Bakterial o’g’itlar turlari Bakterial o’g’itlar turlari - Mikroorganizmlar - asosan, bir hujayrali mikroskopik tirik mavjudotlarning katta guruhi. M.ga bakteriyalar, aktinometsitlar, achitqilar, mogʻor zamburugʻlari, mikroskopik suvoʻtlar va boshqa kiradi. Mikroorganizmlar prokariotlar (hujayrasida yadro va xromosoma apparati yoʻq organizmlar) va eukariotlar (hujayrasida sitoplazma va membrana bilan ajratilgan yadrosi bor bir yoki koʻp hujayrali organizmlar)ga boʻlinadi. Mikroorganizmlar tabiat (tuproq, suv, oʻsimlik qoldiqlari va boshqalar)da keng tarqalgan. 1 g tuproq yoki suv osti gruntida 2—3 mlrd.gacha Mikroorganizmlar boʻladi. Mikroorganizmlar.ning oʻlchami turlicha boʻlib, ular mikronning oʻndan bir qismidan bir necha mikrongacha. Mikroorganizmlarning fiziologik-morfologik xususiyatlari va hayot sikli har xil. Koʻpgina Mikroorganizmlar bir hujayrali, baʼzilari, mas., mogʻor zamburuglari koʻp hujayrali iplar (mitseliy)ga ega. Mikroorganizmlar, odatda, xlorofillsiz, ammo baʼzilarida bakterioxlorofill va xlorofill bor. Koʻpchiligi boʻlinib, baʼzilari kurtaklanib, shuningdek, konidiya va sporalar hosil qilib koʻpayadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi Mikroorganizmlar. ham mavjud. Mikroorganizmlar tashqi muhitning har xil omillari taʼsiriga juda chidamli. Mikroorganizmlar tabiatda moddalar aylanishida katta rol oʻynaydi. Mikroorganizmlar oʻsimlik va hayvon qoldiqlarini parchalab, yashil oʻsimliklar oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan mineral birikmalar (mas., karbonat angidrid gazi, ammiak va boshqalar)ga aylantiradi.
Bakterial oʻgʻitlar – tarkibida ekinlar uchun foydali tuproq mikroorganizmlari boʻlgan preparatlar. Bakterial oʻgʻitlar tuproqqa solinganda oʻsimlik ildizi zonasida biokimyoviy jarayonlarni kuchaytiradigan va oʻsimlikning ildiz orqali oziqlanishini yaxshilaydigan mikroorganizmlar manbai hosil boʻladi. Bakterial oʻgʻitlar mikroorganizmlari oʻsimliklarning azot, fosfor va boshqa elementlar bilan taʼminlanishini yaxshilaydi. Ular oʻsimliklar uchun zarur biologik faol moddalar (auksinlar, vitaminlar va boshqalar)ni sintez qilish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, Bakterial oʻgʻitlar kasallik tugʻdiruvchi zamburugʻlarning kushandasi boʻlib, oʻsimliklarni kasallanishdan saqlaydi. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida 1935-yildan boshlab qoʻllanilgan. B.oʻ.dan azotobakterin, nitragin, fosforobakterin va boshqa ishlatiladi. Urugʻlik ekish oldidan Bakterial oʻgʻitlar bilan dorilanadi Bakterial oʻgʻitlar quruq binoda 0" dan 10° gacha haroratda zavod idishlarida saqlanadi va bir mavsum davomida foydalaniladi. - Bakterial oʻgʻitlar – tarkibida ekinlar uchun foydali tuproq mikroorganizmlari boʻlgan preparatlar. Bakterial oʻgʻitlar tuproqqa solinganda oʻsimlik ildizi zonasida biokimyoviy jarayonlarni kuchaytiradigan va oʻsimlikning ildiz orqali oziqlanishini yaxshilaydigan mikroorganizmlar manbai hosil boʻladi. Bakterial oʻgʻitlar mikroorganizmlari oʻsimliklarning azot, fosfor va boshqa elementlar bilan taʼminlanishini yaxshilaydi. Ular oʻsimliklar uchun zarur biologik faol moddalar (auksinlar, vitaminlar va boshqalar)ni sintez qilish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, Bakterial oʻgʻitlar kasallik tugʻdiruvchi zamburugʻlarning kushandasi boʻlib, oʻsimliklarni kasallanishdan saqlaydi. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida 1935-yildan boshlab qoʻllanilgan. B.oʻ.dan azotobakterin, nitragin, fosforobakterin va boshqa ishlatiladi. Urugʻlik ekish oldidan Bakterial oʻgʻitlar bilan dorilanadi Bakterial oʻgʻitlar quruq binoda 0" dan 10° gacha haroratda zavod idishlarida saqlanadi va bir mavsum davomida foydalaniladi.
- O'zR FA Mikrobiologiya institutida texnik va sabzavot ekinlari urug'larini ekish oldidan ishlov berish uchun FOSSTIM seriyasidagi bakterial o'g'itlar va kompleks ta’sir etuvchi RIZOKOM seriyasidagi biopreparatlar ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |