Mavzu: Ayirmaning kvadrati Darsning maqsadi: a O’quvchilarga ayirmaning kvadratini



Download 39,5 Kb.
Sana03.09.2021
Hajmi39,5 Kb.
#162998
Bog'liq
ayirmaning-kvadrati-ochiq-dars-7-sinf


Mavzu: Ayirmaning kvadrati

Darsning maqsadi: a) O’quvchilarga ayirmaning kvadratini

topish formulalarsini tushuntirish va

uni keltirib chiqarishni o’rgatish

b) O’quvchilar hamkorlik bilan berilgan

topishiriqlarni inoqlik bilan

bajarishlarini o’rgatish.


  1. O’quvchilarga ayirmaning kvadratini topish haqida olgan bilimlarni rivojlantirish va mustaqil holda misollarda qo’llashni o’rgatish.

Dars tipi: yangi tushuncha beruvchi

Dars uslubi: interfaol

Dars usuli: kichik guruhlarda ish olib boorish

Dars jihozi: darslik, formulalar, taqdimot


Dars xaritasi


  1. Kirish 3 minut.

  2. Guruhlarga bo’lish 5 minut.

  3. O’tilgan muvzuni takrorlash 5 minut.

  4. Yangi mavzu bayoni 10 minut.

  5. Kalitlarda tasvirlar 6 minut.

  6. Kitob bilan ishlash 7 minut.

  7. Mavzu yuzasidan test 5 minut.

  8. Baholash 2 minut.

  9. Uyga vazifa 2 minut.

Ushbu dars interfaol usullardan biri kichik guruhlarda ishlash tarzida olib boriladi.

Sinf o’quvchilarii 3 – guruhga ajratib olish uchun og’irlik darajasi juda yengil bo’lgan misollarni javoblarini alifbodagi harflar nomeriga moslab yozilgan misollarni yechish bilan har bir guruh o’z guruhini aniqlab oladi.
Navoiy. Xorazmiy . Bobur.

1. 24 – 3 1. 24 + 6 1. 25 : 24

2. 10010 2. 23 + 6 2. 54 : 52 – 11

3. 52 – 22 3. (3+1)2 +1 3. 1240 +1

4. 42 – 2 4. 32 : 9 4. 42 +22

5. 23 5. 52 - 1 5. 62 : 2 – 1

6. 62 - 13 6. 42 - 4

7. 32 – 1

8. 52 – 2

Mana biz guruhga ham ajralib oldik:

1. Navoiy guruhi o’quvchilar siz, Navoiy haqida juda ko’p ma’lumotga egasiz yaqinda biz nimani nishonladik?

Alisher Navoiy tavalludining 573 yilligi nishonlandi.

2. Al – Xorazmiy guruhi o’quvchilar siz bilasiz fanlar bo’yicha qaysi oylik ketmoqda?

Matematika oyligidir.

Al – Xorazmiy kim? Algebra fanining asoschisi.

3. Bobur guruhi o’quvchilar yaqinda biz nimani nishonlaymiz?

Biz Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 531 yilligini nishonlaymiz.

Endi yangi mavzuga o’taylik. Biz qisqa ko’paytirish formulalarini o’rganishni boshladik.

Xo’sh o’quvchilar qisqa ko’paytirish formulalarini birinchi bo’lib isbotlab, izohlab bergan buyuk mutafakkir kim?

Abu Ali ibn Sino matematikaga oid ishlarida sonlarni kvadratga va kubga ko’tarish amallarini izohlab bergan.

Siz oldinki darsda ikki son yig’indisining kvadrati haqidagi formulani o’rgangandiz. Xo’sh ikki son yig’indisi nimaga teng ekan?

(a + b)2 = a2 + 2 ab + b2

Bu formulaga asosan misollar ham yechgansiz va o’z bilimlaringizni mustahkamlab olgansiz.

Bugun ikki son ayirmasining kvadrati formulasini o’rganamiz va bu formulani buyuk mutafakkirlarimiz qanday keltirib chiqarib berganlarini tushunib olamiz.

Ikki son ayirmasining kvadrati – birinchi son kvadrati, ayiruv birinchi son bilan ikkinchi sonko’paytmasining ikkilangani, qo’shuv ikkinchi son kvadratiga teng.

(a – b)2 = a2 – 2 ab + b2

Bu ikkala ifodani tengligini geometrik usulda ko’rsatib beramiz.

a – b b


T omoni a ga teng bo’lgan bizga

kvadrat berilgan bo’lsin.

Kvadratni kesmalar yordamida a – b a – b

2 ta kichik kvadrat va 2 ta

to’g’ri to’rtburchakka ajratib

o lamiz.

b b

a – b b


Hosil bo’lgan har bir shakllarning yuzini topib olamiz:

(a – b)(a – b); b(a – b); b2 ;

(a – b)(a – b) = a2 – b(a – b) – b(a – b) – b2

(a – b)2 = a2 – ab + b2 – ab + b2 – b2

(a – b)2 = a2 – 2 ab + b2

Demak, formula qanday keltirib chiqarilganini tushunib oldik.

Endi formulani misollarga qollay olishimiz karak.


  1. (x – 3)2 = x2 – 6x + 9

  2. (2x – 1)2 = 4x2 – 4x + 1

  3. (3x – 2)2 = 9x2 – 12x + 4

  4. 992 = (100 – 1)2 = 10000 – 200 + 1 = 9801

O’quvchilar mavzuni siz tushunganinggizni bilishim uchun kitobdagi misollarni yechishda “kalitlarda ishlash” oyinini o’tkazamiz. O’yin shunday doskada misollar yoziladi. Bu misollarni guruhdagi o’quvchilar navbat bilan yechib bo’laklangan hayvon rasmini yasashi kerak. Oxirida bu hayvon nomini ingliz tilida aytilishi shart.
Ot ( horse ) Sher (lion) Zebra (zebra)

(m – 2)2 (x – 3)2 (y – 6)2

(3 – x)2 (7 – m)2 (8 – x)2

(a – )2 (b – )2 (y – )2

(4 – y)2 (2 – a)2 (5 – m)2

Aytingchi o’quvchilar hozirgi musulmonlarning yili bo’yicha qaysi yil? Ot yili.

Keyingi yana bir shartimiz “ham bilimdon, ham chaqqon bo’lamiz.” Sharti bo’yicha bellashamiz. Bu shart shunday:

Mana men stol ustida o’zimiz o’rgangan formulalar bo’yicha misollar qo’yaman va shu misollardan har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib, tanlaydi va o’z guruh a’zolarini izohlab berishadi.

Bugungi mavzu bo’yicha olgan bilimlaringizni sinab ko’rish uchun eng sodda misollar yozib test tuzamiz va uni bajarasiz.

Test .


1. 9992 ni hisoblang?

A) 998010 B) 998001 C) 999001

2. a2 – 4a + 4 nimaga teng?

A) (a + 2)2 B) (a – 4)2 C) (a – 2)2

3. (2x – 1)2 nimaga teng?

A) 4x2 – 4x + 1 B) 4x2 + 4x + 1 C) 2x2 – 4x + 1

4. (y – 3)2 ni toping.

A) y2 – 3y + 9 B) y2 – 2y + 9 C) y2 – 6y + 9

5. 25x2 – 10x +1 nimaga teng?

A) (5x – 1)2 B) (5x + 1)2 C) (10x – 1)2

6. 492 ni hisoblang.

A) 2410 B) 2401 C) 2411

7. (x – 2)(x – 2) ko’paytmani hisoblang.

A) x2 – 2x + 4 B) x2 – 2x – 4 C) x2 – 4x + 4

8. 24 : 22 – 1 ni hisoblang.

A) 3 B) 4 C) 2

9. (a – b)2 nimaga teng?

A) a2 – 2 ab - b2 B) a2 + 2 ab + b2 C) a2 – 2 ab + b2

10. (3x + 2)2 nimaga teng?

A) 3x2 + 12x + 4 B) 9x2 + 12x + 4 C) 3x2 + 12x + 2

Test kaliti
1. B 6. B

2. C 7. C

3. A 8. A

4. C 9. C



5. A 10. B

Uyga vazifa : 114 – bet № 383 – 385
Download 39,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish