Rivojlantiruvchi: Darsda o’quvchilarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash. FK2 xalq og‘zaki ijodi namunalari va boshqa asarlarni bir-biridan farqlay oladi.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi, o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Dars metodi: Ifodali o’qish, mantiqiy savol - javob.
Jihozi: Mavzuga doir ko’rgazma,tarqatmali savollar.
Darsning borishi:
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b)Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; ball - to‘p, paint - ranglar.
II O’tgan mavzuni mustahkamlash
1. Shayx dushman taklifini nima uchun rad etadi?
2. Bosqinchilar Xorazmga nima maqsadda yurish qildilar?
III. Yangi mavzu bayoni:
SULTON MAHMUD VA BERUNIY
Nizomi Aruzi Samarqandiy
– Bugun biz sizlar bilan «Sulton Maxmud va Beruniy» hikoyasi bilan tanishamiz
O’quvchilarga hikoya animatsiya orqali taqdimetilib, kadr ortidan matn o’qiladi.
Hikoya mazmuni tushuntiriladi. O’quvchilardan biri hikoyani ifodali o’qiydi.
Qolgan o’quvchilar kuzatib boradilar.
Bir kuni Sulton Mahmud G‘aznada Ming chinor bog‘idagi qasrining boloxonasida vazirlar, olimlar, shoirlar bilan o‘tirib, birdan Abu Rayhon Beruniyga nazari tushibdi va uni imtihon qilmoqchi bo‘libdi.
— Qani ayt-chi, munajjim, — debdi u Abu Rayhonga murojaat qilib, — men shu boloxona to‘rt eshigining qaysi biri orqali tashqariga chiqishim mumkin?
Fikringni qog‘ozga yoz va shu yerdagilardan birontasiga, hatto o‘zimga ham ko‘rsatmay, men o‘tirgan ko‘rpachaning qatiga qistirib qo‘y!
Abu Rayhon usturlobni qo‘liga oldi, bo‘r va taxtacha keltirishlarini buyurdi. So‘ng oftobning balandligini o‘lchadi, jadval tuzdi, biroz o‘ylanib turib bir parcha qog‘ozga allanimalarni yozdi va uni to‘rt buklab, sulton aytgan joyga yashirdi.
— Topdingmi? — deb so‘radi sulton.
— Topdim, — dedi Abu Rayhon qo‘l qovushtirib.
Sulton qog‘ozga tegmadi, ustalarni chaqirtirib, boloxonaning kunchiqar tarafidagi devordan eshik ochishlarini buyurdi. So‘ng o‘sha eshikdan tashqariga chiqdi, hayal o‘tmay qaytib kirdi. O‘rniga o‘tirgandan keyin ko‘rpacha qatidagi qog‘ozni olib o‘qidi. Unda: «To‘rt eshikning birontasidan ham tashqariga chiqmaydilar, balki kunchiqar tarafdagi devordan yangi eshik ochtirib, o‘shandan chiqadilar», — deb yozilgan ekan. Sulton xunibiyron bo‘lib, g‘ulomini chaqirtirdi-da: «Abu Rayhonni qasr tomiga olib chiqib, yerga uloqtiringlar!» — deb amr qildi. Buyruq bajo etildi. Lekin u shu voqeadan sal ilgari sultonning ko‘rsatmasi bilan tortib qo‘yilgan soyabon ustiga tushdi.
Shuning uchun ham biron yeri lat yemadi. Sultonning amri bilan uni yana boloxonaga olib chiqdilar.
Sulton unga mug‘ambirona boqib dedi:
— Ey, Abu Rayhon! Buni ham oldindan bilganmiding?
— Ha, bilgan edim, sultonim, — deb javob qildi Abu Rayhon.
— Buni nima bilan isbotlaysan? — sulton unga o‘qday tikildi.
Abu Rayhon g‘ulomini chaqirtirdi. U xojasining daftarini keltirib berdi. Olim uning orasidan bir varaqni yirtib olib, sultonga tutdi. Sulton qog‘ozni o‘qib ko‘rib, hayron bo‘ldi, boshini quyi solib, sukutga ketdi.
«Meni falon kuni, falon joyda balandlikdan yerga uloqtirib yuboradilar. Lekin biron yerim lat yemay, sog‘-u salomat qolaman», degan gaplar yozilgan ekan.
– Bolajonlar, qanday notanish so’zlarga duch keldingiz?
Lug’at ishi:
boloxona – mahalliy tipdagi imoratning ikkinchi qavati va shu ikkinchi qavatdagi xona.
xunibiyron– jaxlichiqdi nazari tushibdi-ko’zi, nigoh tushibdi
o’qday tikildi-to’g’ri, tik, tikildi (ko’chma ma‘noli)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
«Sulton Maxmud va Beruniy» hikoyasini o’quvchilar «Ichida o’qish» usulida o’qib, reja asosida matn mazmunini qayta hikoya qiladi.
Test topshiriqlari:
1.Sulton Mahmud G’aznada Ming chinor bog.idagi qasrining boloxonasida
vazirlar, olimlar, shoirlar bilan o’tirib, birdan kimga nazari tushibdi ?
A)Abu Rayhon Beruniyga; B)Al – Xorazmiyga;
D) Abu Ali ibn Sinoga; E) Sohibqiron Amir Temurga;
2. “Abu Rayhon usturlobni qo’liga oldi” nimani keltirishlarini buyurdi?
A) kitob va qalamni; B) qog’oz va ruchkani;
D) bo’r va qalamni ; E) bo’r va taxtachani
3. Abu Rayhon Beruniy nimaning balandligini o’lchadi?
A) bolaxonaning; B) oftobning; D) devorning ; E) daraxtning:
4.Sulton xunibiyron bo’lib, Abu Rayhonni nima qilishni buyribdi ?
A) to’n kiydirishni; B) she‘r o’qishini ; D) yerga uloqtirishni ; E) kitob yozishini:
5. Abu Rayho Beruniy nimaning ustiga tushdi?
A)soyabonnimg; B) yerning ; D) tomning ; E) xashakning;
1. Sulton Mahmud Abu Rayhonning bilimdonligini qanday qilib sinab ko‘rdi?
2. Matndan Beruniyning o‘z taqdirini bashorat qilgan o‘rinlarni qayta o‘qing. U bunday donolikka qanday qilib erishgan, deb o‘ylaysiz?
V. Darsga yakun yasash va o’quvchilarni baholash. Savol-javob:
Hikoyat sizga yoqtimi?
O’quvchilar javoblari tinglanib, dars xulosalanadi.
O’quvchilar darsda ishtirokiga ko’ra baholanadilar.
VI. Uyga vazifa berish. «Sulton Maxmud va Beruniy» hikoyasini ifodali o’qib, so’zlab berish .
Savol va topshiriqlar.
Yuqorida keltirilgan matndan foydalangan holda matnni izohlang.
Test topshiriqlarini bajaring.
3 –sinf “O’qish kitobi” dan dars ishlanmasini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |