12 Kb.
#881669
Bog'liq
BADIIY MATNNI SISTEM-FUNKSIONAL O\'RGANISHGA DOIR YU BOREV ASARLARINI O\'RGANISH


MAVZU: BADIIY MATNNI SISTEM-FUNKSIONAL O'RGANISHGA DOIR YU BOREV ASARLARINI O'RGANISH
REJA:
1. Badiiy matnni sistem-funksional o'rganish
2. Adabiy oqimlar haqida ma’lumot.
3. Badiiy metod, adabiy yo’nalish va adabiy oqim mushtarakligi.
XX asr boshlari rus adabiyotidagi futuristlar, akmeistlar shu xil maktab sifatida ko‘rsatilishi mumkin.
San’at va adabiyotda hayot hodisalarini gavdalantirishning umumiy yo‘llari ijodiy metod deb Yuritiladi. Ijodiy metodga adabiyotlarda «Turmush hodisalarini tanlash, o‘rganish, idrok etish va tasvirlashning asosiy vositasi» (Shukurov N. Hotamov N. va b. Adabiyotshunoslikka kirish. – B. 103, T.: 1979 ), «san’atkorning anglayotgan voqelikka ijodiy munosabatlarining umumiy ijodiy prinsipi, ya’ni badiiy asarda voqelikni qayta tiklash prinsipi» (Sultonov I. Adabiyot nazariyasi.T.: 1980 ) turli xil ta’rif beriladi. San’at va adabiyotdagi ijodiy metodlar aslida inson dunyosini, uning ilgari anglanmagan jihatlarini ko‘rsatish borasidagi izlanish yo‘llaridir. Tadqiqotlarda ijodiy metodning ikki turi: romantizm va realizm qayd qilib o‘tiladi.
Romantizm metodi hayot haqidagi, inson to‘g‘risidagi orzular ifodasidir. Bu metodda yaratilgan asarlarda xayoliy voqealar, orzulardagi obrazlar asosiy o‘rin tutadi. Ijodkor o‘z orzuidagi insonni tasvirlash uchun ko‘pincha uni hayotdagidan kuchliroq, fidoiyroq qilib ko‘rsatadi. Farhod obrazida Navoiyning inson haqidagi ideallari o‘z aksini topgan.
Realizm metodi lotincha realis so‘zidan olingan bo‘lib, «bor, mavjud narsa, haqiqiy» degan ma’noni bildiradi. Realizm metodining o‘ziga xos xususiyati hayot hodisalarini bor bo‘yi bilan ko‘rsatish va undagi mavjud nuqson, kamchiliklarni tanqid qilish desakuncha to‘g‘ri bo‘lmaydi.Chunki, kishilarda uchraydigan qusurlar boshqa metodlarda ham ifodalanishi mumkin. SHo‘ro tuzumi davrida «sotsialistik realizm metodi realizmning yuqori bosqichi» deb kelindi. Bu noto‘g‘ri qarash ekanligi aniq misollar bilan isbotini topdi.Chunki adabiyot va san’at hodisalarini ijtimoiy tuzum nomi bilan yuritish tamomila noo‘rindir.
Sharq adabiyotida realizmning rivoji XX asrga oid deb qaraladi. Adabiyotda ko‘pgina oqim va yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tish lozim. Klassitsizm lotincha so‘z bo‘lib, namuna, ibrat degan ma’nolarni bildiradi. Bu oqim namoyandalari o‘tmish adabiyot namunalarini o‘zlari uchun namuna, mezon, ibrat qilib olganlar. Klassitsizm nazariyotchilaridan biri fransuz adibi va adabiyotshunos N.Bualodir. Klassitsizmga ko‘ra hamma narsa qat’iy qoida asosida ko‘rsatilishi lozim. Voqea bitta yaxlit syujet tarzida gavdalantirilishi, voqea birjoyda bo‘lib o‘tishi, yigirma to‘rt soat ichida ro‘y berishi lozim. Kornel, Rasin, Moler bu yo‘nalish qoidalariga amal qilib asarlar yaratishgan.
Syurrealizm fransuzcha so‘z bo‘lib, realizmdan ham Yuqori degan ma’noni bildiradi. Unda hayot va inson dunyosi mohiyati kutilmagan obrazlar va ramzlarda tasvirlangan. XX asrda Fransiyada paydo bo‘lgan. Pol Verlen, O.Mandelshtam, A.Axmatova, M.Svetaeva, A.Blok asarlari alohida ajralib turadi.
Naturalizm namoyandalari badiiy asarga inson haqida ma’lumot beruvchi hujjat deb qarashgan. Ular qahramonlar hayot tarzini barcha tafsilotlari bilan bayon etishadi. Emil Zolya, Flober, Mopassan kabi adiblar bu oqim namoyandalaridir.
Bundan tashqari modernizm, futurizm, sentimentalizm, abstraksionizm kabi oqimlar ham turli adabiyotlarda ma’lum davrlarda mavjud bo‘lgan. Ularda ham etuk asarlar yaratilgan.
Adabiyotshunoslikda adabiy yo‘nalishlarni ajratishda turlichalik bor. Jumladan, ayrim adabiyotshunoslar adabiy yo‘nalish deganda anglangan g‘oyaviy-estetik tamoyillarga, turli darajada amal qilinuvchi ijodiy dasturga ega bo‘lishlikni shart qilib qo‘yadilar. Biroq bu xil yondashuv chalkashliklar keltirib chiqarishi, mohiyatan bir xil adabiy hodisalarni turli atamalar bilan nomlashni keltirib chiqaradi. Masalan, bu holda klassitsizmni - adabiy yo‘nalish, romantizmni adabiyot taraqqiyotidagi bosqich deb ataladiki, bu unchalik maqbul emas. Biz adabiy yo‘nalishlarni Yu.Borev qarashlaridan kelib chiqqan holda ajratishni maqbul deb bilamiz. Unga ko‘ra, o‘tmish adabiyotidagi (mifologik realizm, o‘rta asrlar simvolizmi, uyg‘onish davri realizmi, barokko, klassitsizm, ma’rifatparvarlik realizmi, sentimentalizm, romantizm, tanqidiy realizm) hamda XX asr adabiyotidagi (realizm, sotsialistik realizm, syurrealizm, ekzistensializm) yo‘nalishlar ajratilishi mumkin.
1960 yillardan boshlab, uchta nazariy yondashuv juda katta ta’sir kuchiga ega bo‘la boshladi: tilga bag‘ishlangan keng masshtabli refleksiya, tasvirlar, dekonstruktivizm va psixoanalizga xos bo‘lgan adabiyotshunoslik kategoriyalari, jins rolining tahlili, qaysiki feminizm oqimi orqali ifodalangan jins rolining tahlili kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Adabiyot nazariyasi har xil g‘oyalarning to‘plami bo‘lmay, bu jipslashgan kuchdir. Nazariya kitobxonlar va yozuvchilar bilan birgalikda, ma’rifiy va madaniy institutlar bilan birgalikda mavjuddir. 1960 yillargacha ham bir qancha nazariy yo‘nalishlar mavjud edi. XX asrning o‘ziga xos alomatlaridan biri rivojlanayotgan ommaviy kommunikatsiya tufayli ommaviy madaniyatning tarqalishidir. Ommaviy kommunikatsiya nima? Ommaviy madaniyat – bu real hayotning belgilar orqali ifodalanishidir. Ommaviy madaniyat bilan asosiy(fundamental) madaniyat qarama-qarshi qo‘yiladi. Fundamental madaniyat(elitar madaniyat deb ham yuritiladi) –bu chuqur ikkilamchi obraz bo‘lib, ikkilamchi modellashtiruvchi tizimdir. U til vositasida ifodalanishga muhtoj. Quyida har ikkala madaniyatga xos xususiyatlarni keltiramiz:
Ommaviy madaniyat – bu: unga antimodernizm va antiavangardizm xosdir. Modernizm va avangardizmga yangilik xususiyati xos bo‘lsa, Ommaviy madaniyat esa an’anaviy va turg‘unlik xususiyatiga ega. U o‘rtacha saviyadagi katta miqdordagi o‘quvchilar, tomoshabinlar va tinglovchilar uchun mo‘ljallangan. Ommaviy madaniyat o‘ziga jalb qiluvchidir, chunki u katta daromad keltirishi lozim. Uning badiiy asarlarida ong oqimi, intertekst, chekinishlar bo‘lmasligi zarur. Unga intriga va peripetiyalari bilan aniq syujetli asarlar kerak bo‘lib, ularning janrlari aniq farqlanib turishi xosdir. Ular kinematografiya janrlaridir: detektiv, triller, komediya, melodrama, dahshatli filmlar – chillerlar, fantastika, pornografiya. Har bir janr o‘zining qat’iy sintaktik qurilishiga ega. Bu qonuniyat. Uni buzish katta moddiy zarar keltiradi. Axir har bir asar uchun katta mablag‘ sarflanadi. Komediya detektivni buzmasligi kerak, triller esa odamni to‘liq zabt etuvchi va xavfli bo‘lishi shart.
Ommaviy madaniyatda adabiyot va kinematografiya matnlari shunday tuziladiki, ularni kitobxon yoki tomoshabin darrov tanib oladi. Matnda mazmun sayoz, takroriy jumlalar bisyor bo‘ladi Ommaviy madaniyat folklor o‘rnini bosdi. Unga takroriylik xos. Fundamental yoki elitar madaniyat –bu:madaniyat nihoyatda nozik ichki tuzilishga ega. U real borliqning ikkilamchi ifodasidir. Bu madaniyat modernizm va avangardizm usullaridan foydalanadi. Masalan, kino afishalarida oldingi o‘rinda bosh qahramonnning katta kallasi tasvirlanadi, orqada esa qandaydir odamchalar kimnidir o‘ldirishyapti. Tasvirdagi bunday buzib ko‘rsatish modernizm tarmoqlaridan biri syurrealizmga xosdir. Axir kallalar tanasiz bo‘lmaydi-ku! Totalitar rejimga ega bo‘lgan davlatlarda demokratiya bo‘lmaydi. U erda ommaviy madaniyatga yo‘l qo‘yilmaydi. U erda elitar madaniyat hukm suradi.
Download 19,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish