Mustaqil ish
SBIA90/21 guruh talabasi:Sadullayev
Shohjahon
Mavzu:Axborotlashgan jamiyat raqamli Iqtisodiyotni harakatlantiruvchi omili sifatida
Axborotlashgan jamiyat va uning asosiy tushunchalari,turli talqinlari,jahon amaliyotida rivojlanish bosqichlari.Axborotlashgan jamiyatga o’tishning asosiy me’moriy-huquqiy asoslari.Jamiyatdagi har bir fuqaroni axborot bilsn ta’minlanishi va axborotlar bilan ishlash imkoniyatlari.Jahon amaliyotida axborotlashgan jamiyatning asosiy ustuvor yo’nalishlari va O’zbekistonda axborotlashgan jamiyatni shakllantirilishi va rivojlantirilishi.Taqdimot muharririning asosiy tushunchalari va amaliy ishlash
Muhokama uchun masalalar
-Iqtisodiyatda raqamlashtirish?
-Axborotlashgan jamiyatning asosiy tushunchalari?
-Rivojlangan mamlakatlarda axborotlashgan jamiyatning asosiy ustuvor yo’nalishlari
Kirish
Assalom aleykum,ushbu mavzuda biz Axborotlashgan jamiyatning iqtisodga bo’lgan ta’siri,foydasi haqida gapiramiz.
1) Raqamli iqtisod va elektron hukumat
“Raqamli iqtisodiyot” atamasi birinchi bo’lib 1995-yilda Don Tepkott muallifligida
chop etilgan “Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va’da va xavf-xatar” (The
Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida
alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan. Ushbu nashrda raqamli iqtisodiyotning
asosiy tarkibiy qismlariga fundamental innovatsiyalar (yarimo’tkazgichlar,
protsessorlar), asosiy texnologiyalar (kompyuterlar) va bog’lovchi infratuzilmalar
(internet va telekommunikatsiya tarmoqlari) ajratib ko’rsatiladi.
Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi.
Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi
hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o’rni bilan
tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu o’ziga xos tushuncha bo’lib,
uning o’rganish obyekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Bugungi shiddat bilan
rivojlanayotgan global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o’z rivojlanishining
boshlang’ich davrida bo’lib, zamonamizning raqamli axborot bosqichiga o’tishi
atiga bir necha o’n yilni tashkil etadi
Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan
foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi
ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash,
sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradi.
Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko’prog’ida beqiyos
o’zgarishlar keltirib chiqarishi ta’kidlanmoqda. Jumladan, Jahon banki ekspertlari
fikricha, tezkor internetdan foydalanuvchilar sonining 10 foizga ko’payishi milliy
iqtisodiyotlar yalpi hajmini har yili o’rtacha 0,4-1,4 foizga oshirish imkonini beradi.
Dunyoda raqamli iqtisodiyot o’sishining sur’atlari yiliga deyarli 20 foizni tashkil
etmoqda. Taraqqiy etgan davlatlarda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki
mahsulotdagi ulushi 7 foizga yetgan. Ular hozirning o’zida raqamli iqtisodiyotning
joriy qilinishidan juda katta naf ko’rishmoqda. Xususan, Amerika Qo’shma Shtatlari
yiliga 400 milliard AQSh dollaridan ko’proq raqamli xizmatlarni eksport qilmoqda.
Mazkur davlat yalpi ichki mahsulotining 5 foizidan ko’prog’i bevosita internet va
axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari bilan bog’liq sohalarga to’g’ri keladi.
2025 yilgacha AQSh sanoatni raqamlashtirishdan qo’shimcha 20 trln. dollar
daromad olishi kutilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020-yil 13-fevral kuni axborot
texnologiyalarini rivojlantirishga bag’ishlangan tadbirda keltirgan statistik
ma’lumotlariga muvofiq AQShda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi
ulushi 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. O’zbekistonda
bu ko’rsatkich 2 foizdan ham oshmaydi.Mamlakatimiz prezidentining buyruqlariga binoan yaqin kelajakda axborot texnologiyalari ham rivojlanadi deya olamiz
2) AXBOROTLASHGAN JAMIYAT – ko‘pchilik a’zolarining faoliyati axborotni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatdir. Axborotlashgan jamiyatiga o‘tishda kompyutеr va tеlеkommunikasiya axborot tеxnologiyalari nеgizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga kеladi. jаmiyat hаyoti vа Ma’lumki, XXI asr axborotlashgan jamiyat asri deb ta’kidlandi. Buning mаzmuni shundаy rivоjlаnishidа аxbоrоtkоmmunikаtsiya tеxnоlоgiyalаri аsоsiy оmillаrdаn biri bo‘lib xizmаt qilmоqdа. Mаmlаkаtimz mustаqilligining dastlabki yillаridаyoq Rеspublikа birinchi Prеzidеnti Islom Kаrimоv: «Biz yaqin yillаr dаvоmidа аlоqа vа tеlеkоmmunikаtsiya rivоji bo‘yichа jаhоn stаndаrtlаri dаrаjаsigа ko‘tаrilishimiz lоzim. Rivоjlаngаn kоmmunikаtsiya tizimi bo‘lmаsа, O‘zbеkistоn kеlаjаgi bo‘lmаydi. Biz buni аniq his qilishimiz lоzim» dеb yozgаn аxbоrоtkоmmunikаtsiya tеxnоlоgiyalаrini rivоjlаntirish vа mаmlаkаtimizni jаhоn аxbоrоt mаydоnlаrigа kirib bоrishi, jumlаdаn, intеrnеt tizimlаridаn kеng fоydаlаnish bo‘yichа bаrchа huquqiy vа mе’yoriy аsоslаr yarаtildi.
Raqamli iqtisodiyotning yuksalishi 21-asrning o’ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Raqamli texnologiyalar jamiyat va iqtisodiyotga ko’p jihatdan ta’sir qiladi, shu
jumladan yangi aloqa va hamkorlik vositalari orqali; xizmat ko’rsatishning kuchli
tarkibiy qismiga ega bo’lgan yangi mahsulotlar; ma’lumotlarning iqtisodiy o’sish
omili sifatida roli; sun’iy intellekt (AI) yordamida vazifalarni avtomatlashtirish; va
platformalar kabi yangi biznes modellarining paydo bo’lishi. Shu sababli,
raqamlashtirish bizning hayotimiz va birgalikda ishlash tarzimizni tubdan
o’zgartiradi. Bu butun jamiyat farovonligi va birlashishi uchun oqibatlarga olib
keladi; shuningdek, barcha sohalardagi korxonalar uchun samaradorlik, bandlik,
ko’nikmalar, daromadlarni taqsimlash, savdo va atrof-muhitga ta’sir ko’rsatuvchi
ta’sirlar.
3)Axborotni saqlash vositalari – kitoblar paydo bo’ldi. Bu vositalarning ishlatilishini ta’minlovchi tashkilotlar – kutubxonalar vujudga keldi. So’ngra kitoblarni ishlatish jarayonida axborotni saqlash va uzatish, ularni ko’paytirish tezligini yetarli emasligi, nusxalash va nashrdan chiqarish muammolari turardi. Shu sababli kitob chop etish uskunalari ixtiro qilindi. Bu ixtiro qo’lyozmalar yozilgan davrdagiga nisbatan axborotlarni keng ko’lamda tarqatishga sabab bo’ldi. Insoniyat tomonidan yaratilgan hamma axborotlar keng ommaga yetkaziladigan bo’ldi. Axborotlar rivojlanishining yangi texnologiyalari paydo bo’ldi: jurnallar, kataloglar va h.k.
Alohida o’zaro fikr almashuvchi insonlar oqimi paydo bo’ldi. Axborot maxsulotlar ko’rinishini oldi va ishlab chiqarish bo’lagiga aylandi. Axborot insoniyatning har bir jabxasiga kirib bordi.
O’tgan asr o’rtalaridagi kompyuter revolyutsiyasi axborot rivojiga qattiq turtki bo’ldi va o’z navbatida kishilik jamiyatining axborotlashgan jamiyatga o’tishiga olib keldi. Bu jamiyatda insonlar yangi axborot texnologiyalarisiz hayotni tasavvur ham qila olmaydi.
Axborotlashgan jamiyatda – ko’pchilik ish bilan band aholi axborotni izlash, saqlash, qayta ishlash va tahrirlash bilan shug’ullanadi.
Axborot texnologiyalari – aniq mablag’lar yig’indisi bo’lib, uning yordamida insoniyat hayoti va faoliyatidagi xilma-xil jarayonlar bajariladi.
Yangi axborot texnologiyalari – bu axborotni qayta ishlash va saqlash uchun qo’llanadigan axborot texnologiyalari, zamonaviy shaxsiy kompyuterlar kommunikatsiya vositalari va har xil uskunalardir.
Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib borayotganini quyidagi
raqamlardan bilib olish mumkin: 2000 yildan 2012 yil oxiriga qadar dunyoda internetdan
foydalanuvchilar soni 9,6 barobarga oshib, 2,4 milliard kishiga etdi, mobil aloqa abonentlari soni
esa 13,4 barobarga oshib, 6,7 milliardni tashkil etdi. Internetdan foydalanuvchilarning 44,8 % (1,1
mlrd. kishi) Osiyo, 21,6 % (519 mln. kishi) Yevropa, 11,4 % (274 mln. kishi) Shimoliy Amerika
qit’alariga to‘g‘ri keladi. Jahon veb-auditoriyasining 45 %ini 25 yoshgacha bo‘lgan shaxslar
tashkil etadi. Mazkur o‘smirlarning 68 % har kuni kimgadir SMS-xabar jo‘natadi, 51 % ijtimoiy
tarmoqlarga kiradi, 30 % elektron pochtadan foydalanadi. Ayni vaqtda virtual olamda 600 mln.ga
yaqin internet saytlar mavjud bo‘lib, har oyda o‘rtacha 201,4 trln. videorolik ko‘rib chiqiladi, har
kuni 144 mlrd. elektron maktub jo‘natiladi.
Axborot tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruv xatolari juda qimmatga tushadi. Ayni paytda, boshqaruv va ishlab chiqarish samaradorligi, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va foydalanish bo‘yicha eng ko‘p axborotga ega bo‘lgan tizim yutib chiqmoqda. Mutaxassislar, birinchi galda iqtisodchilarning axborotga erkin kirib borishini sanoat rivojlanishi sharoitida bozor iqtisodi samaradorligining asosiy shartlaridan biri deb hisoblaydi. Ularning faoliyati va jamiyat ishlab chiqarishining asosiy sohalari u yoki bu ma’noda axborot bilan bog‘liq bo‘lib, ish bilan band bo‘lganlarning 40-60 % ini tashkil etadi. Axborot xizmatlari jahon yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadining 10 % ini tashkil qilmoqda. Shuning 90 % i AQSH, Yaponiya va G‘arbiy Yevropa hissasiga to‘g‘ri keladi. Axborot intellektual faoliyatning muhim mahsuloti sanaladi. Sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda ushbu mahsulotlarni o‘z foydalanuvchilariga yetkazishning «usullari va vositalari» ni ishlab chiqish hamda joriy etish jadal sur’atlarda olib borilmoqdaki, bu axborot tizimlari va texnologiyalari sanoatini yaratishda o‘z aksini topgan.
Xulosa:Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki,jamiyatning axborotlashishi iqtisodning rivojlanishiga turtki bo’ladi.Shu sababli yurtimizda hozirda axborotlashish tizmi kuchaytirilyapti va bu esa bizni buyuk kelajak kutayatganidan dalil beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |