Azot guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi Kimyoviy elementlar davriy jadvalining V guruhi asosiy guruhchasi elementlari azot N, fosfor P, mishyak As, surma Sb va vismut Bi lar hisoblanadi. Bu elementlarning tashqi energetik qavatida elektronlar soni 5 ta bo’lib, energetik qavatchalarda quyidagicha joylashgan ns2np3nd0. Bu elementlarning barchasi tashqi energetik qavatini tugallash uchun 3 ta elektron yetishmaydi. Shuning uchun 3 ta electron biriktirib olib manfiy 3-oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Tashqi energetik qavatda joylashgan elektronlar qo’zg’algan holatida (azotdan tashqari) s1p3d1 ko’rinishda bo’ladi. Elektronlari qo’zg’algan holatda o’ziga nisbatan elektromanfiy elementlarga ana shu juftlashmagan 5 ta elektronni berib, musbat +5 oksidlanish darajasini namoyon qila oladi. Azot atomining tashqi elektron qavatida d-orbital yo’q, shuning uchun tashqi qavatdagi elektronlar 2s22p3 holida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |