2. Tuproqlarda azot miqdori va uning birikmalari dinamikasi
Tuproqning mexanikaviy tarkibi og’irlashib borgani sari yalpi azot miqdori ham ortadi. Bir ga maydondagi yalpi azot zaxirasi turli tuproqlarda 1,5 dan 15 t gacha o’zgaradi. Lekin qishloq xo’jalik ekinlarining azot bilan ta’minlanganlik darajasi uning yalpi miqdori bilan emas, balki o’simliklar o’zlashtirishiga molik mineral birikmalar miqdori bilan belgilanadi.
O’simliklar azotni asosan mineral holatda o’zlashtiradi. Faqat azotning juda kam miqdori amid va aminokislotalar holida o’zlashtirilishi murnkin. Tuproqdagi yalpi azot miqdorining atigi 1 – 2% i mineral holatda bo’ladi.
Tuproqdagi azotli organik moddalarning ammiakka qadar parchalanishi ammonifikatsiya deb yuritiladi. Ammon ifikatsiya bakteriya, aktinomiset va mog’or zamburuglarning katta guruhini tashkil etadigan aerob va anaerob mikroorganizmlar ishtirokida amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |