Mavzu: Axborotlarni kodlash usullari



Download 0,95 Mb.
bet2/4
Sana25.04.2023
Hajmi0,95 Mb.
#931883
1   2   3   4
Bog'liq
Kodlash

Qadimgi Rim imperatori Yuliy Sezar ham axborotning mahfiyligini saqlash uchun matnni kodlash usulini o‘ylab topgan. «Sezar shifri»da matndagi harf alifboda o‘zidan keyin kelgan uchinchi harfga almashtiriladi. Bunda alifbo doiraviy yozilgan hisoblanadi. Bu kodlash usuliga alifboni surish usuli deyiladi. Sezar usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin.


Ssital va Sezar usullari tekis kodlash usuliga misol bo‘ladi.

Kodlash usullari

Semyuel Morze 1837-­yilda elektromagnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838­-yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Unda harf va raqamlarga nuqta va tirelarning maxsus ketma-­ketligi kod sifatida mos qo‘yiladi, ya’ni axborot quyidagi uchta belgi yordamida kodlanadi: «uzun signal» (tire yordamida ifodalanadi), «qisqa signal» (nuqta yordamida ifodalanadi), «signalsiz» (bo‘shliq, pauza bilan ifodalanadi).

Morze kodlash usulini notekis kodlash usuliga misol bo‘ladi. Mazkur usul yordamida «elektron» so‘zini yozsak, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Bir tomondan, Morze usulida belgilarning turli boshqa belgilar bilan hamda ularning bir nechtasi bilan ifodalanishi mazkur usulning keng qo‘llanilishiga to‘siqlik qilsa, ikkinchi tomondan, uning faqat ikki belgi – nuqta va tiredan iboratligi uni texnik vositalarda qo‘llash imkonini beradi. Morze usuli notekis kodlash usuliga, quyidagi usullar tekis kodlash usuliga misol bo‘ladi.

Axborotni kodlashning yana bir eng sodda usuli tartiblangan alifbo usuli bo‘lib, unda alifbodagi harflarni ularning tartibini ko‘rsatuvchi sonlar bilan kodlashdan iborat:

Tartiblangan alifbo usulida har bir harfga 2 ta belgidan iborat kod mos qo‘yilgan. Masalan, «Bugun havo issiq» degan axborot quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

02 20 06 20 13 07 01 21 14 08 18 18 08 16

Bu usulda tinish belgilari va boshqa kerakli belgilarni ham alohida kodlab, matn yozishda foydalanish mumkin. Alifbo harflarini kodlashning boshqa usullari ham mavjud. Masalan, quyidagi kodlashni qaraymiz:


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish