Mavzu: B. Karimovning "Ruhiyat alifbosi" asarida adabiyotshunoslik muammolarining yoritilishi



Download 1,47 Mb.
bet2/3
Sana26.03.2022
Hajmi1,47 Mb.
#511524
1   2   3
Bog'liq
13-amaliy. B.Karim Ruhiyat alifbosi

Taʼqib, tahdid va tahlikadan omonlikda qalam tebratish imkoniyati paydo boʻlgan muhitda ulugʻ adibimizga daxldor quvonch va surur, gʻam va tashvish afsus ila nadomat – barcha-barchasi toʻkib solindi. “Bir avlod umri davomida Abdulla Qodiriy taʼqiqlandi va tahqirlandi. Bu insonga qarshi, insoniyatga qarshi, xalqlarning maʼnaviy mulki boʻlgan tarixi, madaniyati va iftixor tuygʻusiga qarshi, tili, odati, dini, ixlos-eʼtiqodiga qarshi qilingan buyuk jinoyatning bir koʻrinishi edi…”. Bunday eʼtiroflar, haqiqat tantanasi baʼzan sheʼriy yoʻsinda ifoda etildi:

“Azaliy haq gapni yashirmoq nechun,

Zavol yoʻq eng asl isteʼdod uchun.

Agarda koinot tegirmon boʻlib,

Olamni yanchsa ham, qolgay u butun”

“Azaliy haq gapni yashirmoq nechun,

Zavol yoʻq eng asl isteʼdod uchun.

Agarda koinot tegirmon boʻlib,

Olamni yanchsa ham, qolgay u butun”.

Ayni zamonda adabiyotshunoslik ilmi Abdulla Qodiriy hayoti va ijodini, “Oʻtkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”dek goʻzal romanlariga munosabat tarixini qayta idrok etish, qayta baholash, qayta talqin qilish jarayoniga qadam qoʻydi.

Ilmiy tadqiqot qoidasiga koʻra obyekt tarixiga nazar tashlanadi; mavjud manbalarning holati ilmiy nuqtai nazardan kuzatiladi. Shu maʼnoda qodiriyshunoslik oʻzining yangi maydoni va bosqichiga kirar ekan, tabiiyki, aytilajak ayrim yangi fikrlarni avvalo mavjud manbalarga munosabatdan keltirib chiqarishi kerak edi.

Shu oʻrinda adibning nevarasi Xondamir Qodiriy tomonidan 1992 yili “Oʻtkan kunlar” romani 1926 yilgi, “Mehrobdan chayon” esa 1929 yilgi nashrlari asosida qayta nashr ettirganini taʼkidlash lozim boʻladi.Oʻzining ijodiy-ilmiy faoliyati davomida Abdulla Qodiriy asarlariga murojaatni kanda qilmagan adabiyotshunos olim Matyoqub Qoʻshjonov 90-yillarga kelib, koʻpgina kuzatishlarini “Qodiriy-erksizlik qurboni” hamda “Oʻzbekning oʻzligi”[3] degan kitoblarida jamlashga muvaffaq boʻldi.

M.Qoʻshjonov “Qodiriy – erksizlik qurboni” kitobida adabiy tanqidchilikning ulugʻ adib ijodiga munosabatining ayrim qirralarini tekshiradi. Ijoddagi, fikrdagi erksizlik Qodiriy ijodini talqin etishda naqadar gʻayriilmiy yondashuvlarga olib kelganligi ustida qimmatli fikrlar bildiradi. Abdulla Qodiriy ijodini talqin qilgan M.Sheverdin, S.Husayn, Oybekning ilmiy qarashlari bilan bahsga kirishadi. Adabiyotshunosning mukammal shakllangan estetik pozitsiyasi badiiy asarga estetik voqea, sanʼat namunasi, maʼnaviyatning koʻrkam obidasi sifatida qarashga imkon beradi. Agarda insonda bu ichki did-farosat, goʻzallikni anglash, his etish, tushunishdek neʼmat yoʻq boʻlsa, adabiyotdek pokiza maydonga, soʻz saltanatining oltin qasriga koʻzsiz qalb, qalbsiz koʻz bilan kirishdan foyda yoʻq.


Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish