Mavzu: Axloq falsafasi fani, tadqiqot doirasi,maqsad va vazifalari . . Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo`lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Ovropada esa «Etika» nomi bilan mashxurdir biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo`llar edik. Uni birinchi bo`lib yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o`rganadi. «Axloq» so`zi arabchadan olingan bo`lib, «xulq» so`zining ko`plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma`noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot ob`ektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe`l-atvori va hatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo`lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi - Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o`rganadi. «Axloq» so`zi arabchadan olingan bo`lib, «xulq» so`zining ko`plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma`noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot ob`ektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe`l-atvori va hatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo`lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi
Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg`otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo`lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli hatti-harakatlarni o`z ichiga oladi. - Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg`otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo`lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli hatti-harakatlarni o`z ichiga oladi.
- Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko`y miqyosida ahamiyatli bo`lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta`sir ko`rsatmaydigan yoqimli insoniy hatti-harakatlarning majmui.
- Axloq esa – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo`la oladigan ijobiy hatti-harakatlar yig`indisidir.
Axloq – arabcha xulq atvor ma’nosini bildiradi. U ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib ijtimoiy munosobatlar hamda shaxs hatti harakatini tartibga soladigan qonun qoidalar majmuidir. - Axloq – arabcha xulq atvor ma’nosini bildiradi. U ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib ijtimoiy munosobatlar hamda shaxs hatti harakatini tartibga soladigan qonun qoidalar majmuidir.
- Axloq – shaxs yoki guruh faoliyatini baholash orqali jamiyatdagi munosobatlarni boshqarish mehanizmi hisoblanadi.
- Axloq ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichiu sanaladi. Zero axloq va axloqiy meyorlarsiz shaxsning ruhiy va jismoniy yetukligining mezoni bo’lgan ma’naviy kamolotga erishib bo’lmaydi.
Suqrot faylasuflar orasida birinchi bo’lib Xudoni axloqiy ibtido sifatida talqin etib, inson qalbining ilohiy mohiyatga ega ekanini hamda abadiyligini ta’kidlagan. Suqrot faylasuflar orasida birinchi bo’lib Xudoni axloqiy ibtido sifatida talqin etib, inson qalbining ilohiy mohiyatga ega ekanini hamda abadiyligini ta’kidlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |