Mavzu: Axsikent yodgorligi



Download 28,54 Kb.
bet2/3
Sana12.04.2022
Hajmi28,54 Kb.
#545888
1   2   3
Bog'liq
Axsikent yodgorligi

Shahriston. Shahriston ikki qismdan iborat (Axsi IA, Axsi IB). Axsi IA (ichki shahriston) asosan 4 ta ob’ektda o‘rganildi (qazishmalar VIII, XI, XVII, XVIII ). Natijada, qadim va o‘rta asr shahar tarixi haqida juda ko‘p arxeologik materiallar qo‘lga kiritildi. Jumladan, er osti vodoprovodi kuzatuv xonasi bilan (qazishmalar VIII, XVIII), tagxona-omborxona (qazishma XI) va jome masjidi (qazishma XVII) qazib ochildi. Ichki shaxristonning (Axsi IA) saqlangan maydoni 8 ga. bo‘lib, uch tomondan mudofaa devorlar bilan o‘rab olingan.
Mudofaa devor faqat XVIII ob’ektda o‘rganildi. Qazishmalar shuni ko‘rsatdiki, XII asrning ikkinchi yarmida Axsi IA xom g‘ishtlardan qurilgan qalinligi 2,75 m mudofaa devor bilan o‘rab olingan ekan. 3
Birinchi shahristonning quyi qatlamlarini VIII stratigrafik ob’ektda o‘rganildi. Natijada, qalinligi 7,5 metrli 25 ta madaniy qatlamlar ajratildi (Anarbaev, 1988. S.175). Madaniy qatlamlar tagida 0,75-0,80 m qalinlikdagi agroirrigats3ion qatlam bor (M. Maksudov i dr. 1995. S.80-81). Bu qatlamlar 750-800 yil doimiy sug‘orish natijasida to‘plangan. Shahar miloddan avvalgi III asrni oxiri – II asrni boshlariga kelib paydo bo‘lgan. Yuqoridagi o‘rta asr (IX-XII) qatlamlari, asosan, qora metallurgiya va metallni qayta ishlaydigan ustaxonalar faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan.XI ob’ektda monumental turar joyning pishiq g‘ishtli polining bir qismi va undan pastga er ostiga qarab ketayotgan pillapoya hamda er osti gumbazli xona – tagxona ochib o‘rganildi. Xonaning gumbazi perspektivali o‘ziga xos tromplar orqali amalga oshirilgan. Kvadrat bo‘lmagan xonalarni gumbaz bilan berkitish O‘rta Osiyo o‘rta asr arxitekturasida kam bo‘lsada - uchraydi (Peregudova, 1992. S.9; Xmelnitskiy, 1996. S.120). Pol va pillapoyalar ustidan topilgan ko‘mirga aylanib qolgan bug‘doy qoldiqlari, xonaning ichki intereri, stratigafiya va boshqa topilmalar ushbu xonani tagxona, ya’ni har xil oziq-ovqat saqlaydigan omborxona, deb atashga hamda XI-XII asrlar bilan davrlashtirishga imkon berdi. Bunday oziq-ovqat saqlaydigan tagxonalar Afrosiyobda ham topilgan (Lebedeva, 1981. S.136-146). XVII ob’ektda jome masjidi topib, o‘rganildi. Tadqiqotlar natijasida 4 qurilish davri aniqlanib, undan 3 tasi masjidning qurilishi va faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, mo‘g‘illar bosqinigacha bo‘lgan davrga oid, 4 qurilish davri esa shahar vayron bo‘lgandan ancha keyin faoliyat ko‘rsatgan (XIV-XV asrlar) xunarmandlarga tegishlidir. Arxeologik qazishmalar natijasida masjidning g‘arbiy devori, mehrob, ayvon qoldiqlari, hovli va uning o‘rtasida hovuz topib, o‘rganildi. Ikkinchi davrda, aniqrog‘i uning birinchi etapida, yuqorida aytib o‘tilgan koridorsimon xonalar (VII ob’ekt) to‘ldiriladi va uning ustida maxsus burj paydo bo‘ladi. Uning quyi qismi saqlanib qolgan xolos. Bu burjga (VII ob’ekt) taqalib, shahar tomondan, kirish joylari keng bo‘lgan ikkita mahobatli koridorsimon xonalar qurilgan. Ular shahar himoyasida “kazemata” vazifasini bajargan. 2

VII ob’ektda XI-XII asrlarga oid turar joylar o‘rganildi. Bu erda jami 5 ta kvartal aniqlandi. Xammasi bo‘lib 56 ta xona qazib ochildi, ulardan 51 tasi 14 ta kompleksga bo‘linadi, qolgan 5 ta xona (10,24,28-29) shahar hayotining so‘nggi davrlariga mansub. Ushbu uylarning xonalari ketma-ket (anfilad) ko‘rinishda joylashgan.


Rabod. Rabodning (tashqi shahar) qoldiqlari jarliklar orasida tepaliklar ko‘rinishida saqlangan. Uning asosiy qismi ko‘p yillik xo‘jalik ishlari davomida buzilib ketgan. O‘rta asrlarda rabod shaharning asosiy qismini tashkil qilib, 350 gektardan ziyod maydonni egallagan. Bu erda monumental binolar va bog‘-rog‘lar ko‘p bo‘lgan.
Axsi II rabodning g‘arbiy qismi bulib, u 5 ta ob’ektda (qazishmalar V, VI, X, XIII, XIV) o‘rganildi. Natijada, IX-XI asrlarga oid uy (V ob’ekt), mis eritadaigan pech (XIII ob’ekt) topildi va antik davrga oid qizil angobli sopol idishlar kolleksiyasi (VI ob’ekt) qo‘lga kiritildi. 4
Tadqiqotlar natijasida, Axsi II xunarmandlar qarorgohi sifatida miloddan avvalgi I asrning boshlaridan paydo bo‘lganligi aniqlandi. Bu erda avval kulollar, keyinchalik metallurg-temirchilar yashab mehnat qilganliklar. IX-XI asrlarda bu xududda monumental uy-joylar quriladi va XI-XII asrlarda esa metal eritadigan pechlar quriladi. Axsi III - Sharqiy rabod, asosan, I va XVI ob’ektlarda o‘rganildi. 1960 yillarning boshlarida I-ob’ektda uchta arxitektura kompleksiga ega bo‘lgan klassik hammom qoldiqlari topilgan. Uning Sharqiy va g‘arbiy komplekslari murakkab muxandislik qurilishiga ega bo‘lib, yuvinish uchun mo‘ljallangan. Ularning o‘rtasida uchinchi kompleks - dam olish olish xonalari joylashgan. XVI ob’ektda pishiq g‘ishtdan svodli galereya ko‘rinishida bunyod etilgan erosti kanalizatsiya inshooti - tazar topilgan. Axsi III xududida g‘isht pishiradigan yirik xumdonlar, katta maydonni egallagan shahar axlatxonasi, VIII asrga oid madaniy qatlamlar va mudofaa devor qoldiqlari topib o‘rganildi. 5
Demak, Axsiket shahri joylashgan xududda (Eski Axsi) miloddan avvalgi X-IX asrlardayoq sug‘orma dehqonchilik yo‘lga qo‘yilgan ekan (Anarbaev, 2006. S.11).Miloddan avvalgi III asrning oxirlari II asrni boshida bu erda 40 gektardan ziyod maydonda shahar paydo bo‘ladi.Miloddan avvalgi II asrda 10 gektarli xunarmandlar shaxarchasi “rabod” vujudga keladi(Axsi II). Xitoy manbalarida (“SHitszi”, “Xanshu”) miloddan avvalgi II-I asrlarda Farg‘onaning (Davon) uchta poytaxt shaharlari: Ershi, YUchen, Guyshuan tilga olinadi (Bichurin, 1950. t. II. S.162-163,186). Ushbu shaharlarning lokalizatsiyasi bilan ko‘p olimlar shug‘ullangan. Asosiy e’tibor bosh poytaxt Ershining qaerda joylashganligiga qaratilgan. Ba’zi-bir olimlar uni O‘ratepa shahri o‘rnida bo‘lgan desa, boshqalari Qo‘qon shahri o‘rnida, deydilar (Bichurin, 1950; Borovkova, 1989). Lekin, ko‘pchilik olimlar Ershi – Mingtepa yodgorligi o‘rnida bo‘lgan, degan A.N.Bernshtam (Bernshtam, 1952) fikrini qabul qiladilar. 4
Eski Axsi yodgorligidagi arxeologik tadqiqotlar va yozma manbalarning tahliliy o‘rganish, Farg‘ona shaharlarining lokalizatsiyasini qayta ko‘rib chiqishni taqoza qilmoqda. Jumladan, Farg‘onaning bosh poytaxti Ershi Eski Axsi (Axsiket) yodgorligi o‘rnida bo‘lgan, degan yangi fikr aytilmoqda. Bu xaqida quyidagi materiallar guvohlik beradi: birinchidan, Eski Axsi yodgorligi o‘rnidagi shahar topografik nuqtai nazardan to‘rt qismdan iborat bo‘lib (ark, ikki shahriston- Axsi IA, Axsi IB, prigorod – Axsi II) 50 ga maydonni egallagan; ikkinchidan, Eski Axsi o‘rnidagi shahar o‘ziga xos, monumental va mustaxkam fortifikatsiyaga ega bo‘lgan. Miloddan avvalgi II asrning oxiri choragi - I asrda Axsiket mudofaa devorlari mahobatli ko‘rinishga ega bo’ladi.
Ayniqsa, Xitoy armiyasining harbiy yurishlaridan saboq chiqargan farg‘onaliklar bosh poytaxtning mudofaa holatini har tomonlama mustahkamlaydilar. Farg‘onaning boshqa yodgorliklarida Eski Axsi yodgorligidek mahobatli mudofaa istexkom yo‘q. Masalan, A.N.Bernshtam lokalizatsiya qilgan Ershi shahrining xarobasi Mingtepa (Marxamat) yodgorligida mudofaa devorlarning qalinligi 3,5 metrni tashkil qiladi xolos (Zadneprovskiy, Matbabaev, 1991. S.64, 67). Faqat shahar hayotining oxirgi davrlarida (III-IV asrlar) devorning qalinligi 7,5 metrga etadi. Eski Axsi yodgorligida madaniy qatlam yodgorlikning hamma joyida kuzatilgan. Mingtepada esa madaniy qatlam, asosan, yodgorlik ichida joylashgan tepaliklarda mavjud. Shu bilan birga Eski Axsi yodgorligidan topilgan moddiy-madaniyat namunalari, Mingtepadan topilgan topilmalarga nisbatan, boy va xilma-xildir.5 Sopol komplekslarining tahliliy o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, Mingtepa xududidagi shahar uzog‘i bilan miloddan avvalgi I asrda paydo bo‘lgan. Mingtepa arkining eng quyi qatlamlaridan olingan sopol idishlar shahar paydo bo‘lmasdan avvalgi qarorgoxga tegishli bo‘lishi mumkin. Agar Sharqshunos olim Pulliblankning, Guyshuan bu qadimgi Ershining keyingi atalishi, degan fikri to‘g‘ri bo‘lsa, unda bunga javoban Guyshuan shahri ham Eski Axsi o‘rnida bo‘lgan, deyish mumkin. Koson esa Farg‘ona podsholarining yozgi qarorgohi hisoblanib, u ham asosiy poytaxt singari Guyshuan, deb atalgan. V asrni oxirgi choragida (“Beyshi”) Davonni (Lona) bosh poytaxti avvalgidek Guyshuan deb atalgan.VIII asrning birinchi choragida arab tarixiy manbalarida Farg‘ona vodiysi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ladi. Jumladan, at-Tabori 5 Farg‘ona shaharlarining nomini keltiradi: Xo‘jand, Koson, Bob, Quva va Farg‘ona. Mug‘ tog‘idan topilgan sug‘d xatlarida ham Farg‘ona xaqida ma’lumotlar bo‘lib, unda Farg‘ona podshosi va Farg‘ona tutuki tilga olinadi. Arab yilnomachilaridan Ibn Xordadbex qit’alararo savdo yo‘li Buyuk Ipak yo‘lining Farg‘ona orqali o‘tgan qismini ifodalaganda quyidagi shaharlarni tilga oladi: Xudjand, Bob (Pop), Farg‘ona, Kuba (Quva), O‘sh, Uzgend, Atbosh. Ibn Xordadbexning yozishicha, Bob bilan Farg‘ona shaharlarini orasi 4 farsox, undan Quba shahrigacha 10 farsox bo‘lgan (Xordadbex, Agar yuqoridagi Ibn Xordadbex ma’lumotlarini chuqur tahlil qilib, uni xozirgi o‘lchov birliklari bilan qiyoslansa, unda Xordadbex tilga olgan Farg‘ona shahri Eski Axsi yodgorligi o‘rniga to‘g‘ri keladi.
Axsiket somoniylar davrida Farg‘ona vodiysining bosh poytaxti hisoblanib, u Buyuk Ipak yo‘li chorraxasida joylashgan. Bu erda tanga pullar zarb qilingan. Bu davrda Axsiket Farg‘onaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi sifatida go‘llab-yashnaydi. XI asrda Axsiketda zarbxona o‘z faoliyatini davom ettiradi; endi bu erda Qoraxoniylar davlati vakillari nomidan tanga pullar zarb qilinadi.XI asrning oxirgi choragidan qoraxoniylar davlati xududida tanga pullar zarb qilish keskin kamayib ketadi. Shu davrdan boshlab Axsiketda zarb qilingan tangalar uchramaydi. Lekin, arxeologik tadqiqotlarga qaraganda Axsiket qoraxoniylar davrida ham vodiyning asosiy iqtisodiy va madaniy markazi bo‘lib qolavergan.6
Xulosa qilib aytganda, Axsiketda X-XII asrlarda xunarmandchilik har tomonlama rivojlanadi. U metallurglar va temirchi ustalar shahriga aylanadi, ya’ni tajribali metallurglar temirdan toza sof po‘lat (fulad) ishlab chiqarish sirini bilganlar. Ustasi farang Axsiket xunarmandlari sof po‘latdan mashhur Damashq qilichlari nomi bilan mashhur bo‘lgan qurollar ishlab chiqarganlar. Bu qilichlar toshga ursa kesadigan, egilsa ham sinmaydigan sehrli qurollar hisoblangan (Anarbaev, 1998. S. 185). Bu davrda er osti vodoprovodlari va klassik hammomlar quriladi. XII asrning ikkinchi yarmi – XIII asrning boshlarida shaharning mudofaa devorlari qaytadan ta’mirlanadi, jumladan arkda harbiy arsenal – kazarma quriladi. Shahar 1219-1220 yillarda, mo‘g‘ullar istilosi natijasida, butunlay vayron bo‘ladi. Shundan keyin, Axsiket shahri yangi joyga - Yangi Axsi yodgorligi o‘rniga ko‘chadi.


Download 28,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish