Mavzu: Ayollar ichki kiyimlarini asos chizmalarini chizish va modellashtirish.
Ta’limiy: Talabalarga ayollar uy kiyimlarini modellash va badiiy bezashni
o`rgatish.
Tarbiyaviy: kasb–hunar o`rgatish va yo`naltirish, talabalarga
mehnatsevarlikni, tejamkorlikni o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini, ayollar uy kiyimlarini yangicha modelini va uni badiiy bezash usullarini o`rgatish.
Dars turi : ma`ruza.
Dars metodi: Tushuntirish, suhbat, ko‘rsatmalilik, zig-zag metodi.
Dars jihozi: ko`rgazmali materiallar,
O‟quv soatlari: 2 soat (80 daqiqa)
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. Talabalarni darsga tayyorlash.
II. O`tilgan mavzu bayoni: Oldingi mavzu yuzasidan savol –javob o‘tkazish,
berilgan topshiriqni tekshirish.
III.Yangi mavzu bayoni
Ayollar uy kiyimi. Qulay, yaxshilab o`ylab tikilgan uy kostyumi odamga va xonadonga yarashibgina qolmay, balki kishi kayfiyat yaxshi bo`lishiga, uni ish yuritishiga ko`mak bo`ladi, atrofdagilarni ham mamnun etadi. Ayollar uy kiyimi umuman xonadonning ichki ko`rinishiga muvofiq keladigan, odam atrofidagi narsalarga mos tushgan, monand bo`lishi kerak.
Ayollar uy kiyimi — bu interer umumiy ansamblining bir qismi. Ayollar uy kiyimi ham moda ta‘sirida bo`ladi va kiyimning aynan shu vaqtga xarakterli bo`lgan silueti, uzunligi, dekori, assortimenti Ayollar uy kiyimida ham aks etadi. Konkret shakllarni, materialar, dekorativ bezaklar, uslub echimlarini tanlashda odam shaxsiyati namoyon bo`lishi uchun Ayollar uy kiyimi katta imkoniyatlar beradi. Lekin Ayollar uy kiyimining umumiy tuzilishi uyda odamlarning batartib, ko`rkam va bardam ko`rinishiga yordam beradigan bo`lishi kerak.
Ayollar uy kiyimi nimaga mo`ljallanganligiga, yil fasliga va sutka vaqtiga qarab quyidagi guruhlarga bo`linadi:
1. Uxlash kiyimi, ertalabki va kechki yuvinish-taranish kiyimi.
2. Uyda ishlash kiyimi.
3. Mehmon kutish kiyimi.
Uxlash kiyimi — tungi ko`ylaklar, pijama poetik vazifasini o`taydi. Harir, ochiq rangli, yumshoq gazlamalar, to`rlar, kashtalar, qo`yma burmalar ayol kishi qiyofasiga noziklik
tiniqlik baxsh etadi. Bichimi sodda, choklari minimal darajada kam, odatda bo`yi uzun, uni ancha yengillashtirib, ixcham qilib ko`rsatadi. Kiyim assortimenti, bo`yining uzunligi odamning yoshiga, gavda tuzilishi xususiyatlari, turmush tarzi va sharoitiga qarab tanlanadi. Uxlash kiyimi o`simlik yoki geometrik xarakterdagi siyrak, mayda gullari bor ochiq mayin tusli bo`lishi kerak, bu uning massasi kam bo`lishi talabiga to`g`ri keladi. Bezaklar-kashta, qo`yma burmalar, ikki tomonlama qo`yma burmalar, to`rlar, mag`izlar, beykalar, tasmalar, bantlar, tikma to`rlar, pechak tasmalar va boshqalar bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |