Mavzu: Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish Reja



Download 1,02 Mb.
bet3/3
Sana27.03.2022
Hajmi1,02 Mb.
#513331
1   2   3
Bog'liq
Abdusattorova D NMKT

Ammiakli selitra ishlab chiqarish qurilmasi
Ammiakli selitra ishlab chikaradigan qurilma AS-72M ning texnologik sxemasi 3- rasmda ko‘rsatilgan.

3-rasm. AS-72M qurilmasining texnologik sxemasi:
1-ammiak gazini isitgich; 2-nitrat kislotasini isitgich; 3-NIF jihozi; 4,5 - qo‘shimcha neytrallagichlar; 6-kombinatsiyalangan bug‘latish jihozi; 7-bug‘-havo aralashmasini yuvgich; 8,18-skrubberlar; 9-gidroto‘sqich; 10-suyuqlanma filtri; 11-suyuqlanma baki; 12-nasos; 13-markazdan qochma nasos; 14-ammoniy nitrat eritmasi uchun bak; 15-bak.
Gaz holatidagi ammiak isitgich 1 dan o‘tib, 120-160OC gacha kiziydi. Nitrat kislota (58-60% li) esa isitgich 2 dan o‘tib, harorati 80- 90OC gacha ko‘tariladi. Ular ikkita parallel ishlaydigan NIF jihoziga tushadi.
Azotni bug‘-tomchi bilan (NH3, HNO3, NH4NO3, NO2 holida) yo‘qotilishini kamaytirish uchun nitrat kislota me’yoridan ortiqroq bo‘ladi. Chunki ammoniy nitrat eritmasi yuzasida HNO3 bug‘ bosimi ammiaknikiga nisbatan kamroq bo‘ladi. Jihozdan chiqayotgan HNO3 konsentratsiyasi (2-5 g/l) avtomatik boshqarib turiladi. Bu eritmaning harorati 150-170 C, NH4NO3 miqdori esa 89-92% bo‘ladi. Bu eritma asosiy 4 va nazoratchi 5 neytrallagichlarda ammiak bilan neytrallanadi. Bularga 30-40% li Mg(NO3)2 eritmasi beriladi. Konsentratsiyasi 0,1 -0,5 g/l ammiakli NH4NO3 eritasi kombinatsiyalangan bug‘latgich jihozi 6 ga tushadi. Undan suyuqlanma gidroto‘sqich - neytrallagich 9 va filtr 10 orqali yig‘uvchi bak 11 ga tushadi. Bakdan nasos 12 yordamida bak 15 ga yuboriladi. Bu bak esa donadorlovchi minora 17 ustida joylashgan bo‘ladi. Yuqoridagi bak 15 dan suyuqlanma uchta vibroakustik (tebranma akustik) donadorlagich 16 orqali minoraga sochiladi (bundan tashqari yana uchta donadorlagich zaxirada - navbatda turadi). Donadorlovchi minora 17 kesimi to‘g‘ri burchakli 11x8 m, qalinligi 2 mm li 08x17T markadagi po‘latdan yasalgan va uning balandligi 63,5 m ga teng. Minoraning tashqi tomoni uglerodli po‘lat bog‘lamlar bilan mahkamlangan.
Hosil qilingan suyuqlanma tebranma akustik donadorlagich 4- rasm da plastinka 3 ga o‘rnatilgan soplodan tushadi va plastinkadan ostki teshikli tebratgichdan kelayotgan akustik tebranishni singdirib sochiladi.

4-rasm. Akustik donadorlagich:


1-korpusi; 2-soplo; 3-plastinka; 4-to‘rli filtr; 5-teshikli tebranuvchi taglik.

Selitra suyuqlanmasi 0,2% namlikda 167OC atrofidagi haroratda kristallana boshlaydi, 140OC haroratda esa to‘la qotadi. Minora ostidan berilayotgan havo miqdori yoz oylarida 500 ming m /soat, qish faslida esa 300-400 ming m /soat bo‘ladi. Minoraning ostki konussimon qismidan donador mahsulot lentali transportyor 20 ga tushadi. Undan uch seksiyali sovutgich 21 ga tushadi va havo yordamida «qaynovchi qatlam»da sovutiladi. Sovutgichdan o‘tgan mahsulotning harorati yoz faslida 40-50OC, qish faslida esa 20-30OC bo‘ladi. Donadorlash va sovutish jarayonlarida selitraning namligi yana 0,1-0,15% ga kamayadi. Tayyor mahsulotda 99,8% NH4NO3 bo‘ladi. Agar atmosfera havosining namligi 60% dan yuqori bo‘lsa, uni isitgichlar 23 orqali yuboriladi. Mahsulot polietilen yoki 3-4 qavatli qog‘oz qoplarga joylashtirilib tikiladi va omborga yuboriladi.


Minoraning yuqori qismidan havo oltita skrubber 18 ga tushadi. Unda NH4NO3 changlari va ammiak 20% li ammoniy nitrat eritmasi bilan yuviladi va ventilyator 19 yordamida atmosferaga chiqariladi. Bundan tashqari bu skrubberlar orqali bug‘latgich jihozidan yuvgich 7 orqali o‘tgan gazlar va neytralizator skrubberi 8 dan o‘tgan gazlar ham o‘tadi.
Jarayonning texnologik sharoiti material va issiqlik oqimlarini avtomatik boshqarish orqali yaratiladi. Bunda mahsuldorligi 56,8 t/sutka bo‘lgan qurilmalarda 1 t donador ammiakli selitra (34,5% N) ishlab chiqarish uchun: 0,213 t ammiak (100% li), 0,793 t nitrat kislotasi (100% li), 0,96 Gj bug‘ va 28,3 kvt/soat elektr energiyasi sarf bo‘ladi.
Ko‘pincha texnik maqsadlarda kristallik holatidagi ammiakli selitra ishlatiladi. Bunday kristallik holatidagi ammiakli selitra barabanli kristallizatorlarda hosil qilinadi. Buning uchun 97,5-98,5% li NH4NO3 suyuqlanmasi ichki qismi suv oqimida sovutiladigan barabanli kristallizator yuzasida quritilib, mahsulot qirg‘ich yordamida qirib olinadi. Kristallik mahsulotning namligi 2% atrofida bo‘ladi. Uni to‘g‘ri oqimli baraban quritgichda 110-120OC gacha isitilgan havo bilan quritiladi. Natijada mahsulot 75OC gacha qiziydi va undagi namlik 2 barobar kamayadi.
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Справочник азотчика. Производство разбавленной и концентрированной азотной кислоты; Производство азотных удобрений… – М.: Химия, 1987. – 464 с.


2. G’afurov Q., Shamshidinov I. Mineral o’g’itlar va tuzlar texnologiyasi. – T.: Fan va texnologiya, 2007. – 352 b.
3. Kattayev N. Kimyoviy texnologiya. – T.: «Yangiyul polygraph service» MCHJ, 2008. – 432 b.
4. G’afurov Q., Shamshidinov I. Mineral o’g’it ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari. – T.: Fan va texnologiya, 2010. – 360
Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish